1. Boshlang'ich sinflarda tenglik tushunchasi Boshlang'ich sinflarda tengsizlik tushunchasi



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə4/5
tarix23.10.2022
ölçüsü29,93 Kb.
#65936
1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TENGLIK VA TENGSIZLIK TUSHUNCHALARINI O\'RGANISH

O`z ish tajribamdan.

Boshlang`ich sinf o`quvchilari faoliyatida taqqoslashga oid mashg`ulotlarni tashkil etish asosiy o`rinni egallaydi. Shuni e`tiborga olgan holda dars jarayonida o`quvchilarda taqqoslashga oid bilimlarni shakllantirishda bir qator ish turlaridan foydalandim, jumladan:




    • O`quvchilarda matematika faniga qiziqish, taqqoslashga oid tushunchalarni shakllantirishga erishdim.


    • Qiziqarli savol topshiriqlarni o`quv dasturi va DTS talablariga muvofiq tanladim;


    • O`quvchilarning yosh xususiyatlari va rivojlanishini har doim e`tiborga olgan holda taqqoslashga oid bilimlarni shakllantirdim;


    • O`quvchilarda nutq madaniyatini o`stirish tasavvur va tafakkur doirasini kengaytirishga erishdim;


    • O`quvchilarda fikrlaash ko`nikmalarini shakllantirdim;


Kichik tadqiqot ishiga oid tajriba sinov ishlarini Navoiy shahridagi 7-umum ta`lim makatabida ikkita parallel sinflarda amalga oshirdim. Yuqorida ta`kidlab o`tilgan uslubiy tavsiyanomalar hamda tajribali boshlang`ich sinf o`qituvchilari ko`rsatmalari asosida tashkil etilgan mashg`ulotlar tajriba sinflarida oddiy sinflarga nisbatan bir muncha samarali natijalarga erishilganligini ko`rsatdi.

Tajriba sinov ishlari natijalarini ushbu ko`rsatkichlar orqali ifodalashimiz mumkin:

t/r

Sinflar va o`quvchilar soni

A`lo

yaxshi

O`rta

qoniqarsiz

izoh

1

2-a sinf 32 nafar o`quvchi (oddiy)


8

12

11

1



2

2-b sinf 32 nafar o`quvchi (tajriba)

7

13

10

-

















Xulosa qilib aytganda boshlang`ich sinf o`qituvchisi har bir darsni didaktik o`yinlar asosida tashkil etgan holda o`tishi o`quvchilarda tafakkur mazmundorligi kabi ijobiy xususiyatlarning tarkib topishi uchun muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Chunki o`tilayotgan darslar qanchalik samarali bo`lsa, ilg`or pedagogik texnologiyalarni darslarga joriy etishga qanchalik jiddiy e`tibor berilsa bu ko`zlangan maqsadga erishish demakdir.




XULOSA

Mamlakatimizda boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish umuman maktab matematika kursini o`zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi, shu sababli boshlang`ich sinflarda ishlashda o`rta maktabda matematika o`qitishda ko`zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang`ich ta`limning ahamsiyatini to`g`ri baholash kerak.

O`rta maktab matematika dasturiga taalluqli ko`pgina masalalalar boshlang`ich sinflardayoq shu darajada mustahkam o`zlashtrilishi kerakki, bunda ular o`quvchilar ongida butun umr saqlanib qolsin, keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayorgarlik ko`rish maqsadidagina kiritiladi yoki biror malakava ko`nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo`lish uchun kiritiladi.

Maktabning boshlang`ich sinflarida bolalar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilimlar, o`quv uquvlar va ko`nikmalarning ma`lum hajmini ongli ravishda va mustahkam egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib o`tilgan mulohazalarni hisobga olish kerak.

Boshlang`ich ta`limning muhim masalalaridan biri o`quvchilarda ongli va mustahkam xisoblash malakalarini shakllantirish edi va shunday bo`lib qoladi.

Matematika kursi o`quvchilar kuchi yetadigan darajada o`quv materialini umumlashtirishni, o`rganilayotgan matematik faktlar asosida yotuvchi umumiy prinsip va qonuniyatlarni tushunishni, qarab chiqilayotgan hodisalar orasida mavjud bo`lgan bog`lanishlarni tushunishni nazarda tutadi. Bu, asosan amallarning xosssalarini,ular orasidagi mavjud bog`lanishlarni o`rganishaga, bolalarda shakllanayotgan amaliy uquv va kunikmalarning asosi bulgan matematik munosabatlar va bog`lanishlarga taalluqlidir.Nazariya amaliy uquv va ko`nikmalarni egallashga yordam beribgina qolmay, nazariya va amaliyotning qarab chiqilayiotgan masalalari orasida matematik munosabatlarni o`rnatishga, matematika o`qitish samaradorligini oshirishga o`qituvchi yordam beruvchi asosiy vositalardan biridir.

Hozirgi paytda yangi axborot va pdagogik texnologiyalar rivojlangan bir paytda boshlang`ich sinf o’quvchilarini majburiy itoatkorlikka asoslangan an`anaviy usulda o’qitish emas balki, o’quvchilarning o’qishga, bilim o’zlashtirishga bo’lgan ongli munosabatini tarbiyalashni amalga oshirishga qaratilgan o’qitishning noan`anaviy shakllarini ta`lim jarayoniga tadbiq etishdek muhim vazifalar qo’yilgan.

Xulosa qilib aytganda boshlang`ich sinf o`qituvchisi har bir darsni umumlashtirish va xulosalar chiqarishni tashkil etgan holda o`tishi o`quvchilarda tafakkur mazmundorligi kabi ijobiy xususiyatlarning tarkib topishi uchun muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Chunki o`tilayotgan darslar qanchalik samarali bo`lsa, ilg`or pedagogic texnologiyalarni darslarga joriy etishga qanchalik jiddiy e`tibor berilsa bu ko`zlangan maqsadga erishish demakdir.





Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin