BMTning ixtisoslashgan muassasalari.BMTning ixtisoslashgan muassasalari maxsus sohalardagi hamkorlikni ta’minlovchi hukumatlararo universal tashkilotlardir. Ular quyidagi xususiyatlarga egadirlar:
birinchidan, bunday tashkilotlarni ta’sis etuvchi shartnomalar hukumatlararo xarakterga ega;
ikkinchidan, ta’sis hujjatlari doirasidagi keng xalqaro javobgarlikka ega bo‘ladilar;
uchinchidan, maxsus: iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, insonparvarlik va boshqa sohalarda hamkorlikni ta’minlaydilar;
to‘rtinchidan, BMT bilan yakin aloqadadirlar.
Hozirgi kunda BMTning 16 ta ixtisoslashgan muassasalari mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
birinchi, ijtimoiy xususiyatli tashkilot (MOT, VOZ);
ikkinchi, madaniy va insonparvarlik tashkilotlari (YUNESKO)
uchinchi, iqtisodiy tashkilot (YUNIDO);
To‘rtinchi, moliyaviy tashkilotlar (MBRR, MVF, MAP, MFK);
beshinchi, kishlokxujaligi sohasidagi tashkilotlar (FAO I-FAD);
oltinchi, aloqa va transport sohasidagi tashkilotlar (IKAO, IMO, VPS, MSE);
yettinchi, metereologiya sohasidagi tashkilot (VMO).
O‘zbekiston Respublikasi BMTdan tashqari uning barcha asosiy ixtisoslashgan muassasalari a’zosidir.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti. 1946 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qarorgoxi Jeneva shaxrida. Uning asosiy faoliyat sohadari yukumli kasalliklarga qarshi ko‘rash, karantin va sanitariya qoidalarini ishlab chiqish va ijtimoiy xarakterdagi masalalardir. Xalqaro Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti Sog‘liqni Saqlash tizimlari ishlarini tashkil etishda, samaradorligini oshirishda, kadrlar tayyorlash va kasalliklarga qarshi ko‘rashda kumaklashadi.
BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) 1945 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi Parij shaxrida. YUNESKOning asosiy maqsadi davlatlar o‘rtasida ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning va ommaviy axborot vositalarining ishlatilishi yo‘li bilan xalqaro tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashdan iborat.
Jahon intellektual mulk tashkiloti 1967 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi Jeneva shaxrida, uning asosiy madsadi bugun dunyoda intellektual mulkni ximoya qilish va bu sohadagi xalqaro kelishuvlarni xayotga tadbik etishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |