1. Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash. Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi. Tayanch tushunchalar


Mashg’ulot: Mavzu: Tevarak-atrof bilan tanishtirish. Bolalarni narsalarning sifati va xususiyati bilan tanishtirish



Yüklə 40,35 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü40,35 Kb.
#199113
1   2   3   4   5
18-nutq

Mashg’ulot:
Mavzu: Tevarak-atrof bilan tanishtirish. Bolalarni narsalarning sifati va xususiyati bilan tanishtirish.
Maqsad: Tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning xilma-xil sifatlarini («tiniq», «xira», «qattik») aytishni o‘rgatish. Ravon nutqini o‘stirish, lug’atlarini «tiniq», «xira», «qattiq» so‘zlari bilan boyitish va faollashtirish. Bolalar diqqatini «tiniq», «xira» so‘ziga qaratish.
Mashg’ulot uchun material: Shakli, kattaligi bir xilda bo‘lgan ikkita stakan, ammo biri shisha (tiniq), ikkinchisi qog’oz (xira) stakan bo‘lishi kerak. Bolalar soniga yetarli (tiniq) shishali buyumlar (stakan, banka, butilka, ryumka, fujer va hokazo).
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi mashg’ulotni topishmoqli o‘yin bilan boshlaydi. Bolalarga ikkita stakanni ko‘rsatib: Bular nima? Ular nimadan yasalgan? deb so‘raydi. So‘ngra tarbiyachi stakanlarning ichiga biror narsani (bir bo‘lak oq qand yoki konfet, sharcha va hokazo) soladi va bolalardan uning ichida nima borligini topishni aytadi. Bolalar juda yengillik bilan tiniq stakanda nima borligini topadilar, ammo xira (tiniq bo‘lmagan) qog’oz stakan ichida nima borligini taxminlab (tavakkal qilib, tusmollab) aytadilar. Ular qog’oz stakan ichida nima borligini to‘g’ri topa olmaydilar. O‘yin ikki-uch marta takrorlangach, tarbiyachi bolalardan tiniq stakanni ko‘rsatib: nima uchun bu stakan ichidagi narsa nima ekanligini tez topdingiz? aksincha tiniq bo‘lmagan qog’oz stakanni ko‘rsatib: bu stakan ichidagi narsa nima ekanligini topishda qiynaldingiz? deb so‘raydi.
Bolalar bunday savolga quyidagicha javob berishadi: Chunki shisha stakan tiniq, bunisi esa xira (tiniq emas). Shisha stakan ichidagi narsa ko‘rinib turibdi. Qog’oz stakan ichida qanday narsa borligi ko‘rinmaydi.
Bolalarning javoblaridan shu narsa ko‘rinib turibdiki, ular narsaning asosiy belgisini ajrata oldilar, shuning uchun narsaning sifatini bildiruvchi so‘zni bolalar lug’atiga kiritish kerak.
So‘ngra tarbiyachi bolalarga yana murojaat etadi «Bu stakan ichidagi narsa ko‘rinib turadi, u tiniq. Bu stakan esa tiniq emas, shuning uchun uning ichidagi narsa ko‘rinmaydi». Keyin ikki-uch bolaga tiniq, xira (tiniq bo‘lmagan) stakanlarni ko‘rsatishni taklif etadi.
Mashg’ulotning keyingi qismida tarbiyachi bolalarga shishali narsalarni tarqatib chiqadi (stakan, banka va bankachalar, butilka va butilkachalar, shishali guldon va hokazo).
2. Tarbiyachi. Endi oldingizdagi narsani qo‘lingizga olib, u orqali bir-biringizga qarang. Bir-biringizni ko‘rayapsizmi? Endi qo‘lingizdagi narsangiz (butilka, stakan, ryumka va h.k.) orqali menga qarang. Men ko‘rinayapmanmi? Tarbiyachi bolalardan qoniqarli javob olgach, ichidagi narsalar ko‘rinadigan, u orqali bir-biringizni ko‘rish mumkin bo‘lgan buyumni qanday buyum deymiz? Deya so‘raydi.
Bolalar. Tiniq, deb javob berishadi. Keyin uch-to‘rtta bolaga ulardagi buyum qanday buyum ekanligini aytish taklif etiladi (tiniq banka, tiniq stakan, tiniq ryumka va hokazo). So‘ngra tarbiyachi bolalarga «Tiniq buyumlarni topish uchun nima qilish kerak?» degan savolni beradi, bolalar javob berishadi: «Unga qarash kerak», «U orqali boshqa narsalar, bolalar ko‘rinsa, u narsa tiniq bo‘ladi».

Yüklə 40,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin