Umumiy o’rta ta’lim maktablarda xalq amaliy bezak san’atidan to’garak
2.2 Umumiy o’rta ta’lim maktablarda xalq amaliy bezak san’atidan to’garak mashg’ulotlarni tashkil qilish metodikasi.
Ma'lumki, Respublikamizda mustaqillik tufayli barcha sohada juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" jamiyat, davlat va ilm-fan ahllari oldiga o‘z javobgarligini his etadigan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘ygan.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta'rif berganidek, "Ta'lim O‘zbekiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi.16 O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi" Tasviriy san'at darslarini to‘g‘ri tashkil etish, albatta o‘qituvchining o‘qitish metodikasining to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Bunda esa o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirish darajasi ancha yuqori bo‘ladi.
Darslarda tabaqalashtirib o‘qitish bu zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng samarali turlaridan biridir. Bu ta'limda o‘quvchilarni individual yoki guruhlarga ajratib o‘qitilish mumkin. Bu esa sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim va malakalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va dars samaradorligini yanada oshiradi.
Tasviriy san'atni o‘qitishda o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyaning "Dars texnologiyasi"dan foydalangan holda tabaqalashtirib o‘qitish texnologiyasi prinsiplardan ham foydalanib, darslar samaradorligini oshirib boradi.17 Pedagogika nazariyasi va mutaxassis pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta'limning ikki turi ishlab chiqilgan:
Darajali tabaqalashtirish. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish. Darajali tabaqalashtirish ikki turga bo‘linadi.
Individual ta 'lim. Bunda o‘quvlarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab har bir o‘quvchi bilan alohida-alohida ish olib boriladi.
Guruhli ta'lim. Bunda o‘quvchilarni qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularni ikki va undan ortiq guruhlarga ajratib o‘qitiladi.
Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni chuqur o‘rgatish, o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Bular qatoriga tasviriy san'atni chuqur o‘rgatadigan to‘garaklar kiradi.
Ta'limning bu turlarida o‘qituvchi sinfdagi barcha o‘quvchilarning qobiliyatini, qiziqishini, imkoniyatini, layoqatini hisobga olib dars samaradorligini oshirishga harakat qilishi lozim. Bu esa sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim va malakalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tabaqallashtirilgan ta'lim haqida fikr yuritganda avvalo uni ijobiy va salbiy jihatlari haqida yetarli tasavvurga yega bo‘lishlik nihoyatda muhimdir. Darajali tabaqallashtirib o‘qitishning ijobiy jihatlari haqida to‘xtalganda quyidagilarni qayd qilish lozim.
Bunda:
- Sinfdagi barcha o‘quvchilar dastur materiallarini o‘zlashtirishga erishadilar.
- Sinfdagi barcha o‘quvchilarning bilim va malakalari, ijodiy ishlarida o‘sish kuzatiladi va u o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlari oshadi.
- Sinfdagi barcha o‘quvchilarning faolligi oshadi. Chunki, past o‘zlashtiruvchilar guruhidagi har bir o‘quvchi yuqori o‘zlashtiruvchilar guruhiga o‘tishiga harakat qiladi.
Yuqori o‘zlashtiruvchilar guruhidagi o‘quvchilar esa past o‘zlashtiruvchilar guruhiga tushib qolmaslikka harakat qiladilar.
- O‘quvchilarni qobiliyati va imkoniyatiga qarab bilimlar berilayotganligi sababli, ular tomonidan o‘quv yuklamalarini o‘zlashtirishda zo‘riqish hollari ro‘y bermaydi.
- Sinfdagi iqtidorli o‘quvchilarning chuqur va atroflicha bilim olishga bo‘lgan
ehtiyojlari ham qondiriladi.
- Tabaqallashtirilgan ta'lim uni demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirishga yordam beradi.
Lekin masalaning yana bir tomoni borki, tabaqaga ajratib o‘qitish nofaolroq bo‘lgan o‘quvchilar faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Yuqori o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar esa, o‘zlariga ortiqcha baho berib, faol bo‘lmagan o‘quvchilarga nisbatan mensimaslik xislatlari kuzatilishi mumkin.
Bu jarayonda o‘qituvchining pedagogik mahorati muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchi masalaning bu jihatlarini hisobga olib, o‘quvchilarga yuqori, quyi so‘zlari o‘rniga, birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlar deb qo‘llashi maqsadga muvofiqdir.
Tabaqalashtirib o‘qitishning samarasi katta ekanligi bilan bir qatorda uning murakkab jihatlari ham mavjudligini alohida qayd qilish lozim. Uning murakkabligi o‘qituvchining uch xil darajadagi dasturlar asosida mashg‘ulot olib borishi bilan bog‘liq. Buning uchun har bir guruh uchun tasviriy san'atdan alohida darsliklar, metodika, didaktik va tarqatma materiallar, texnika vositalari kerak bo‘ladikim, ularsiz mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etib bo‘lmaydi. Bu esa quyidagi yo‘nalishlarda ifodalanadi:
- Tabaqlashtirilgan tasviriy san'at ta'limining ilmiy asoslarini puxta egallagan bo‘lishlik;
-Mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik majmualar bilan qurollangan bo‘lishlik;
- Mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan maxsus xona va moddiy texnikaviy bazaga ega bo‘lishlik;
- O‘qituvchi o‘quv fanidan o‘quvchilarning bilim va malakalari haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lishligi v.b.
Zamonamizning atoqli pedagoglaridan biri professor R. Hasanov maktab tasviriy san'at o‘qituvchisiga ta'rif berar ekan, u quyidagilarni alohida ta'kidlaydi "Mahoratli o‘qituvchi bo‘lish uchun yuksak odob namunasiga ega bo‘lishi, har qanday og‘ir sharoitda ham o‘zini tuta bilishi, sabr-toqatli, sahovatli, muruvvatli, ijodkor, mehnatsevar, halol, pok, insofli, iymonli, o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi kabi yuksak ma'nodagi hislatlarni o‘zida mujassam etgan pedagog-rassom bo‘lishi kerakligini bildiradi".18 Darhaqiqat, hozirgi zamon maktablarining tasviriy san'at o‘qituvchisi yuksak tasavvurga ega, tafakkurli, aqlli, zakovatli, tarbiyali, o‘z fanini a'lo darajada biladigan, ijodkor rassom, pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur o‘rgangan, tasviriy san'at metodikasi bilan yaxshi qurollangan, tasviriy san'at darslarining pedagogik texnologiyasini yaxshi egallagan tasviriy san'at o‘qituvchisi bo‘lishi lozim.
Masalaning qiyin va murakkab jihatlaridan yana biri bu o‘qituvchining
o‘quvchilar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishligidir. Ma'lumki, har bir shaxs, o‘zicha bir dunyo, shu qatori tasviriy san'atdan bilim malakalari ham bir-biridan farq qiladi. Buning ustiga o‘quvchilardagi o‘ziga xoslik shunchalik turli- tumanki, ularni aniqlash nihoyatda mushkul.
O‘quvchilarni har jihatdan bilish uchun o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar orasida pedagogik va psixologik tashxis o‘tkazishi zarur bo‘ladi. Bu ish bevosita quyidagilar bilan bog‘liq: o‘quvchining umumiy qobiliyati, uning xarakteri, qaysi fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda mashg‘ulotlar uchun bo‘lgan shart-sharoitlari v.b.
Shuningdek o‘qituvchi o‘quvchilarning qaysi sport turlariga qiziqishlari, qaysi san'at turlariga qiziqishi, hatto qaysi qush va hayvonlarga qiziqishini bilishi muhim. Chunki o‘quvchilarning bunday narsalarga qiziqishlariga qarab, ularga samarali ta'sir ko‘rsatish mumkin.
Bu sifatlardan tashqari o‘qituvchi, o‘quvchilarning tasviriy san'atga doir xususiyatlarini ham bilishi lozim. Bu borada o‘qituvchi har bir o‘quvchining dars jarayonida bilim va malakalaridagi o‘sishni bilib turishi kerak.
Tabaqalashtirilgan ta'limni amalga oshirishda birinchidan o‘quvchilarga tasviriy san'atdan beriladigan bilim va malakalarning me'yori, topshiriqni bajarishga ketadigan vaqt, o‘quvchilarning bu topshiriqqa bo‘lgan layoqatini o‘qituvchi tomonidan aniq tasavvur etilishi lozim. Ikkinchidan, ta'lim mazmunini bolalar ongiga singdirish uchun metodikani to‘g‘ri tanlash hamda bu metodikani amalga oshirishga xizmat qiladigan moddiy texnikaviy asosni yaratish muhimdir. Buning uchun o‘qituvchi darsga chuqur va puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim va malakalaridagi o‘zgarishlarni ham bilib turishi muhim ahamiyatga ega.
XXI-asr ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etish asri desak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bo‘lajak mutaxassislarni har tomonlama zamon talabi darajasida tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbga nisbatan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish lozim. Shundagina ular kelgusi faoliyatlaridan unumli foydalanishga erishishi mumkin.
Xulosa
Asrlar davomida ortirilgan madaniy boyligimiz, xususan, o‘zbek milliy xalq amaliy bezak san'atining ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, kashtachilik, kandakorlik, pichoqchilik, bo‘yrachilik kabi turlarining o‘ziga xos bajarish texnalogiyasi, xaqiqiy asl nomlari, o‘ziga xos maktablari, uslublari, yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin yo‘qolib ketish xavfi ostida qoldi. Shuning uchun xalqning asrlar bo‘yi qilgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan va yaratib kelinayotkan o‘zbek xalq amaliy bezak san'atini ko‘z qorachig‘idek saqlash, qadrlash, ulardan amalda foydalanish, yoshlarga o‘rgatish orqali ularning estetik didini o‘stirish hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning muhim vazifalaridan biridir.
Tabaqalashtirilgan ta'limni amalga oshirishda birinchidan o‘quvchilarga tasviriy san'atdan beriladigan bilim va malakalarning me'yori, topshiriqni bajarishga ketadigan vaqt, o‘quvchilarning bu topshiriqqa bo‘lgan layoqatini o‘qituvchi tomonidan aniq tasavvur etilishi lozim. Ikkinchidan, ta'lim mazmunini bolalar ongiga singdirish uchun metodikani to‘g‘ri tanlash hamda bu metodikani amalga oshirishga xizmat qiladigan moddiy texnikaviy asosni yaratish muhimdir. Buning uchun o‘qituvchi darsga chuqur va puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim va malakalaridagi o‘zgarishlarni ham bilib turishi muhim ahamiyatga ega.