1 Korxonaning o\'z oborot mablag\'lari bilan ta\'minlanganligi tahlili
Mavzu: Korxona tashkil etish uchun zarur bo'lgan moliyaviy mablag'lar va ularning manbai Reja: 1. Boshlang'ich sarmoya 2. Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni kreditlash 3. Kredit-qarzga pul olishning eng keng tarqalgan shakli Hayotimiz davomida har qanday ishni boshlashimizdan oldin, albatta, ma'lum ma'noda mablag' muammosiga duch kelamiz va pulsiz ko'zlangan maqsadga erishish juda qiyin kechadi yoki iloji bo'lmaydi. Dono xalqimiz aytganidek, pul pulni topadi. Ammo endigina ishni boshlayotgan tadbirkorlar uchun bu muammoni hal etish uchun nimalar qilish lozim? Bu borada, awalo, huku-matimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlarni e'tirof etishimiz zarur. O'z g'oyasiga, biznes-rejasiga ega tadbirkorlar uchun o'z ishlarini boshlab olishlari uchun imtiyozli kreditlarni berilishi, dastlabki yillarda soliqlafdan.butunlay ozod bo'lishi yoki imtiyozlarga ega bo'lishi, ishlab chiqaradigah mahsulot turiga va eksport qilish imkoniyatlariga qarab, yana bir qator soliq va boshqa imtiyozlarga ega bo'lishi tadbirkqrlikni yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Hozirgi sharoitda tadbirkorlar uchun pul topish unchalik muammo emas, pulni qanday ko'paytirish muammosi turibdi, desakto'g'ribo'ladi.
O'z ishini boshlayotgan tadbirkor shuni anglashi kerakki, korxona foyda keltirishni boshlagungacha, biznesni tuzish davrida ma'lum miqdorda pulga ega bo'lish zarur. Bu mablag'
boshlang'ich sarmoya, deb ataladi va quyidagilarni qoplash uchun zarur:
• dastlabki xarajatlar yoki investitsion sarmoya sifatida;
• birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital sifatida.
Dastlabki xarajatlar — bu tadbirkor korxona ish boshlagunga qadar tortadigan xarajatlardir (savdo, ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish sohasida). Bu xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladigan mablag'lar investitsion sarmoya, deb ham ataladi. Yer sotib olish, sex qurish, uskunalar, asboblar, texnika, idora mebeli sotib olish -- bularning hammasi dastlabki xarajatlardir. Ro'yxatga olishda to'lanadigan har xil to'lovlar va yig'imlar, vodo-provod, elektr o'tkazish, telefon aloqasi o'rnatish, korxonaning ochilganligi haqidagi reklama xarajatlari va hokazolar ham shu guruhga kiradi.
Birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari korxona ish boshlashi bilan paydo bo'ladi. Ma'lum mablag'lar sotuvdan daromadlar korxonaga qaytib tushish bosqichi boshlangunga qadar, joriy xarajatlarni qoplashga yo'naltiriladi. Bu bosqichning uzunligi biznesning ixtisoslashuviga bog'liq. Qoida tariqasida, savdo sohasida u bir oydan kam davom etishi mumkin, ishlab chiqarish sohasida esa, korxona ishga tushganidan mablag'larning bankdagi hisobga yoki kassaga tushgunigacha bo'lgan vaqt bir necha oyga cho'zilishi mumkin (bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketgan vaqt, mahsulotning taqsimlash tizimida turgan davr, masalan, tayyor mahsulotning korxona omborida turishi, ulgurji sotuvchigacha, chakana sotuvchigacha yoki pirovard xaridorgacha yo'lda bo'lgan davri hisobga olinadi). Tadbirkorning bu davrdagi xarajatlari birlamchi ishlab chiqarish xarajatlari yoki aylanma kapital, deb ataladi.
U yoki bu to'lovni amalga oshirish vaqtiga bog'liq holda amaliy operatsiyalar boshlangungacha yoki boshlangandan key in biz uni xarajatlarning ikki guruhidan biriga kiritamiz. Guruhlar o'rtasidagi tafovut ham ana shundadir.
Korxona tuzish uchun boshlang'ich sarmoya -- bu dastlabki investitsion xarajatlar va aylanma kapital yig'indisi. Boshlang'ich sarmoyaning umumiy miqdoridan kelib chiqib, bo'lg'usi tadbirkor o'z manbalaridan ishga solish uchun qancha pul zarurligini va qanchasini qarzga olish kerakligini hal qiladi.