1-bosqich 22. 26-guruh talabasi Burxonova Madinaning Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan tayyorlagan


uproq resurslarining ifloslanishi



Yüklə 144,52 Kb.
səhifə11/11
tarix13.12.2023
ölçüsü144,52 Kb.
#175544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Burxonova ekologiya

uproq resurslarining ifloslanishi.
Insonning tuproqqa ijobiy va salbiy ta'siri ajratiladi. Ijobiy ta'siriga tuproq hosildorligini oshirish, erlarning holatini yaxshilash, yashil o'simliklar ekish, ixotazorlar tashkil etish, tabiiy o'g'itlar berish va hokazolar kiradi.
Salbiy ta'siriga, shaharlar qurilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, agrotexnik tadbirlarning talabga javob bermasligi, gidrotexnika tadbirlarining noto'g'ri yo'ga qo'yilishi, kimyoviy moddalardan me'yordan ortiq ishlatilishi, yaylovlarga chorva mollarini boqish, o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish va hokazolar ta'siri oqibatida erlar yaroqsiz holga keladi.
Yеr inson uchun bebaho boyliklar, ammo inson bu boylikni saqlashni, undan oqilona foydalanishni hozirga qadar mukammal egallagan emas. YErga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lish tufayli hozirgacha 20 mln. kv.km unumdor erning strukturasi buzilib, yaroqsiz holga kelib qoldi. Bu hozir foydalanib kelinayotgan erdan qariyb ikki baravar ko'p. M: Sobiq Ittifoqda turg'unlik yillarida qurilgan irrigasiya inshootlar (suv ombori, kanallar) ta'sirida 12 mln. gektar unumdor erning miliotariv holati buzilib sho'rlanib va zaxlanib ketdi va natijada tarkibi buzildi.
Yuksak taraqqiy etgan Yaponiya va G'arbiy YEvropa davlatlarida har bir metr erni dengizga shag'al, tuproq to'kib o'zlashtirib olayotgan bo'lsalar, bizda esa har yili minglab gektar unumdor er sho'rlantirib yaroqsiz holga keltirmoqdamiz.
Cho’llanish jarayoni va uni oldini olish yo’llari. Orol dengizi atrofida olib borilayotgan ekologik tadbirlar xususida.

  • cho’llarning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi va geografik tarqalishi issiqlik va namlikning notekis taqsimlanishiga, jumladan, landshaftlarning tabaqalanishidagi zonallik qonuniyatiga, umumiy atmosfera tsirkulyatsiyasi sharoitiga hamda materiklarning orografik tuzilishiga, hududlarning materiklar ichkarisida yoki okeanlarga tutash joylashishiga bog’liq.

Shuni ta’kidlash joizki, olimlar o’rtasida hozirga qadar «cho’l» atamasi bilan «arid» atamasining mohiyatini tushunishda mutanosiblik yo’q. Masalan, arid yerlarni aridlik darajasiga (qurg’oqchillik darajasiga) qarab ekstraarid (o’ta qurg’oqchil), arid (qurg’oqchil) va chala arid (chala qurg’oqchil) yerlarga bo’ladi. Cho’l atamasining mazmuni esa cho’l landshaftlarining asosiy mohiyatini belgilaydi. Ma’lumki, cho’l zonasining ichki zonal farqlariga ko’ra shimoliy cho’l, o’rta yoki tipik cho’l va janubiy cho’lga bo’linadi. Cho’l landshaftlari tipologik xususiyatlariga ko’ra qumli cho’l, toshloq cho’l, gilli cho’l, sho’rxok cho’l, taqirli cho’l kabilarga ajratiladi. Shunday ekan O’rta Osiyoning eng katta cho’llaridan hisoblangan Qizilqum va Qoraqum ham arid landshaftlar guruhiga kiradi.
M.P.Petrov (1973) qurg’oqchilik eng oxirgi nuqtaga borib taqalgan iqlimga ega bo’lgan hududlarni cho’l deb ataydi. Cho’llarda atmosfera yog’inlari 250 mm dan kam tushadi, mumkin bo’lgan bug’lanish miqdori esa yog’in miqdoridan ko’p marta ortiq, shuning uchun cho’llarda dehqonchilik qilish sun’iy sug’orishsiz mumkin emas. Ushbu joylardan suvda eriydigan tuzlarning harakati va ularning yuzada to’planishi juda faol, tuproq tarkibida organik moddalar kam. Demak, cho’lda yozgi haroratning balandligi, yillik yog’in miqdorining kamligi (100-200 mm), yuza oqimining yo’qligi, qumoq qatlamlarning hukmronligi, eol jarayonlarning faolligi hamda yer osti suvlarining minerallashganligi va suvda eruvchan tuzlarning tuproqda migratsion xususiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi

  • Pestitsidlar.


  • Pestitsidlar, ya`ni begona o`tlarni yo`qotish, turli o`simliklarning zararkunandalari, ularning kasalliklarini oldini olish, yog`och, taxta, qog`oz, xayvonot badanidagi parazitlar va kasalliklar tarqalashini oldini olish maqsadida ishlatiladigan kimyoviy moddalar xisoblanadi.


  • Pestitsidlar o`simliklarning kimyoviy ximoyalanish asosi xisoblandi. Zaxarli moddalar xujayralarga kirib, ularning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini o`zgartiradi. Oqsil va xujayralarning moddalari bilan kimyoviy reaksiyaga kirib, ularni cho`ktirib yuboradi, fermentlarni faolsiz qilib, moddalar almashuvini buzadi. Buning natijasida xujayralar o`limga maxkum etiladi.



Ekologik barqaror rivojlanish. Iqlim o’zgarishi muammolari va unga qarshi kurash yo’llari. barqaror rivojlanishning mazmun va mohiyati – kelajak avlod ehtiyojlarini inobatga olgan tarzda hozirgi zamon kishilik jamiyatini uzviy bog‘langan ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyotini bir me’yorda ta’minlashdir. U bevosita ekologik xususiyat kasb etadi. Chunki ushbu maqsadga erishish uchun
avvalambor ma’lum bir ekotizimlar (tog‘, dengiz qirg‘oqlarida, cho‘l zonasida, kichik orollarda va h.k.)da kompleks ekologik tadqiqotlar orqali atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, turli o‘zgargan ekotizimlarda esa ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish va rivoj-lantirish, tabiat-jamiyat munosabatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xususiyatlarini inobatga olgan holda davriy o‘zgarishlarni doimiy taraqqiyot sari yo‘naltirish talab etiladi. Ko‘rinib turibdiki, aynan ekologiya fanining obyekti doirasida – ekosferada, uning tadqiqot predmeti – ekotizimlarni muhofaza qilish, ularning resurslaridan oqilona foydalanish, buzilganlarini esa qaytadan tiklash bevosita barqaror rivojlantirish masalalaridan kelib chiqadi.
Biz barqaror rivojlanishni ekologiya fani nuqtayi nazaridan tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz. Zero ekologiya – yashash makoni falsafasi ekan, falsafa esa masalaning tub mohiyatini anglatuvchi nazariy asosdir.
1992-yil BMTning maxsus konferensiyasida qabul qilingan Barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning garmonik rivojlanishi uchun quyidagi ekologik qoidalar nazarda tutilgan:

  • davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishda o‘ziga xos ekologik vaziyatdan kelib chiqishi;

  • barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi bo‘lib hisoblanadi va undan ajralgan tarzda muhokama qilinmasligi kerak;

  • rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shuning uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirmoq zarur;

  • davlatlar yer ekotizimlarini saqlash, muhofaza qilish hamda uning tozaligi va butunligini tiklash maqsadida global miqyosdagi sherikchilik ruhida hamkorlik qilishlari lozim;

  • har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgardir;

  • rivojlangan mamlakatlar xalqaro doirada barqaror rivojlanishni ta’minlashda mas’uldirlar va ularning jamoasi Yer sayyorasi muhitiga yetkazgan zararini ulardagi texnologik va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holdagi javobgarligini tan olmoqlari lozim;

  • tabiiy resurslardan foydalanishni mo‘tadillashtirish maqsadida davlatlar o‘z demografik siyosatlarini muvofiqlashtirishlari zarur;

  • ekologik muammolarni barcha manfaatdor fuqarolar ishtirokida va turli darajada (milliy miqyosda) har bir fuqaro atrof-muhitga tegishli bo‘lgan ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘lishlari, davlatlar esa bunday masalalarni hal etishda keng ma’lumotlar berish yo‘lini rivojlantirishlari va qo‘llab-quvvatlashlari kerak;

  • ekologik zararlarni qoplashda sud orqali himoyalanish vositalarini qo‘llash va ma’muriyat ishlarini ularda ko‘rib chiqishni ta’minlashlari zarur;

  • davlatlar atrof-muhit muhofazasiga doir qonun hujjatlariga, qat’iy o‘rnatilgan ekologik me’yorlarga (standartlarga) ega bo‘lmoqlari, xo‘jalik faoliyatining maqsadi va ustuvorligi esa atrof-muhitni muhofaza qilish vazifalariga muvofiq kelishi kerak;

  • atrof-muhit muhofazasiga yo‘naltirilgan chegaralararo yoki global ekologik muammolarning yechish yo‘llari xalqaro konsensus (murosa)ga asoslangan bo‘lishi kerak;

  • ekologik oqibatlarni baholash vakolatli milliy organlar tomonidan tasdiqlanishi kerak;

  • davlatlar atrof-muhitga bo‘lgan an’anaviy munosabatlarini tan olishlari, mahalliy aholi va uning jamoalarining tarixiy tajribasini ishlatmoqlari lozim va h.k.

Barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuqorida keltirilgan atrof-muhitni muhofaza qilishga oid prinsip-qoidalar ekologik prinsiplarga mos tushadi. U jamiyat va tabiat uyg‘unligini oshiradi. Ushbu ekologik prinsip-qoidalarga rioya qilish, shubhasiz, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.
XULOSA
Atrof-muhit muammolari odatda ekologik siyosat tomonidan ko'rib chiqiladi (lekin ular bilan chegaralanmaydi) havo va suvning ifloslanishi, chiqindilarni boshqarish, ekotizim boshqaruv, biologik xilma-xillik himoya qilish, himoya qilish Tabiiy boyliklar, yovvoyi hayot va yo'qolib borayotgan turlari va kelajak avlodlar uchun ushbu tabiiy resurslarni boshqarish. Yaqinda ekologik siyosat atrof-muhit muammolarini etkazishda ham ishtirok etdi.Atrof-muhit siyosatidan farqli o'laroq, ekologik siyosat insonga tegishli bo'lmagan ekologik dunyodan (pulli va pulli bo'lmagan) foyda olishga qaratilgan muammolarni hal qiladi. Tabiiy resurslarni boshqarish (baliqchilik, o'rmon xo'jaligi, yovvoyi tabiat, tabiat zonasi, biologik xilma-xillik va xavf ostida bo'lgan turlar) ni boshqarish ekologik siyosatga keng kiritilgan. Siyosatning ushbu ixtisoslashgan yo'nalishi o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Insonning tabiatga ta’siri boshqa faol bo’lmagan mavjudotlar (o'simlik va hayvonot) ta’siriga nisbatan faol va xarakteri jihatdan tubdan farq qiladi. Ya’ni, inson ongi tufayli tabiatni o‘z ehtiyoji va maqsadiga muvofiq tarzda o'zgartirish va moslashtirish imkoniyatiga ega. Tabiat bilan bo'ladigan munosabatlarda insonga faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida yetakchilik qilish huquqini beruvchi omil inson ongi ijtimoiy muhitda, ya’ni jamiyatda shakllanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib insonni ikkita, ya’ni tabiiy va ijtimoiy muhitlarning mahsuli bo'lgan bioijtimoiy mavjudot deb atash mumkin. Insonda ham moddiy(tana) va ruhiy (ong) mohiyat mujassamlashgandir. U tirik mavjudot sifatida tabiat mahsuli, ongi tufayli esa ijtimoiy muhit(jamiyat) mahsuli hisoblanadi. O'zlarining biologik xususiyatlari, ijtimoiy mavqelari va boshqa sharoitlariga ko'ra turlicha ongga ega bo'lgan kishilar birgalikda kishilik jamiyatini tashkil etadilar. Bundan ko'rinib turibdiki, inson tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi bog'lovchi ko'prik vazifasini o'taydi. Bundan yana shunday xulosa ham kelib chiqadiki, inson tabiatni uzviy tarkibiy qismi bo'lganligi uchun ular tashkil etgan jamiyat ham tabiatsiz mavjud bo'la olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, tabiat, inson va jamiyat yaxlit bir tizim sifatida faoliyat ko'rsatadilar hamda ular mazkur tizimning tarkibiy qismlari bo'lib hisoblanadilar. Mazkur o'rinda shuni ham esda tutish zarurki, tizimning komponentlaridan biri bo'lmish jamiyat ong tufayli moddiy borliqning eng oliy rivojlangan shakli hisoblanadi. U bir qator o'ziga xos ichki ijtimoiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Mana shu qonuniyatlarni tizimning boshqa komponent(tabiat va inson)lari rivojiga to'siq bo'lmasligi ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, har qanday tizimning barqarorligi komponentlarning o'zaro munosib ravishda rivojlanishi va ular orasidagi munosabatlar muvozanatlashgan holatda boMishini taqozo etadi, aks holda tizim buziladi va asl xususiyatlarini yo'qotadi.
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
• Yer sayyorasi va undagi tabiat hamda hayot shakli insonga ma’lum boMgan Olamda yagonadir;
• tabiiy borliq inson va jamiyatning yagona moddiy negizidir;
• tabiat, inson va jamiyatni yaxlit tizim deb qarab, ularni birgalikda o'rganish zarur;
• bu tizimning biror-bir komponentidagi o'zgarish uning boshqa komponentlarida adekvat tarzdagi ijobiy yoki salbiy o'zgarishlarning yuz berishiga olib keladi.
Mavjud ilmiy manbalarga asoslanib, yer sayyorasi yoshini 4,7 mlrd yil deb aytish mumkin. Mana shu o'tgan uzoq geologik davr mobaynida yerda o'ziga xos tabiat shakllangan. Yer tabiatining evolutsion, spiralsimon tadrijiy taraqqiyoti bir necha bosqichlarga bo'linadi va ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Tabiatning shakllanishi, evolutsiyasi va asosiy xususiyatlarini o'rganish bilan bir qator tabiiy fanlar shug'ullanadi. Ekologiya fani nuqtayi nazaridan tabiat komponentlari orasidagi va ular ichidagi muvozanat qanday qaror topganligi hamda uni jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotgan hozirgi paytda qanday qilib saqlab turish mumkinligi asosiy ahamiyatga ega. Tabiatni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar havo, suv, tog' jinslari, o'simlik va hayvonotlar orasida va tabiatdagi turli modda va energiya almashinuvi jarayonlarida, uzoq geologik davrlar mobaynida o'ziga xos barqarorlik holati yuzaga kelgan.
Yüklə 144,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin