1. Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash. Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi. Tayanch tushunchalar


Tarbiyachi. Stol yuzasidan (ustidan) pastga qaranglar-chi, oyoqlaringiz ko‘rinadimi? Bolalar



Yüklə 40,35 Kb.
səhifə5/5
tarix27.12.2023
ölçüsü40,35 Kb.
#199113
1   2   3   4   5
18-nutq

Tarbiyachi. Stol yuzasidan (ustidan) pastga qaranglar-chi, oyoqlaringiz ko‘rinadimi?
Bolalar. Yo‘q.
Tarbiyachi. Stolning yuzasi taxtadan qilingan, shuning uchun undan qaraganimizda oyoqlarimiz ko‘rinmaydi, deb tushuntiradi.
Shundan keyin tarbiyachi yana bolalarning diqqatini shishali buyumlarga yo‘naltiradi va uni siqib ko‘rishni aytadi. Bolalardan: shisha buyum qattiqmi, yumshoqmi? deb so‘raydi. Bolalar, qattiq, deb javob berishadi.
Buyumning qattiq ekanligini bilish uchun nima qilish kerak? deydi tarbiyachi. Uni siqib ko‘rish kerak, deb bolalar harakat bilan ko‘rsatishadi. Tarbiyachi bolalarning javoblarini tasdiqlab: «To‘g’ri, uni siqib ko‘rish kerak» deb harakatning nomini (siqib ko‘rish kerak) takrorlatadi».
Mashg’ulotning uchinchi qismi tevarak-atrofdagi narsalardan yangi sifatlarni ajratishni mashq qilishga bag’ishlanadi. Tarbiyachi bolalarga tevarak-atrofga qarab tiniq buyumlarni (narsalarni) topishni, topgach, uning nomini aytishni va quyidagi savolga javob berishni aytadi. «Buyum tiniq ekanligini qanday bilib olding? Xuddi shu tariqa tiniq bo‘lmagan buyumni topishni aytib, uni qanday topganligini qanday bilib olganligini so‘raydi.
Xulosa:
Muloqot ikki shaklda – erkin va maxsus tayyorlangan mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Kundalik hayot va taassurotlar asosida uyushtiriladigan muloqot erkin muloqot bo‘lib, yo‘l-yo‘lakay o‘tkazilsa-da, bola nutqining ifodali bo‘lishiga yordam beradi, ularda jumlalarni grammatik jihatdan to‘g’ri tuzish malakalarining paydo bo‘lishiga, so‘z zahirasining boyishiga olib keladi. Shu bilan nutq malakasining o‘zlashtirilishiga zamin bo‘ladi. Bolalar ko‘proq guruh bilan qilingan sayrlarda tevarak-atrofni kuzatib, tarbiyachi va do‘stlari bilan so‘zlashadi, uyda esa oila a’zolari bilan muloqot natijasida nutqi shakllana boradi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

    1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?

    2. Tevarak-atrofni bilishda bolаlаr nutqini rivojlantirishda yaqindan yordam beradigan qanday mаshg’ulotlаrni bilasiz?

    3. Bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug’at boyligini faollashtirish uchun mavzu rejasiga qanday mavzularni kiritish maqsadga muvofiq?

    4. Qanday о’yinlar bolalarning nafas yо’llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug’at boyligini oshirib, faollashtiradi?

    5. Maxsus tayyorlangan suhbatlar qanday tuziladi?

    6. Muloqot mashg’uloti qanday qism va xulosadan iborat bo‘ladi.

Yüklə 40,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin