Boshlang’ich sinf darsliklarida punktuatsiyaga oid brilgan materillarni tahlil qilish.
Reja:
1. Boshlang’ich sinf darsliklari
2. Punktuatsiya
3. Materillarni tahlil qilish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o’qish darslarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi o’qish darslarining maqsadi o’quvchilarda ongli, to’g’ri, ravon, tez va ifodali o’qish malakasini hosil qilishdir. O’qish darslari matematika, atrofimizdagi olam, odobnoma va boshqa fanlarga doir mavzularda beriladigan bilimlarni, mustahkam o’qib olishlarida juda katta rol o’ynaydi, chunki bola to’g’ri, ongli ravon o’qisagina matn mazmunini yaxshi anglab oladi. O’qish darsining o’zaro mahkam bog’langan to’rt asosiy tarkibiy qismi bor.
Ular quyidagilardan iborat: ongli o’qish, ifodali o’qish, to’g’ri o’qish va tez o’qish. Bu qismlar orasida ongli o’qish yetakchi o’rinda turadi. Ongli o’qish jarayonida o’quvchilar quyidagilarga erisha olishlari kerak: o’qigan so’zlarining asl va ko’chma ma’nolarini, har bir gapning ma’nosini aytib bera olishlari, bo’limning mazmunini qisqacha bayon qilib bera olishlari, matnning to’liq mazmunini bayon qilib bera olishlari, o’qiganlariga nisbatan o’z munosabatlarini bildirishlari lozim. O’quvchida ifodali o’qish malakasini tarbiyalash uchun esa, uni o’qiganlarining ma’nosini to’xtamlarga rioya qilgan holda, so’z urg’ulariga ahamiyat berib, o’rtacha ovozda ta’sirli o’qishga o’rgatish va hokazolar talab qilinadi. To’g’ri o’qish malakasini o’stirish uchun shoshmasdan, harflarning o’rnini almashtirmasdan, so’z qo’shimchalarni to’liq holda orfoepiya qoidalariga rioya qilib o’qilishi lozim. O’qish tezligini oshirish uchun o’quvchilarning ongli o’qishi katta ahamiyatga ega. Ongli o’qish – matnni to’la va aniq tushunib o’qishdir.
Ongli o’qish yuzasidan qilinadigan ishlar o’quvchilarni o’qilayotgan matn mazmunini chuqur anglab olishga, mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, ularning fikr va malakalarini kengaytiradi. Ongli o’qish malakasini oshirish maqsadida, darslik matnlari oxirida savol va topshiriqlar berilgan . bu savol va topshiriqlar o’quvchilarni matn mazmunini qayta hikoya qilishga hamda o’qituvchining savollariga mustaqil ravishda javob qaytarishga va o’z hayotiy tajribalari asosida ijodiy so’zlab berishga o’rgatadi.
O’quvchilar matnni qismlarga bo’lib, unga mos sarlavha qo’yishga, har bir qism mazmunini ochuvchi rasmlar chizishga savollar topa bilishga ham asta sekin o’rgatilib boriladi. Avval hajmi kichik va mazmunan soda so’ngra esa hajmi katta va mazmuni murakkabroq matnlar bilan ish olib boriladi. O’qishning ongli bo’lishiga yordam beradigan vositalardan biri bu to’g’ri o’qishdir. O’qiganda xato qilmay, so’zlarni buzmay, tovush va bo’g’inlarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmasdan oxirgi bo’g’inlarni ya’ni qo’shimchalarni to’g’ri talaffuz etish, orfoepiya qoidalariga rioya qilish to’g’ri o’qishni ta’minlaydi. To’g’ri o’qish malakasini hosil qilish o’qishning hamma jarayonida olib boriladi.
O’qish ongli bo’lsagina to’g’ri va tez o’qish malakasi hosil bo’ladi. O’qish jarayonida bolalarni doimo o’z-o’zini kuzatib borishga o’rgatish, hatosiz, tez va to’g’ri o’qishga intilish hislarini paydo qilish, ayniqsa birinchi sinfdagi o’qish darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. O’qish tezligi ongli, ravon o’qishga bog’liqdir. O’qish tezligini oshirishga ko’p bo’g’inli va imlosi qiyin so’zlarni matndan tashqarida bo’g’inga bo’lib o’qish yordamida erishiladi.
O’qish tezligini oshirish bosma va yozma harflar bilan yozilgan so’z va gaplarni ovoz chiqarib o’qishni, xor bo’lib o’qishni, ichda o’qishni, matnlarni rollarga bo’lib o’qishni ko’proq mashq qildirish yo’li bilan ta’minlanadi. Bola qancha ko’p o’qisa, o’qish tezligi shuncha ortib boradi. O’qish darsida berilgan bilimlar bolaning sinfdan tashqi vaqtlarda ko’proq kitob o’qishini yo’lga qo’yish bilan chuqurlashtiriladi. O’quvchilarning o’qish tezligini oshirish uchun dars davomida quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi dars boshlangunga qadar doskaga bugun o’qiladigan matndagi ayrim gap va so’zlarni bosma harflar bilan yozib, ustini vaqtincha yopib qo’yadi. O’quvchilar kitoblarini ochib bugungi o’qiladigan matnni ko’zdan kechiradilar va doskada yozilgan so’z yoki gaoni matndan tez topishga harakat qiladilar. Partalarga avvaldan savol yoki topshiruq yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O’qituvchining ruxsati bilan bolalar kartochkalarda yozilgan savol – topshiriqlarni o’qiydilar va matn ichidan shu savol topshiriqqa mos javob izlaydilar. “Tez o’qish musobaqasi” ni o’tkazish bolalarga alohida huzur bag’ishlaydi.
Bunda har qaysi bolaning matnni bir vaqtda o’qishga boshlashi, matnni oxirigacha ma’lum vaqtda ichlarida o’qib tugatish lozimligi aytiladi. Birinchi bo’lib o’qib bo’lgan bolalar belgilab boriladi va o’qiganlarini og’zaki gapirib berishga tayyorlanib o’tiradi. Musobaqada g’olib chiqqanlar yulduzcha bilan taqdirlanadi. Ifodali o’qish – so’zlarni to’g’ri talaffuz qilib, asar mazmunini tushunib, asarda ifoda etilgan his tuyg’uni, qahramonlarning ichki kechinmalarini, ruhiy kayfiyatlarini anglab o’qish demakdir. Bolalar ta’sirchan bo’ladilar.
O’qituvchi asarni his hayajon bilan hikoya qilib berishi, uning bolalarga chuqur ta’sir etishiga erishishi, ayrim hollarda yodlarida yaxshi saqlab qolishlariga muvaffaq bo’lishi, asar mazmuni va unda ishtirok etuvchilarning ishlari ular uchun xuddi hayot qoidasidek tuyuladi. Asar mazmunini o’quvchilarga to’la anglatish uchun o’qituvchining o’zi uni ifodali o’qish va hikoya qilib berishga puxta tayyorgarlik ko’rishi zarur. Ifodali o’qish ongli o’qishning ko’rsatkichidir, chunki matnning ma’nosini anglab o’qiy olgan o’quvchi, albatta, ifodali o’qish malakalarini ham egallagan bo’ladi. Ongli o’qish ifodali o’qish malakalarini o’stirish va mustahkamlashga yordam beradi.
Ongli, to’g’ri va ravon o’qish malakasi hosil qilingan sari, ta’sirli o’qish malakasi ham o’sib boradi. Ta’sirli o’qish o’quvchida his – tuyg’u uyg’otishga, voqea hodisalarni tasavvur etishga, estetik zavq bag’ishlashga xizmat qiladi. Ifodali o’qishda olib boriladigan ishlarning mazmun va mahorati 4 asosiy shart bilan izohlanadi: o’quvchilar o’qiganlari yuzasidan nimalarni aytib berishni (qanday fikrni, qanday mazmunni bayon etishni) yaxshi tushinib olishlari zarur; o’quvchilar asarda o’qiganlari yuzasidan jonli va ishonarli munosabatda bo’lishlari lozim; adabiy asar o’quvchilarning ma’lum maqsadga qaratilgan holda o’qishlarini, mazmunni bayon etishdagi moyilliklarini (fikr, misol, tabiatning tasviri) taqozo qiladi; eshituvchilarning matnni o’qiyotgan o’quvchi fikrini tushunib bilishi talab etiladi; Bularning barchasi ifodali o’qishning o’sib borishiga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Muhabbat Umarova “Uchinchi sinf o’qish darslari” Toshkent 2004. “Ijod dunyosi” nashriyot uyi Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta’sirini ham hisobga olish zarur.
O’quvchi matnni o’qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda o’quvchilarda fikr uyg’onsin, ularda estetik didni tarbiyalasin.
Boshlang’ich sinflar “O’qish kitobi”da turli janrdagi badiiy va ilmiy- ommabop maqolalar berilgan. Sizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va sub’ektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati o’qituvchining diqqat markazida turadi. O’quvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini asta tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqelar tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondoshilgandagina asarga haqqoniy baho berish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq. To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilami asaming g’oyaviy yo’nalishini tushunishga o’rgatish muhimdir.
Psixolog olimlarning ko’rsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni tushunishning o’zigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo’lib, asarga, unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o’z ichiga oladi. Kichik yoshdagi o’quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo’ladi. Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o’quvchilar o’z shaxsiy tushunchalaridan foydalanadilar.
Qaxramonning boshqa fazilatlarini baholash uchun ularda so’z boyligi, tajriba etishmaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar payqay olmagan sifatlarni ko’rsatish va o’quvchilar nutqiga kiritishdir. YAna bir narsaga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
l.O’quvchilar asar qahramoniga munosabatlarini ifodalashda u harakat qilgan sharoitni hisobga olmaydilar.
2.Qaxramonning nima uchun shunday qilishi kerakligini tushunolmaydilar, uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borishlari zarur. Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi o’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asaming o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.
Badiiy asarda barcha komponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qaxramonlarning yangi- yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Demak, tayyorgarlik davri - sintez-analiz-sintez jarayonini beradi.
O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
l.O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatishlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
2.YOzuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga qiziqish uyg’otish.
3.O’quvchilarni asarni emosional idrok etishga tayyorlash.
Asar mazmunini tushunishga xalal beridigan so’zlarning lug’aviy ma’nolarini tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo’lib, o’qituvchi asar mazmunini va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi. Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishoq hayotiga doir mavzular o’rganilganda foydalanish mumkin. CHunonchi, 2-sinfda “Metropoliten”, 1-sinfda “Issiqxonada” kabi materiallarni o’rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya uchun reja beriladi va matn o’rganilishidan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga e’lon qilinadi.
Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan matnlardan oldin film namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Albatta, hozir o’quv filmlari etarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish mumkin.
O’qituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali metod hisoblanadi.
Chunonchi, 4-sinfda Q.Muhammadiyning she’ri o’rganilayotganda shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha ma’lumot so’zlab berilsa, o’quvchilarning asarni o’qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so’ng 1 -bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet chizig’i bilan tanishtirish, asarning emosional ta’sirini aniqlashdir.
Matn ifodali o’qib beriladi. (2-sinfda o’rganiladigan “Mehribon qiz” matni magnitofon orqali o’qib eshittiriladi).o’qituvchi o’quvchilarga umumiy taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Bizga ma’lumki, boshlangʻich ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim uchun asos, tayanch vazifasini oʻtaydi. Boshlangʻich sinfda oʻzlashtiriladigan barcha materiallar bosqichma-bosqich takomillashib va murakkablashib boradi. Bu davr uchun moʻljallab kiritilgan manbalar har tomonlama puxta oʻylangan, kichik yoshdagi oʻquvchilarining psixologik, fiziologik, pedagogik va boshqa jihatlarini qamrab oladi. Mana shu jihatdan olib qaraganda, darsliklarni oʻrganish faqatgina oʻquvchi tomonidan amalga oshirilmasdan, har bir mavzu oʻqituvchi rahbarligida oʻqib oʻrgatiladi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayoni oʻqituvchi va tarbiyachilardan juda katta ilmiy salohiyat, yuksak ma’naviyat talab etadi. Shu bilan birgalikda muntazam ravishda yoshlar ongi va qalbida milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni anglab yetish, hurmat qilish hissini uygʻotish, oʻzlikni anglashni shakllantirish vazifasi turadi. PIRLS tadqiqoti jarayonida darsda oʻquvchilar tomonidan eng koʻp qoʻllaniladigan oʻqishning quyidagi ikki turi oʻrganiladi:[3] 1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi oʻqish.
2. Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi oʻqish. Xalq ogʻzaki ijodi janridan biri boʻlgan maqollarni oʻrgatish ikkinchi tur ya’ni matn mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi oʻqishni takomillashtirishga asos boʻladi. Xalq ogʻzaki ijodi namunalari boshlangʻich sinflardanoq oʻquvchilarga oʻrgatib boriladi. Boshlangʻich sinfning deyarli barcha darsliklarida xalq ogʻzaki ijodi namunalari berilgan. Ona tili darsliklarida koʻproq xalq maqollari mashqlar tarkibiga singdirilgan. Kichik yoshdagi oʻquvchilarning psixologik va fiziologik xususiyatidan kelib chiqqan holda darsliklarga kiritilgan maqollar tushunilishi oson va komillikka da’vat etuvchidir. Mavzu oʻrganilayotganda oʻqituvchining vazifasi mavzuni oʻrgatish bilan birga xalq ogʻzaki ijodi, shu jumladan, maqol janri haqida boshlangʻich ma’lumot berib borishdir. Berilgan maqollar oʻqituvchi rahbarligida avval ifodali qilib oʻqiladi va oʻquvchilar bilan birgalikda ushbu maqollarning ma’nosi oʻrganiladi [1]. Maqollarni oʻrgatish oʻqituvchidan katta tayyorgarlikni talab qiladi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan gʻoyaga mos.
Oʻquvchilar savod oʻrgatish davridayoq maqollarni oʻrganib boradilar. «Alifbe» darsligida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bogʻliq boʻlib, ular mavzu gʻoyasini oʻquvchilarga loʻnda va aniq yetkazish uchun xizmat qiladi. Amaldagi R.Safarova boshchiligidagi mualliflar tomonidan tayyorlagngan Alifbe darsligidan «Bola odobi bilan ko’rkam», «Bilim boylik kaliti», «Oltin olma, duo ol», «Elda bori –senda bor», «Hunar – hunardan unar», «Har kim ekanin o‘rar», «Elga hurmat, oily himmat», «Mehnat – mehnatning tagi rohat», «Oldin o‘yla, keyin so‘yla» kabi maqollar o‘rin olgan bo‘lib, bu kabi maqollar o‘quvchilarni maktabga kelgan ilk kunlaridanoq mehnatsevarlikka, ma’naviyatga, odob-axloqqa chorlaydi.[4] Boshlangʻich sinflarda asosan maqolni ifodali oʻqish va yod olishga ahamiyat beriladi. 1-sinf darsligida boʻlim yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarda maqollarni oʻrganishga katta e’tibor berilgan. Masalan: «Xalq oʻgiti – baxt kaliti» boʻlimidagi savol va topshiriqlarda «Rostgoʻylik haqida»gi maqollardan ayting, «Odob insonga husn» boʻlimida «Qanoatda barokat» maqolini ma’nosini tushuntirib bering, «Koʻklam – yashnadi olam» boʻlimida «Bilim olish haqida»gi maqollarni ayting kabi topshiriqlar berilgan. Har bir boʻlim yuzasidan berilgan topshiriqlarda u yoki bu maqolni oʻrganish koʻzda tutilgan. 1-sinfning ona tili darsligida «Bilim – davlatdan qimmat», «Olim boʻlsang olam seniki», «Rahmat olgan omondir, la’nat olgan yomondir», «Va’daga vafo – mardning ishi», «Doʻstlik – tuganmas boylik, «Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl» kabi maqollar keltirilgan. Bu maqollar oʻquvchilarni bilim olishga, vatanparvarlikka, mehnatsevarlikka, doʻstga sodiq boʻlishga undaydi. 2-sinfdan boshlab maqolning mazmunini oʻrganish va yod olishdan tashqari, matndagi izohtalab soʻzlar, birikmalar ustida lugʻat ishi oʻtkazish, badiiy til vositalari, koʻchma ma’noli, qarama – qarshi ma’no bildiruvchi, maqolda takrorlanib kelayotgan soʻzlar ma’nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. «Oʻqish» kitobida «Ona yurting – oltin beshiging» maqoli berilgan.
Mana shu maqol matni ustida ishlaganda: «Yurt» soʻzini qaysi soʻzlar bilan almashtirish mumkin?, «Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?», «Beshik oltindan boʻladimi?» kabi savollar berish yoʻli bilan oʻquvchilarning lugʻatini boyitish, bogʻlanishli nutqini oʻstirish ustida ishlanadi. Darslikdagi mavzulardan kelib chiqib, maqollar guruhlab oʻrgatilishi ham mumkin. Masalan: 4-sinflarda «Ona yurting – oltin beshiging», «Eldan ayrilguncha, jondan ayril», «Mehnat – baxt keltirar», «Odobing – zebu ziynating»«Olim boʻlsang, olam seniki» kabi mavzular asosida birlashtirilib berilgan. Oʻquvchilarga maqollarni mavzu boʻyicha guruhlab oʻrgatishda darsliklardagi mavzularga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish, uning mazmun-gʻoyasini asar bilan bogʻlash kerak. Bu jarayonda oʻquvchilarning hayotiy tajribalari asosida maqollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki oʻquvchilarga maqol gʻoyasiga mos birorta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida berilishi ham mumkin. 4-sinflarda maqol janri boʻyicha tahliliy ishlar oʻquv yili davomida izchil uyushtirilib boriladi, ya’ni «Asar gʻoyasiga oid maqol ayting», «Maqollar asosida krossvord tuzing, rebus yarating» kabi topshiriqlar beriladi, «Maqollar aytish musobaqasi», «Maqollar mushoirasi» kabilar tashkil qilinadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga maqollarni oʻrgatishda shunchaki oʻqish, yod olish bilan chegaralanibgina qolmay, PIRLS tadqiqotlaridagi topshiriqlarning asl mazmuni ya’ni, puxta tahlil qilish, hayotiy hodisalarda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish, bu xulosalar orqali atrofimizdagi olamni va insonlarni tushunish, inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish va asoslab bera olish koʻnikmasini rivojlantirish lozim. Ustida erta bosqichlar o'qish malakalarini shakllantirish sodir bo'ladi qo'pol xatolar o'qishda - so'zlarning tovush-harf tarkibining buzilishida namoyon bo'ladigan va kichik o'quvchilar tomonidan matnni tushunishda nuqsonlarga olib keladiganlar. Qo'pol xatolar turlari: matn elementlarini o'tkazib yuborish (satrlar, iboralar, so'zlar, bo'g'inlar); matn elementlarini almashtirish (so'zdagi harflar va bo'g'inlar, so'zlar, matn satrlari); yangi elementlarni o'zboshimchalik bilan kiritish (harflar va bo'g'inlarni so'zlarga, so'zlarni jumlalarga); matn elementlarini almashtirish. O'qish kichik maktab o'quvchilari ham xarakterlidir qo'pol xatolar: matn elementlarini takrorlash (harflar, bo'g'inlar, so'zlar); noto'g'ri urg'u yoki so'z o'qish stresssiz (bo'g'inlarga ko'ra); matn o'rtasida (ibora, so'z va hokazo o'rtasida) kutilmagan pauzalar, to'xtashlar. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qishning bir xil kamchiliklari orasida imlo o'qish - matnni talaffuz me'yorlari bilan emas, balki imloga muvofiq ovoz berish; vaqt o'tishi bilan o'quvchilar orfoepik o'qishni o'zlashtiradilar. Bu xatolar tajribali o'quvchining o'qishida jiddiy kamchiliklar hisoblanadi. Kichik maktab o'quvchilari uchun esa, o'qishdagi bunday faktlar o'qish mahoratining ajralmas tuzilishiga aylanish jarayonida tabiiydir. Tez-tez takrorlashlar o'qish ko'nikmalarini shakllantirishning dastlabki bosqichlarida regressiya sifatida tasniflanishi mumkin, tez-tez pauzalar o'qish jarayonida zarur bo'lgan to'xtashlar (fiksatsiyalar) bo'lib, ular davomida havo o'pkaga olinadi (kichik o'quvchilarning nafas olishi tartibga solinmaydi). , shuningdek, operatsion o'qish birliklarini tushunish.
Dostları ilə paylaş: |