1. bob. Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari


bob.Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə2/15
tarix17.04.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#99158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. bob. Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari (1)

1.bob.Xalqaro tashkilotlar va ularning vazifalari
1.1.Xalqaro tashkilot tushunchasi
Xalqaro tashkilotlar yuridik tabiatining asosini umumiy maqsadlar, qiziqishlar tashkil etadi.Xalqaro tashkilotlarning tashkil etilishida davlatlar suveren tengligi tamoyili yetakchi hisoblanadi. Bu:

  • birinchidan, xalqaro tashkilotning shartnoma asosida tashkil etilganligi va a’zo bo‘lishning ixtiyoriyligi;

  • ikkinchidan, xalqaro tashkilot qarorlarining asosan tavsiyaviy xarakterga egaligi;

  • uchinchidan, xalqaro tashkilotning davlatlararolik xususiyati, davlatlarning o‘zaro tengligi va suverenitetining saklanishida kurinadi.

Xalqaro tashkilotning yuridik tabiati uchun asosiy narsa shundaki, uning maqsadlari, faoliyati tamoyillari, vakolatlari, to‘zilishi va boshqalar kelishilgan shartnomaga asoslangan bo‘ladi.
Albatta xalqaro tashkilotlarning muayyan vakolatlar va majburiyatlarga ega bo‘lishlari ularning xalqaro huquqning asosiy subyektlari hisoblanuvchi, davlatlar bilan tenglashtirilishi degan ma’noni anglatmaydi.
O‘z vazifalarini bajarishlari uchun xalqaro tashkilotlar kerakli yuridik vositalarga ega bo‘lishlari kerak. Shu urinda BMT Ustavining 104-moddasida: «Birlashgan Millatlar Tashkiloti har bir a’zo davlat hududida o‘z vazifalarini amalga oshirish va maqsadlariga erishish uchun kerak bo‘ladigan vakolatlardan foydalanadi», — deyiladi.
Xalqaro tashkilotlarga shartnomalar to‘zish huquqi beriladi, ya’ni ular o‘z vakolatlari chegarasida turli bitimlar to‘zadilar.
Shartnomalar to‘zish huquqi ikki xil yo‘l bilan: tashkilot vazifa va maqsadlaridan kelib chiqqan xolda istalgan shartnomalarni to‘zish huquqini beruvchi umumiy nizomda yoki alohida vakolat orqali mustahkamlanadi.
1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va BMT o‘rtasida iqtisodiy usishning muhim muammolarini xal etishga kumaklashish, ijtimoiy sohaning ildamlashiga kumaklashish, aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadlarini ko‘zlab BMTning organlari, fondlari va dasturlarini birlashtiruvchi qo‘shma vakolatxona to‘zish haqida bitim imzolangan edi.
Xalqaro tashkilotlar va ularning xodimlari immunitet va huquqlardan foydalanadilar.
Xalqaro huquqning subyekti sifatida xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatlari natijasida kelib chiquvchi zarar uchun javobgardirlar va da’vo bilan murojaat qilishlari ham mumkin.

Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin