1. Boshlang'ich sinflarda tenglik tushunchasi Boshlang'ich sinflarda tengsizlik tushunchasi



Yüklə 29,93 Kb.
səhifə1/5
tarix23.10.2022
ölçüsü29,93 Kb.
#65936
  1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINFLARDA TENGLIK VA TENGSIZLIK TUSHUNCHALARINI O\'RGANISH


BOSHLANG'ICH SINFLARDA TENGLIK VA TENGSIZLIK TUSHUNCHALARINI O'RGANISH


Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Boshlang'ich sinflarda tenglik tushunchasi
2. Boshlang'ich sinflarda tengsizlik tushunchasi
3. Matematika darslarida o`quvchilarning taqqoslashga oid ko`nikmalarini shakllantirish metodikasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

II.I. Boshlang`ich sinflarda ifodalarni taqqoslash ustidagi ishning ketma-ketligini quyidagicha amalga oshirish mumkin.
O'quvchilarni tenglik tushunchasiga olib keladigan top­shiriqlarning turlarini sanashga oid topshiriq beriladi. Bu topshiriqlar qanday va nima asosida bajariladi?

Birinchi o'nlik sonlari to'plamida „katta" yoki „kichik" munosabatlari vujudga keltiradigan tartib strukturasini strelkalar yordamida tasvirlashga oid mashqlar tuzing. Bu rasmdagi strelka nimani bildirishini siz bolalarga qanday tushuntirasiz? Javobini izohlang.

„Tenglik" va „tengsizlik" atamalari (ta'rifsiz) kiritiladi. Bunda og'zaki hisoblashda, 100+110 ... 220, 400 - 300 ...150, 80 + 80 ... 50 + 110, 40 + 40 + 40 ... 120 va h. k. ko'rinishdagi bir nechta ifodani taqqoslashni kiritish mumkin. Tegishli belgilar qo'yilgandan keyin o'qituvchi bolalar diqqatini „>" va „<" belgili yozuvlarga qaratib, bu yozuv „tengsizlik", „=" belgili yozuvni ko'rsatib, uni „tenglik" deb aytadi. O'qituvchi kelgusida bu atamalarni o'quvchilarning aktiv lug'atiga kiritish maqsadida quyidagi ko'rinishdagi topshiriq beradi: ifodalar­ni taqqoslang va tengliklarni bir ustunga, tengsizliklarni ikkinchi ustunga yozing, tushirib qoldirilgan sonlarni (yoki amallar belgi-larini) qo'ying va awal tengliklarni, keyin tengsizliklarni yozing; tengsizliklarning (tengliklarning) chap va o'ng qismlari o'rnini al-mashtiring va bunda nimani sezganingizni ayting va h. k.

Keyingi darslarda o'qituvchi o'quvchilarning to'g'ri va noto'g'ri tenglik (tengsizlik)larni bir-biridan farqlantirishga o'rgatadi.

Masalan, 50 + 30 = 80- to'g'ri tenglik, 50-40 = 20- noto'g'ri tenglik; 160 - 100 > 40 - to'g'ri tengsizlik; 130 + 50 < 170 - noto'g'ri tengsizlik. O'quvchilarga noto'g'ri tenglik (tengsizlik)larni to'g'ri tenglik (tengsizlik)larga aylantirishni taklif etish foydali (amal belgi-larini yoki komponentlardan birini o'zgartirish bilan).

Ismli sonlarni taqqoslash davom ettiriladi, masalan, 7 m 6 dm va 75 dm, 400 tiyin va 4 so'm, 2 m 30 sm va 3 m 20 sm. Quyidagi yozuvdan foydalanish qulay:

7 m 6 dm > 75 dm, chunki 76 dm > 75 dm yoki

7 m 6 dm > 75 dm, chunki 7 m 6 dm > 7 m 5 dm.

Hisoblash malakalarini mustahkamlash va nazariy bilimlarni o'zlashtirish uchun ifodalarni taqqoslashga doir boshqa mashqlar beriladi:

37 + 0... 37, 62-0...62, 7-1...7, 9-0...9

19 + 8... 19, 85-2... 85, 3 + 7 ... 3, 25 : 5 ... 25

Tenglik va tengsizliklar qatnashgan mashqlar o'rganilganda, bu mashqlar o'quvchilarga ko'paytirishni bir xil qo'shiluvchilar yig'indisi sifatida tushunishga yordam beradi.

Masalan: 1) ifodalarni taqqoslang, tushirib qoldirilgan >, <, = belgilaridan birini qo'ying:

40 + 40 + 40 + 40...40x3; 50x6... 50 + 50 + 50 + 50 + 50 + 50

O'quvchi mulohazasi: chap tomonda qo'shiluvchi (4) to'rt marta olingan, o'ng tomonda faqat 3 marta olingan; demak, chap tomon katta, „katta" belgisini qo'yamiz, hisoblab tekshiramiz;

Shunday son tanlangki, tenglik va tengsizliklar to'g'ri bo'lsin: 6-7 + 6<6- □ , 2-□>2-8 + 2, 7 x 9-7 = 7 : □

Birinchi misolda o'quvchi quyidagicha mulohaza yuritadi: chap tomonda 6 soni 7 marta qo'shiluvchi qilib olingan, keyin yana 6 qo'shilgan, demak, bu yerda 8 ta 6 soni bor, bu o'ng tomondan kichik bo'Ushi kerak, demak, o'ng tomonda 6 talab, 8 marta emas, balki undan katta, masalan, 9 marta yoki undan ko'p marta olish kerak. Masalan, 9 ni qo'yaylik: 6 • 9 = 54, 42 + 6 = 48, 54 > 48

O'quvchi yig'indi, ayirma, ko'paytma va bo'linma ko'rinishida berilgan ifodalarni taqqoslaganda, avval amallarni bajaradi, keyin tegishli belgini qo'yadi.

Boshlang`ich sinf o`quvchilarida taqqoslashga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirishda test materiallaridan foydalanish ham ijobiy natijalarga erishishninh muhim omillaridan biridir. Quyidagi test materiallari 2-sinf o`quvchilarida taqqoslashga oid bilimlarni rivojlantirishda o`quvchilarga yordam beradi:


Yüklə 29,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin