02.00.01– “Noorganik kimyo” mutaxassisligi bo‘yicha tayanch doktoronturaga kirish uchun imtihon savollari 1. Elektrolitik dissotsilanish. Kuchsiz elektrolitlar eritmalaridagi muvozanat. Suyultirish qonuni.
2. Azotning vodorodli birikmalari. Molekulasining tuzilishi. Olinishi, fizik va kimyoviy xossalari. Oksidlovchilik-qaytaruvchilik reaksiyalari.
3. Bufer eritmalar va ularning xossalari. Bufer sig‘imi. Bufer sistemalarda pH ni hisoblash.
4. Galogenlarning kislorodli kislotalari. Oksidlovchilik va kislotalik. Umumiy olinish usullari. Ularning tuzilishi, markaziy atomning gibridlanish turi. Galogenlar kislorodli kislotalarining tuzlari. Oksidlovchilik xossalari. Ishlatilishi.
5. Kompleks birikmalar izomeriyasi.
6. Vernerning koordinatsion nazariyasi. Koordinatsion nazariyaning asosiy holatlari: markaziy atom va ligandlar, tashqi va ichki sfera, koordinatsion son. Ligandlar dentatligi va uni aniqlash usullari. Koordinatsion son, qo‘shimcha valentlik tushunchalari.
7. Mishyak, surma va vismut oksidlari. Kislorodli kislotalari va tuzlari. Mishyak, surma (III, V) va vismut (III) gidroksidlari.
8. IV guruhning p-elementlari. Uglerod, tabiatda uchrashi, olinishi, fizik kimyoviy xossalari. Uglerod (II)-oksid. Olinishi, qaytaruvchilik xossalari. Birikish reaksiyalari.
9. Uglerod (IV)-oksid. Molekulasining tuzilishi. Suv va ishqorlarga munosabati. Karbonat kislota molekulasi va karbonat ionining tuzilishi. Karbonat kislotasining xossalari.
10. Metall bog‘ va uning o‘ziga xosligi. Zonalar nazariyasi asosida metall bog‘. O‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar.
11. Molekulyar orbitallar (MO) nazariyasi.
12. Brenstedning kislota va asoslar nazariyasi.
13. Binar sistemalarning bug‘ bosimlari. Raul qonunlari.
14. Geliy va VIII guruhning p-elementlari.
15. Radioaktivlik turlari. Yarim yemirilish davri. Radioaktiv parchalanish konstantasi. Radioaktiv o‘zgarishlarning asosiy qonunlari.
16. Tuzlarning gidrolizi. Tuzlarning kation va anion bo‘yicha gidrolizlanishi. Gidrolizlanish mexanizmi. Gidroliz darajasi. Gidroliz konstantasi.
17. Kristall maydon nazariyasi. Asosiy holatlari. Ligandlarni oktaedrik maydonida d-orbitallarni parchalanishi.
18. Gibbsning faollanish energiyasi. Kimyoviy reaksiyalar mexanizmlari.
19. Ligandlar maydoni nazariyasi haqida tushuncha.
20. Kaynosimmetrik elementlar. Klassik, ichki va ikkilamchi davriylik.
21. Valent bog‘lar (VB) nazariyasining asosiy holatlari. Kimyoviy bog‘ning miqdoriy tavsiflari.
22. Qiyin eriydigan elektrolitlar. Cho‘kma bilan to‘yingan eritma orasidagi muvozanat.
23. Kompleks birikmalarning tuzilishini valent bog‘lanishlar nuqtai nazaridan tushuntirish.
24. Eritmalarda geterogen reaksiyalar.
25. Van-der-Vaals kuchlari.
26. Markaziy ionning orbitallarini oktaedrik, tetraedrik va kvadrat komplekslarda parchalanishi. Yan-Teller effekti haqida tushuncha.
27. Faollanish energiyasi.
28. Eritmalar muzlash va qaynash haroratining nisbiy pasayishi, osmos.
29. Qattiq eritmalar. Holat diagrammalaring turlari.
30. Metall sistemalarda birikmalar hosil bo‘lishi. Kurnakov birikmalari, Laves fazalari, Yum-Rozeri elektron birikmalari.
31 . Platina oilasi metallari.
32. Mishyak guruhchasi elementlari.