o‘zlashtirishni baholashga, o‘quv jarayonini, ta’lim oluvchilarning
yakuniy davlat
attestatsiyasini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek eksternat
tartibida ta’lim oluvchilarning toifalarini belgilaydi;
davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlarini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlashni,
qayta tayyorlashni va
ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnika resurslaridan foydalanishga doir talablarni ishlab
chiqadi;
ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: