1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

34-modda. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda oliy ta’lim mazmuni
va sifatiga oid talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim talablari:
maktabdan tashqari ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini;
ta’lim tuzilmasini va ta’limni amalga oshirish shartlarini;
ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy va kasbga oid sifatlari to‘g‘risidagi
normalarni belgilaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti
qo‘llaniladi.
Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari
uchun majburiydir, bundan ushbu moddaning 
beshinchi qismida 
nazarda tutilgan hollar
mustasno.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqil ishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada
ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
(34-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni
 tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat ta’lim standartlari, malaka
talablari, oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda professional ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalarini belgilaydi.
Tayanch davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalari kadrlarning talabgorlari
ishtirokida davlat ta’lim standartlarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini
tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari
ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Oliy, professional, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka
talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tegishli vakolatlar berilgan boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar davlat ta’lim


standartlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda
ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish maxsus o‘quv
dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalariga
mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlari, malaka talablari hamda o‘quv rejalari
asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vakolatlarni berishi mumkin.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin