1-bo‘lim. Matematik analiz uzluksiz funksiyalarning global xossalari. Bolsano-Koshi, Veyershtrass teoremalari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə15/43
tarix14.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#130098
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
UrDU Ixtissosliklar bo`yicha Kirish savollari (4)

03.00.13 – Tuproqshunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarni kirish imtixonlari uchun “Tuproqshunoslik” fanidan imtixon savollar
Majmuasi



  1. Tuproqshunoslik fanining vazifasi. Uning biosferada tutgan o‘rni va ahamiyati.

  2. Iqlim-tuproq hosil qiluvchi omil.

  3. Tipik bo‘z tuproqlar: tarqalishi, xossa, xususiyatlari, dehqonchilikda ularning unumdorligini oshirish tadbirlari.

  4. Tuproqning mineral va organik qismi, ularning kimyoviy tarkibi va xossalari.

  5. O‘simlik va hayvonot dunyosi-tuproq hosil qiluvchi omil

  6. Och tusli bo‘z tuproqlar. Ularning xossa va xususiyatlari. Sug‘orish ta’sirida och tusli bo‘z tuproqlarning o‘zgarishi.

  7. Nurash va nurash turlari. Nurash natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlar

  8. Tuproq havosi: tarkibi, o‘zgarishi, uni boshqarish. Havo va gaz almashinish.

  9. Sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, tarqalishi, xossa va xususiyatlari, o‘zlashtirishdagi muammolari.

  10. Tuproq va gruntlarning granulometrik tarkibi. Granulometrik tarkib bo‘yicha tuproqlar klassifikasiyasi.

  11. Tuproqning issiqlik xossalari: rejimi, balansi, boshqarish usullari, ahamiyati.

  12. To‘q tusli bo‘z tuproqlar: xossasi, xususiyati, o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar.

  13. Tuproqning kimyoviy tarkibi.

  14. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar, ularning turlari va litologik tuzilishi.

  15. Sahro zonasining o‘tloqi allyuvial tuproqlari.

  16. Tuproqning singdirish qobiliyati va turlari.

  17. Tuproqlarning morfologik tuzilishi va uning belgilari

  18. Taqirli tuproqlar va taqirlar, tarqalishi, xossalari va foydalanish istiqbollari.

  19. Tuproq gumusi: kelib chiqishi, tarkibi, manbasi, xossa va xususiyatlari. Tuproqning gumusli holatini yaxshilash tadbirlari.

  20. Tuproqlar nomenklaturasi va dinamikasi. Tuproqlar tasnifining mohiyati va ahamiyati.

  21. Qumli sahro tuproqlari: kelib chiqishi, xossa va xususiyatlari, o‘zlashtirishdagi muammolar.

  22. Tuproq kolloidlari: tuzilishi, tarkibi, xossasi, xususiyatlari, ahamiyati.

  23. Tuproqning fizik-mexanik xossalari, ularning tuproqlarga ishlov berishdagi roli

  24. O‘tloqi allyuvial tuproqlar. Bo‘z tuproqlar zonasidagi o‘tloqi allyuvial tuproqlarning sahro zonasidagi o‘tloqi allyuvial tuproqlardan asosiy farqlari nimalarda namoyon bo‘ladi.

  25. Tuproq eritmasi: tarkibi, xossa va xususiyatlari, ahamiyati.

  26. O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston hududida tuproq hosil bo‘lish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida tushuncha bering.

  27. Sho‘rxok tuproqlar: kelib chiqishi, tuzlarning to‘planish qonuniyatlari, tarkibi, xossa va xususiyatlari va o‘zlashtirish muammolari

  28. Tuproq suvi: turlari, kelib chiqishi, xossasi, xususiyatlari, ahamiyati.

  29. Tuproqlar eroziyasi: turlari, keltirib chiqaruvchi omillar, unga qarshi kurashish tadbirlari.

  30. Lalmikor tuproqlar: tarqalishi, xususiyatlari, ularning unumdorligini oshirish tadbirlari.

  31. O‘zbekiston sug‘oriladigan yerlarida vujudga kelayotgan salbiy agrofizik va fizik mexanik muammolar.

  32. Tuproq eroziyasini kelib chiqishi va turlari .

  33. Biologik va kimyoviy ifloslanishning tuproqqa ta’siri.

  34. Sho‘rlanishni vujudga keltiruvchi asosiy omillar.

  35. Tuproq unumdorligini oshirishda qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar?

  36. Tuproqlarning ikkilamchi sho‘rlanish muammolari va oldini olish tadbirlari.

  37. Sug‘oriladigan tuproqlarning unumdorligini oshirishda yangi resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqarishga qo‘llash muammolari.

  38. Sho‘rlangan tuproqlarni yuvish .

  39. Qishloq xo‘jalik ekinlarni alohida sug‘orish tartiboti.

  40. O‘simlikarni suvga bo‘lgan talabini aniqlash usullari.

  41. Sug‘orish ta’sirida tuproq xossalarining o‘zgarishi va uni yaxshilash muammolari.

  42. O‘zbekiston sug‘oriladigan yerlarida vujudga kelayotgan salbiy agrofizik va fizik mexanik muammolar?

  43. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda tuproqshunoslikning rivojlanishi.

  44. Tuproqning biosferadagi o‘rni.

  45. Tuproqshunoslik fanining xalq xo‘jaligi va inson faoliyatidagi ahamiyati.

  46. Tuproqshunoslik fanining hozirgi zamon dolzarb masalalari.

  47. Tuproq hosil bo‘lish jarayonlari deganda nimani tushunasiz?

  48. Tuproq paydo qiluvchi faktorlar?

  49. Tuproqning granulometrik tarkibi va uni tavsiflash.

  50. Dala va laboratoriya sharoitida tuproqning granulometrik tarkibi qaysi usullar yordamida aniqlanadi?

  51. Tuproq granulometrik tarkibining fizik xossalarga va unumdorlikka ta’siri.

  52. Birlamchi va ikkilamchi minerallar tuproqda qanday paydo bo‘ladi?

  53. Tuproq kesmasi va qatlamlarida kimyoviy elementlar to‘planish jarayoni?

  54. Tuproqda gumus paydo bo‘lishi va uni aniqlash usullari.

  55. Tuproq suvining fizik xossa va kimyoviy tarkibga ta’siri?

  56. Tuproq havosi va uning tarkibi.

  57. Tuproqning singdirish sig‘imi.

  58. Issiqlik manbalari va ularning tuproq xossalari tarkibiga qanday ta’sir qiladi?

  59. Tuproqning xajm, solishtirma, effektiv issiqligi deb nimaga aytiladi?

  60. Tuproqning fizika-mexanik xossalari deganda nimani tushunasiz?

  61. Tuproqning plastikligi,tuzilishi, xolati, yopishqoqligi, ilashimligi nima?

  62. Tuproqning fizika-mexanik xolatini o‘rganish usullari.

  63. Tuproq donadorligi deganda nimani tushunasiz?

  64. Tuproq donadorligini oshiruvchi omillar?

  65. Tuproq unumdorligi deganda nimani tushunasiz?

  66. Tuproq unumdorligi qanday kategoriyalarga bo‘linadi?

  67. Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish omillari?

  68. Suv, uglerod, azot, fosfor, kalsiy va kaliy moddalarining aylanish qonuniyatlari?

  69. Moddalarning katta geologik doira bo‘ylab aylanish qonuniyatlari?

  70. Tog‘ jinsi va minerallarning yemirilishi?

  71. Tuproq hosil bo‘lishida organik va mineral moddalarning relyefga binoan tarqalishi?

  72. Tuproq evolyusiyasi nima?

  73. Tuproq kesmasi va genetik qatlamlarning hosil bo‘lishi

  74. Tuproq sistematikasi va diagnostikasi to‘g‘risida tushuncha?

  75. Tuproq tasnifi: tip, tipcha, oila, turi, xili, toifa va razryadlar.

  76. Amerika, MDH, Osiyo, YUNESKO, O‘zbekistonda qabul qilingan tuproq tasnifi va ularning bir-biridan farqi?

  77. Gidromorf tuproqlar paydo bo‘lish sharoiti?

  78. Qora tuproqlar hosil bo‘lish sharoiti?

  79. Tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning manbai?

  80. Sho‘rlangan tuproqlar genezisi, morfologik tuzilishi?

  81. Sho‘rlangan va ishqoriy tuproqlar tasnifi?

  82. Bo‘z tuproqlar genezisi, tasnifi, xossa va xususiyatlari?

  83. Tuproq yuvilishi (eroziyasi) deganda nimani tushunasiz?

  84. Tuproq eroziyasining turlari?

  85. Sug‘oriladigan tuproqlar eroziyasi?

  86. Eroziyaga qarshi kurash choralari?

  87. Pestisidlar va og‘ir metallarning tuproq ekologiyasiga ta’siri?

  88. Orol dengizi suvini qurishi natijasida suvdan bo‘shagan yerlarda eroziya va sho‘rlanish jarayonining rivojlanishi?

  89. Orol dengizi xududida qurg‘oqchilikning avj olish sabablari?

  90. Tuproq kadastri deganda nimani tushunasiz?

  91. Tuproq kadastri va bonitetini ishlab chiqish tarixi?

  92. Tuproqning havo xossalari va havo rejimi

  93. Tuproq eritmasini ajl'atib olish usullari.

  94. Tabiatda moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishi.

  95. Tog’ jinslarining tuzilishi va minerologik tarkibi

  96. Agrotexnikaning tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar jadalligiga ta'sigi.

  97. Tuproqdagi jonivorlarning ahamiyati.

  98. Tuproqning organik qismi.

  99. O’zbekiston tuproqlari klassifikatsiyasi

  100. Tuproqlarni muhofaza qilish.




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin