1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish



Yüklə 287,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/37
tarix11.02.2023
ölçüsü287,68 Kb.
#83856
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
O‘RQ-637-сон 23.09.2020

38-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng
imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari
bundan mustasno, ularga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini
ustav, litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma (nodavlat ta’lim
tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat (bundan maktabdan tashqari
nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari mustasno), o‘quv dasturi
hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, o‘quvchilarning huquqlari va
majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)


Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar o‘qishga o‘z ota-onasining
yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning
xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Ayrim ta’lim tashkilotlariga (oliy ta’lim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod,
ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o‘qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlariga tanlov asosida o‘qishga qabul qilish chog‘ida tanlov ishtirokchilariga tanlovni
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi.
Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va
(yoki) to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibi ushbu ta’lim tashkilotlari
tomonidan belgilanadi.
Chet ellik fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining davlat ta’lim muassasalariga qabul qilish
to‘lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish chog‘ida imtiyozli kontingent uchun
qo‘shimcha qabul parametrlari belgilanadi.

Yüklə 287,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin