06.01.08 –«O’simlikshunoslik» ixtisosligi fanidan tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarni kirish imtixonlari uchun imtixon savollar 1. Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» (2009) asarida va xukumatimizning keyingi yillardagi qarorlarida O’zbekistonda boshoqli don ekinlari salmog’i va sifatini oshirish, aholini non va uning mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish, oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, kam xarajat qilib, yuqori va sifatli hosil yetishtirish bo’yicha belgilangan vazifalar.
2.Paxtachilik va g’allachilik fermer xo’jaliklarida resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo’llash va uning hosildorlikni oshirishdagi ahamiyati.
3.Fermer xo’jaliklarini optimallashtirishning paxtachilik va g’allachilikni rivojlantirishdagi ahamiyati.
4.Prezident I.Karimovning 2010 yil 29 yanvardagi Vazirlar Mahkamasi yig’ilishidagi ma’ruzasida paxtachilik va uni qayta ishlashni modernizatsiyalash va yangilash bo’yicha belgilangan vazifalar va uning soha rivojidagi ahamiyati.
5.Atrof-muhit va ekologiyaning o’zgarishi va ob-havoning global isishi natijasida qishloq xo’jalik ekinlarini harorat, namlik, yorug’lik va tuproq sharoitlariga bog’liq xolda parvarishlash.
6. Dala tajribalarini o’tkazish bo’yicha umumiy qoidalar (dala tarixi, dalani tanlash, variantlar va qaytariqlarni joylashtirish va boshqalar).
7.Tajriba variantlarini joylashtirish va tuproq namunalarini olish uslublari.
8.Urug’ning unib chiqishini aniqlash usullari.
9.O’simliklarda fenologik kuzatuv va turli hisob kitoblar olib borish uslublari, ko’chat qalinligini aniqlash.
10.O’simlikning barg yuzasi va quruq massasini aniqlash, rivojlanish fazalarini hisoblash.
11.Agrotexnik tajribalarda paxta tolasi sifat ko’rsatkichlarini, chigit sifatini, don sifatini aniqlash uchun namunalar olish, paxta va bug’doy hosilini yig’ib terib olish va hisoblash uslublari.
12.Olingan ma’lumotlarga matematik ishlov berish usullari.
13.Efirmoyli ekinlar (kashnich, zira, arpabodiyon va boshqalar) ahamiyati, hosildorligi, sifat ko’rsatkichlari.
14.Efirmoyli ekinlar morfologiyasi, biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, hosilni yig’ish usuli.
15.G’o’za kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Vilt kasalligining tarqalishi va unga qarshi kurash yo’llari
16.Tamaki-kelib chiqishi, botanik xarakteristikasi, morfologiyasi va biologiyasi.
17.Tamaki va maxorkaning kimyoviy tarkibi, agroekotiplari va agroekologik guruhlari.
18.Kuzgi bug’doyni lalmi yerlarda yetishtirish texnologiyasi.
19.Kuzgi bug’doyni sug’orish soni, me’yori va tartibi, o’g’itlash me’yori, o’g’itlarni qo’llash muddati.
20.Jahon paxtachiligi. O’zbekistonning jahon paxtachiligidagi o’rni. Paxtachilik fanining soha rivojidagi ahamiyati.
21.Mosh ahamiyati, hosildorligi, sistematikasi, morfologik xususiyati, biologiyasi.
22.Urug’lik paxtani yig’ib olish. Paxta hosilini yig’ib-terib olishni ilmiy asoslash. Hosil salmog’i va sifatini oshirishning zamonaviy usullari.
23.Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish printsiplari. Don sifatini oshirish yo’llari.
24.G’o’zaning asosiy zararkunandalari. Ularning biologiyasi va zarar yetkazish xususiyati. Zararkunandalarga qarshi biologik, kimyoviy, mexanik va agrotexnik kurash choralari.
25. Moyli zig’ir yetishtirish texnologiyasi, hosilni yig’ish usuli.
26.Tamakini almashlab ekish. Tuproqqa ishlov berish, o’g’itlash, o’simlikni parvarishlash agrotadbirlari. Hosilni yig’ishtirib olish usullari.
27.Makkajo’xori yetishtirish texnologiyasi (don va silos uchun), o’tmishdosh ekin, urug’ ekish muddati, usuli, me’yori, sug’orish tartibi, o’g’itlash me’yori va muddati.
28.CHigitning dala va laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi va unib chiqish quvvatini aniqlash usullari.
29.Burchoq va yasmiq ekinlarining ahamiyati, hosildorligi, sistematikasi, morfologik xususiyati, biologiyasi.
30.Zig’ir va boshqa tolali ekinlar ahamiyati, sistematikasi, morfologiyasi va biologiyasi.
31.Respublikamizda g’allachilikni rivojlantirish istiqbollari. Tuproq iqlim sharoitlariga qarab bug’doy va boshqa donli ekinlar navlarini joylashtirish hamda ularni yetishtirish texnologiyasi.
32.G’o’zada o’sishni sozlovchi moddalarni qo’llash texnologiyalari. CHigit ekish oldidan va o’simlik rivojlanish davrida qo’llaniladigan o’sishni sozlovchi moddalar. Ularni qo’llash muddatlari va me’yorlari.
33.Em-xashak ekinlarining chorvachilikni rivojlantirishda va tuproq unumdorligini oshirishdagi o’rni.
34.Eryong’oq ahamiyati, biologik va ekologik tavsifi, urug’chiligi, yetishtirish texnologiyasi.
35.Suli va tritikaleni ahamiyati, hosildorligi. to’yimliligi, sistematikasi, morfologiyasi, biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, hosilini yig’ish va saqlash.
36.Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida g’o’za navlarini joylashtirish va maqbul parvarishlash agrotexnikasining o’ziga xosligi.
37.Kunjut ahamiyati, biologiyasi, morfologiyasi va etishtirish texnologiyasi.
38.Qand lavlagi, urug’lik va yerni ekishga tayyorlash, ko’chat qalinligi, rivojlanish bosqichlari, o’g’itlash, sug’orish va hosilini yig’ishtirib olish.
39.G’o’za defoliatsiyasi, muddati, me’yori va uning paxta hosili hamda sifatiga ta’siri.
40.Ko’sak va chigitning shakllanishi va pishishidagi biologik hamda fiziologik jarayonlar.
41.Marjumak ahamiyati, biologiyasi, morfologiyasi, etishtirish texnologiyasi.
42.Makkajuxorini soya bilan qo’shib yetishtirish texnologiyasi, ekish muddati, me’yori va usuli.
43.SHoli yetishtirish texnologiyasi, o’tmishdosh ekin, sholini ekish muddati, me’yori va usuli.
44.G’o’zaning o’suv davri. Gullash mexanizmi. Gulining tuzilishi va urug’lanishi.
45.Mosh yetishtirish texnologiyasi, o’tmishdosh ekin, urug’ ekish muddati, me’yori, usuli, sug’orish, o’g’itlash, hosilini yig’ish va saqlash.
46.Respublikada shakar ishlab chiqarish. Qand lavlagi ekin maydoni, uning almashlab ekishdagi o’rni.
47.Kuzgi don ekinlarining qishda nobud bo’lish sabablari va unga qarshi kurash choralari.
48.O’zbekiston paxtachiligi tarixi va rivojlanish bosqichlari.
49.No’xat ahamiyati, hosildorligi, sistematikasi, morfologik xususiyati, biologiyasi.
50.Tolaning texnologik xususiyatlari. Tola sifatiga agrotexnika tadbirlarining ta’siri.
51.Kuzgi bug’doy, unga o’tmishdosh ekinlar, urug’ ekish me’yori, muddati, usuli, chuqurligi, urug’ni ekishga tayyorlash.
52.Respublikada paxta ishlab chiqarishning holati va tola sifatini oshirish yo’llari.
53.Beda ahamiyati, hosildorligi, sistematikasi, morfologik xususiyati, biologiyasi.
54.Paxtachilikda urug’chilikni yaxshilash yo’llari. Urug’lik paxta yetishtirish texnologiyasi. Urug’lik chigitga qo’yilgan talablar, ekish oldidan chigitga ishlov berish usullari va ularning ahamiyati.
55.Arpani ahamiyati, hosildorligi, sistematikasi, morfologiyasi, biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi.
56.Tajriba dalasida o’simlik ko’chat qalinligini aniqlash. Hosildorlikning ko’chat qalinligiga bog’liqligi.
57.Don dukkakli ekinlarning almashlab ekishdagi o’rni. Tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati.
58. Qand lavlagi navlari va gibridlari.
59.Tariqning ahamiyati, hosildorligi, sistematikasi, morfologiyasi, biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, hosilini yig’ishtirib olish.
60.G’o’zani yaganalash muddati. Tuproq iqlim sharoiti va g’o’za navlariga bog’liq holda ko’chat qalinligi.
61.Ildizmevali ekinlar-xashaki lavlagi, xashaki sabzi, xashaki sholg’om, ularning ahamiyati.
62.Kungaboqar yetishtirish texnologiyasi.
63.Fotosintezning hosil shakllanishidagi roli, fotosintez mahsuloti, fotosintez sof mahsuldorligi.
64.G’o’zani oziqlantirish me’yori, muddati va uning o’simliklar o’sishi rivojlanishi, hosil to’plashi, hosil salmog’i va tola sifatiga ta’siri.
65.Beda morfologiyasi, biologik va ekologik xususiyatlari. Ekish usuli va muddati.
66.Urug’lik beda yetishtirish texnologiyasi.
67.Maxsar ahamiyati, morfologiyasi, biologiyasi, lalmi va sug’oriladigan yerlarda yetishtirish texnologiyasi.
68.Kuzgi bug’doyni g’o’za qator orasiga ekish, uning ijobiy va salbiy tomonlari.
69.G’o’zani chilpish muddati va usullari. CHilpishning g’o’za ko’saklari pishib yetilishiga, hosildorlik va tolaning texnologik xususiyatlariga ta’siri.
70.Tamaki xomashyosini saqlash va ishlov berish.
71.Tamaki urug’chiligi.
72.Tamakining kasallik va zararkunandalari, ularga qarshi kurash yo’llari.
73. Tamakichilikni mexanizatsiyalash.
74.Kungaboqarning almashlab ekishdagi o’rni, parvarishlash agrotadbirlari. Gerbitsid va desikantlarni qo’llash. Sug’orish. Hosilini yig’ishtirib olish, tozalash va quritish.
75.Makkajo’xorining don va silos hosilini yig’ishtirib olish, saqlash, takroriy ekish texnologiyasi.
76.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 noyabrdagi 491-sonli, 2004 yil 23 dekabrdagi 604 sonli qarorlarining paxtachilik sohasini rivojlantirishdagi ahamiyati.
77.Don dukkakli ekinlarning oziq-ovqat, yem-xashak, agrotexnik va ekologik ahamiyati.
78.Kanop navlari, almashlab ekishdagi o’rni, o’g’itlash va sug’orish, begona o’tlarga qarshi kurash. Hosilni yig’ishtirib olish va uni mexanizatsiyalash.
79.SHoli ahamiyati, tarqalishi, sistematikasi, morfologiyasi va biologiyasi.
80.G’o’za sistematikasi, morfologiyasi, biologiyasi.
81.Loviya yetishtirish texnologiyasi, o’tmishdosh ekin, urug’ ekish muddati, me’yori, usuli, sug’orish, o’g’itlash, hosilini yig’ish va saqlash.
82.Zig’ir navlari, almashlab ekishdagi o’rni, o’g’itlash va sug’orish, begona o’tlarga qarshi kurash. Hosilni yig’ishtirib olish va uni mexanizatsiyalash.
83.Jo’xorini ahamiyati, hosildorligi, sistematikasi, morfologiyasi, biologiyasi.
84.Jo’xorini yetishtirish texnologiyasi, hosilini yig’ish va saqlash.
85.G’o’za qator oralariga ishlov berish muddati, chuqurligi, soni va kengligi.
Uning g’o’zani o’sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga ta’siri.
86.Tuganak mevali ekinlar, kartoshka, topinambur va batat.
87.Qand lavlagi yetishtirishda begona o’tlarga qarshi agrotexnik va kimyoviy kurash choralari. Qator oralariga ishlov berish. Hosilini yig’ishtirib olish.
88.G’alla-don ekinlari ko’chat qalinligi, o’sishi va rivojlanishini aniqlash.
89.G’o’zaning suvga bo’lgan talabi va sug’orish muddati. Sug’orishning o’simlik o’sishi va rivojlanishidagi roli. G’o’zani sug’orish usullari va sug’orishning hosildorlikka ta’siri.
90.Em-xashak ekinlarining g’o’za va boshqa ekinlar hosildorligiga ta’siri. Navbatlab ekishda yem-xashak ekinlarning roli, ularni parvarishlash texnologiyasi.
91.Tamaki ko’chatini yetishtirish, o’g’itlash tizimi, parvarishlash usullari.
92.SHolini sug’orish tartibi, o’g’itlash me’yori, usuli, hosilni yig’ishga tayyorgarlik ko’rish va yig’ishtirib olish, ekilayotgan navlari.
93.O’rta va ingichka tolali g’o’za navlarining botanik tavsifi va biologik xususiyatlari.
94.Soya yetishtirish texnologiyasi, o’tmishdosh ekin, urug’ ekish muddati, me’yori, usuli, sug’orish, o’g’itlash, hosilni yig’ish va saqlash.
95.Qand lavlagi morfologiyasi, biologiyasi va ekologik ahamiyati.
96.Makkajo’xori–ahamiyati, tarqalishi, hosildorligi, sistematikasi, morfologiyasi, biologiyasi.
97.Ziroatlarni navbatlab ekishning g’o’za va boshqa ekinlar hosildorligiga ta’siri.
98.Kanop sistematikasi, morfologiyasi va biologiyasi, etishtirish agrotexnikasi.
99.Kuzgi bug’doy ahamiyati, hosildorligi, navlari va sug’oriladigan yerlarda yetishtirish texnologiyasi.
100. G’o’za, kanop va boshqa tolali ekinlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, sistematikasi, morfologiyasi va biologiyasi.
101.G’o’za selektsiyasini rivojlantirish printsiplari. Selektsiya yutuqlari va kamchiliklar.
102.Donli ekinlarni biologik guruhlari, umumiy morfologiyasi va biologiyasi.
103.Respublikamizda g’o’za ekin maydoni va hosildorligi, navlari.
104.Moyli ekinlar sistematikasi, morfologiyasi va biologiyasi.
105.G’o’za navlarining tezpisharligini aniqlash. Ko’saklar pishib yetilishining agrotexnik tadbirlarga bog’liqligi.
Respublikada ekilayotgan g’o’za navlari, turli tuproq iqlim sharoitlarida navlarni joylashtirish va uning ahamiyati.
108.Urug’lik donga davlat andozalari. Boshoqli don ekinlari urug’shunosligi, urug’ning rivojlanishi va tuzilishi.
109.Hosildorlikni bashorat qilish. Tajriba dalasida g’o’za hosildorligini aniqlash va tahlil qilish uslubi.
Takroriy ekilgan soya, mosh va oraliq ekinlar: tirtikale, raps, xashaki no’xat, vika yetishtirish texnologiyasi.
G’o’zaning o’sishi va rivojlanishini aniqlash, fenologik kuzatuvlar o’tkazish uslublari.
112.Respublikamizda g’allachilikni rivojlantirish istiqbollari, don yetishtirish holati. Donli ekinlarning xalq xo’jaligidagi o’rni va ahamiyati.
Moyli ekinlar va o’simlik moyining sifat ko’rsatkichlari.
Qand lavlagi organogenezi, birinchi va ikkinchi yilgi rivojlanish davri. Qand lavlagining oziq-ovqat sanoatidagi o’rni va ildizmevasining kimyoviy tarkibi.
Javdar va tritikale ekinlarining ahamiyati, morfologiyasi, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.
Jut va tolali zig’ir ekinlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, morfologiyasi, biologiyasi, ekin maydoni va hosildorligi.
120. Jut va tolali zig’ir ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi.
Kartoshka, batat, topinambur va boshqa tuganak mevali ekinlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati, morfologiyasi, biologiyasi.
Kartoshka, batat, topinambur va boshqa tuganak mevali ekinlarni yetishtirish agrotexnikasi. Ekilayotgan navlari, almashlab ekishdagi o’rni, o’g’itlash va sug’orish, hosilini yig’ishtirib olish.
Urug’chilik va urug’shunoslik fani. Urug’chilik to’g’risidagi qonunlar va Vazirlar mahkamasi qarorlari. Qishloq xo’jalik ekinlari urug’lariga qo’yiladigan talablar, urug’likka qo’yilgan davlat andozalari.
Zamonaviy urug’chilik va urug’shunoslikning yutuqlari va kamchiliklari. Urug’ning rivojlanishi, tuzilishi, kimyoviy tarkibi va sifat ko’rsatkichlari, urug’lik sifatiga ta’sir qiladigan omillar.
Agrotexnik tadbirlarning urug’lik sifatiga ta’siri. Urug’larning unib chiqish quvvati va unuvchanligi, laboratoriya va dala sharoitida unuvchanlikni aniqlash usullari.
Don, dukkakli-don, tolali, yem-xashak va boshqa ekinlar urug’chiligi.