1. Boshlang'ich sarmoya Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni kreditlash



Yüklə 97 Kb.
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü97 Kb.
#119528
1   2   3
1 Korxonaning o\'z oborot mablag\'lari bilan ta\'minlanganligi tahlili

Biznesni moliyalashtirish manbalari
O'z sarmoyasini investitsiyalash yo'li bilan moliyalash:
• shaxsiy jamg'armalar;
• oila a'zolari va do'stlarning bergan qarzlari;
• bir yoki bir necha sheriklarni jalb qilish. Kredit muassasalarining qarzlari
Qarz berishga buyurtmalarni ko'rib chiqishda hisobga olinadigan mulohazalar:
• qarz turi;
• qarzning maqsadi (ishlatilishi);
• kreditga layoqatlilik va vijdonlilik;
• zarur qobiliyatlarning mavjudligi;
• qarzni qoplash muddati;
• qarzni qaytarishni ta'minlash;
• kafolatlar;
• moslashuvchan loyihaning mavjudligi;
• bank xodimlari oldida mijozning nufuzi.
Agar fuqarolarning jalb qiladigan o'z mablag'i yetarli bo'lmasa, tadbirkor boshqa manbalardan qarz olishi mumkin. Qarz beruvchilar, odatda, o'zlari biladigan va ishonadigan kishilarga o'z korxonalarini tuzishga pul qarz befishadi. Qarz beruvchilar ehtiyotkordirlar va tavakkal qilish juda katta bo'lsa, pul berishmaydi. Ular kelajagi yo'q biznesga pul sarflab, ularni yo'qotishni istash-maydi. Shu sababli ko''pchiljk qarz beruvchilar biznes-rejani puxta ko'rib chiqishadi. Biznes-rejada korxonani tuzish va boshqarish tartibi, qancha pul talab qilinishi va korxona foyda keltira boshlagach, ular qanday ishlatilishi haqidagi ma'lumotlar aks etishi kerak.
Pul qarz olish zarurati tug'ilganda ko'p kishilar bankka borish haqida o'ylashadi. Ammo kichik korxonaning bankdan pul olishi oson kechmaydi. Banklar pulni yo'qotish tavakkali juda oz bo'l-gandagina pul qarz berishadi. Odatda, ular uzoq vaqt mobaynida biladigan mijozlarigagina pul qarz berishadi.
Turli kredit muassasalari qarz so'rovchi kishi amal qilishi kerak bo'lgan turli qoidalar (amaliyotlar)ni belgilashadi. Albatta, kredit muassasalari potensial qarz oluvchilarga yordam berishni istashadi, ammo ular ayni vaqtda, berilgan mablag' qarz beruvchi bilan kelishilgan muddatlarda va shartlarda qaytarilishiga ishonishlari kerak. Qarz berishga buyurtmalarni ko'rib chiqishda e'tiborga olinadigan omillarni bilish zarur.
Kredit — qarzga pul olishning eng keng tarqalgan shakli hisob­lanadi. Hozirgi vaqtda budjetdan tashqari fondlarning mablag' lari vakolatli banklar, ya'ni fondlar bilan kerakli bitimlarga ega bo'lgan banklar orqali ajratiladi. Shuningdek, istalgan holda tadbirkor kredit yuzasidan to'g'ridan to'g'ri tijorat,bankiga murojaat etadi va o'zining kredit dasturini tayyorlash hamda amalga oshirish bo'yicha barcha o'zaro aloqalarni u yoki bu bank tizimi bilan amalga oshiradi.
Ajratilish muddatiga ko'ra, kreditlar qisqa muddatli yoki uzoq muddatliga bo'linadi.
• Qarzning maqsadli ishlatilishi: buyurtmachi qarzni noqonuniy biznesga yoki hukumat ma'qullamaydigan biznesga, yoxud tadbirkor o'z korxonasini ochmoqc'ni bo'lgan joydagi jamoa xushlamaydigan biznesga investitsiya qilmasligiga ishonish juda muhim.
• Talab qilinadigan qobiliyatlarning mavjudligi: ariza beruv-chining biznes sohasidagi awalgi faoliyati tarixi loyihani malakali va samarali amalga oshira olish bo'yicha tadbirkor layoqatining indikatori bo'ladi. Shaxsiy sifatlarni bilish qarz beruvchiga qar/ oluvchi tomonidan qarzni maqsadli ishlata olinadimi yoki yo'qligi haqida tushuncha hosil qilishga yordam beradi.
• Qarzni qaytarish muddati: bu ham qarz beruvchi, ham qarz oluvchi nuqtayi nazaridan juda muhim talab. Qarz beruvchi qarz oluvchining u yoki bu muddatda pulni qaytarish haqidagi taklifi nechog'liq realligini bilishi kerak. Qarz beruvchi uni statistik va moliyaviy prognozlar tuzish yo'li bilan aniqlashi mumkin, shular asosida arizachiga qarzni qoplashning real muddatlari, shuningdek, boshqa holatlar — qarzning asosiy miqdorini qoplash uchun oylik badal kattaligi tavsiya qilinishi mumkin.
• Ta'minot: aniq qarz beruvchi uchun ta'minotning yoki garovning qaysi turi maqbul? Agar barcha qolgan shartlar bajarilsa ham, mabodo, bank tomonidan belgilangan pulni qaytarishni ta'rm'nlash muddatlari va shartlari bajarila olinmaydigan holatda qarz beruvchi qarz bermasligi mumkin. Bu, ayniqsa, tijorat krediti olishga kimdir birinchi marta murojaat qilgan holatlarda adolatlidir.
• Kafolatlar: ayrim qarz beruvchilar ham ko'chmas mulk shaklida, ham moddiy aktivlar ko'rinishida, ham do'stlarning kafolatlari tarzida ta'minotni taqdim etishni talab qilishadi.


Yüklə 97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin