1. bob. Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə14/15
tarix17.04.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#99158
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1. bob. Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari (1)

Xalqaro konferensiyalar
Xalqaro konferensiya — vakolatli davlat vakillarining xalqaro mikyosdagi muammolarni yechish maqsadida chakirilgan anjumanidir. Xalqaro konferensiyalar asosan hukumatlararo xususiyatga ega bo‘ladi. Hukumatlararo xalqaro konferensiya ko‘p tomonlama diplomatiyaning muhim shakli va xalqaro mo‘zokaralar vositasidir.
Zamonaviy xalqaro konferensiya ishtirokchi mustaqil davlatlarning kelishilgan maqsadlarning amalga oshirilishi uchun tashkil etilgan jamoa organidir. Har qanday xalqaro konferensiyaning maqsad va vazifalari xalqaro huquqning umum e’tirof qilingan tamoyillariga mos tushishi lozim.
Xalqaro konferensiyalarning qanday nomlanishi (syezd, kongress, konferensiya, yigilish) yuridik ma’noga ega emas.
Katnashchilarning doirasiga ko‘ra hukumatlararo konferensiyalar umumiy (har qanday davlat ishtirok etishi mumkin) va mintaqaviy bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina konferensiyalarga, ayniksa BMT tomonidan chakirilgan konferensiyalarga qiziqishlari mavjud davlat va nodavlat tashkilotlari va konferensiyada ishtirok etmayetgan davlatlarning vakillari ko‘zatuvchilar sifatida taklif etiladilar.
Muxokamaga qo‘yiladigan masalalarning muhimligi, muxokamaga tayyorligi darajasi bilan belgilanuvchi konferensiyaning utkazilish darajasiga ko‘ra xalqaro konferensiyaga yuboriluvchi delegatsiyaning raxbari davlat yoki hukumat boshligi, tashqi ishlar vaziri yoki boshqa rasmiy kishilar bo‘lishi mumkin.
Xalqaro konferensiya xalqaro tashkilot doirasida u tomonidan yoki tashabbuskor davlat tomonidan chakirilishi mumkin. Xalqaro tashkilot tomonidan yoki uning doirasida xalqaro konferensiyaning chakirilishi uning ad hok mustaqil xalqaro organ xususiyatini o‘zgartirmaydi. Ba’zi konferensiyalar davriy bo‘ladi va bir necha yil davom etishi mumkin. Chakirilish maqsadiga ko‘ra hukumatlararo konferensiyalar siyosiy, iqtisodiy, diplomatik, umumiy va tinchlik konferensiyalari bo‘lishi mumkin. Xalqaro konferensiyalar shartnomalarni va xalqaro tashkilotlar Ustavlarini tayyorlash va qabul qilish, ma’lum xalqaro muammolarni muxokama etish uchun chakiriladi.



Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin