1-bosqich 22. 26-guruh talabasi Burxonova Madinaning Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan tayyorlagan



Yüklə 144,52 Kb.
səhifə1/11
tarix13.12.2023
ölçüsü144,52 Kb.
#175544
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Burxonova ekologiya




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO‘LIM TEXNOLOGIK TA’LIM yo‘nalishi
1-bosqich 22.26-guruh talabasi Burxonova Madinaning
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan tayyorlagan



MUSTAQIL ISHI
Farg‘ona – 2023


Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari.



Tirik organizmlarda kechadigan barcha fiziologik jarayonlar uzluksiz davom etmaydi.
Tashqi (ekzogen) ritmlar. Tabiatda doimiy ravishda takrorlanib turadigan ana shunday muhim o‘zgarishlar jumlasiga, avvalo, Yerning quyosh atrofida, oyning esa yer va o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida kelib chiqadigan mavsumiy hamda sutkalik davriylik kiradi.
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida sayyoramizdagi ekologik omillar — harorat, bosim, namlik, yorug‘lik rejimi, havo, atmosferadagi elektromagnit maydoni, okeanlarning toshishi va qaytishi qonuniy ravishda o‘zgaradi, Bundan tashqari jonli tabiatga koinotdagi ritmlar, ya’ni quyosh faolligining davriy o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar:
Sutkalik ritmlar — yerning‘ o‘z o‘qi atrofida harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning o‘ziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Ayrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorug‘ vaqtiga to‘g‘ri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga to‘g‘ri keladi.
Organizmdagi sutkalik ritm bir kecha-kunduzda davriy ravishda o‘zgarib turadigan muhit omillariga, ya’ni havo harorati va namlikka, shamol, yorug‘lik va shunga o‘xshash ko‘pgina murakkab omillarga moslashishdan iboratdir. Shuningdek, sutkalik ritm oziq topish sharoitlariga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq xuddi mavsumiy ritmda bo‘lgani kabi, sutkalik ritmda ham yorug‘lik asosiy signal (ogohlantirish) omili vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga yorug‘ va qorong‘i paytlarning navbatlanib turishi ham alohida rol o‘ynaydi. Bu yorug‘lik tartibi sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirish orqali isbotlanishi mumkin.
O‘simliklar olami va hayvonot dunyosida sutkalik sikllarni o‘rganish organizmlar ham vaqtni aniqlash qobiliyatiga ega ekanligini isbotladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning guli sutkaning ma’lum vaqtida ochiladi, masalan, loviya o‘simligi barglarining bir sutka davomidagi harakati xronologik aniqlik bilan yuz. beradi. Barcha tirik organizmlarning vaqtni aniqlash xususiyatini biologik soat deb yuritiladi.
Nerv sistemalari to‘la shakllangan hayvonlarga biologik soat mexanizmlari ayniqsa mansubdir. Hasharotlarning sutkalik ritmlarini o‘rganish ularning biologik soati mahalliy vaqtta «to‘g‘rilangan» ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni har bir organizm o‘zi yashab turgan joyning yorug‘lik omillariga asoslanib vaqtlarini o‘lchaydi. Asalarilarda olib borilgan kuzatishlar natijasi yuqorida qayd qilingan fikrni to‘la tasdiqlaydi.
Parijda asalarilarga alohida kameralarda bir necha kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 20.10—15 minutdan 22.10—15 minutga qadar qandli sharbat berib turildi. So‘ngra asalarilar kechki payt samolyotda Nyu-Yorkka jo‘natildi. Ertasi kuni asalarilar Nyu-York vaqti bilan taxminan soat 15.00 da, ya’ni Parijda so‘nggi marta ovqatlanganlaridan keyin roppa-rosa 24 soat o‘tgach shira solingan oxurchaga uchib kela boshladilar.
Nyu-York vaqti bilan soat 20.15 dan 22.15 ga qadar esa oxurchaga bironta ham ari uchib kelmadi. Asalarilar Nyu-Yorkdan Parijga ko‘chirilganda ham xuddi shunday natija olindi.
Amerika suvaragi ustida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, hasharotlardagi sutkalik faollikning sozlovchisi asosida neyrogormonal mexanizm yotadi.Amerika suvaragi ustida o‘tkazilgan dastlabki kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, harakat faolligi ritmi tanada maxsus sekretning mavjud bo‘lishiga bog‘liq: halqum osti gangliyasining qorni sathida va qisman yon sathida joylashgan maxsus neyro-sekretar hujayralar ana shunday sekret manbai xizmatini o‘taydi. Agar faol ritmdagi suvarakning halqum osti gangliyasini qirqib olib, boshi olingan «aritmik» suvarak qorniga ko‘chirib o‘tkazilsa, bir necha kundan keyin mazkur suvarakda ham gangliyasi ko‘chirib o‘tqazilmasdan oldli donor hasharotda bo‘lgan faollikning paydo bo‘lgani qayd qilinadi. Shu bilan birga faollik davrining boshlanishi, asosan, yorug‘likdan qorong‘ulikka o‘tish natijasida kelnb chiqadigan qo‘zg‘alishga bog‘liq bo‘ladi. Bu qo‘zg‘alish oddiy ko‘z orqali qabul qilinadi.
Kuzatishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, halqum osti gangliyasining neyro-sekretar hujayralari garchi hasharotning sutkalik faolligi ritmini sozlovchi sekretni mustaqil ajratib chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lsada, 5u jarayonning yaxshi kechishi uchun yondosh tanalar deb ataluvchi maxsus bezlarning sekretari halqum osti gangliyasiga kelib turishi kerak. Mazkur sekret halqum osti gangliyasiga uni! yondosh tanalar bilan bog‘lab turuvchi nervlar orqali keladi, Agar ana shu nervlar qirqib qo‘yilsa, harakat faolligi maromi bir hafta ichida asta-sekin so‘nadi.
Hatto hasharot yorug‘lik va qorongulik ta’siriga duchor bo‘lib turganida ham shu ahvol kuzatiladi. Sutkalik o‘zgaruvchanlik ko‘pchilik hayvonlarda faqat harakatlanish faolligiga ta’sir ko‘rsatib, fiziologik xususiyatlariga uncha ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, kemiruvchilarda xuddi shunday holat kuzatiladi, Fiziologik faoliyatla-rining o‘zgarishi (aniqroq) yer qavatlarida seziladi. Yozda kunduzgi paytda ularning ko‘pchiligi o‘zlarini poykilotermik hayvonlar kabi tutadilar. Ularning tana haroratlari muhim haroratiga teng bo‘ladi, nafas olishi, tomir urushi, sezgi a’zolarining ta’sirlanishi juda past bo‘ladi.
Ayrim turlarning faol faoliyati sutkaning ma’lum paytlariga to‘g‘ri keladi, boshqalarida sharoitga qarab o‘zgarishi mumkin. Masalan, shafran o‘simligi gulining ochilishi haroratga bog‘liq. Kungaboqar o‘simligining savatchasi esa bulutli kunlarda ochilmaydi. Cho‘l zonasida tarqalgan hayvonlarning faol faoliyatlari sutkaning har xil vaqtiga to‘g‘ri keladi, bu asosan shu yerdagi harorat va namlik bilan bog‘liqdir.
Ichki (endogen) sutkalik ritmni tashqi (ekzogen) ritmdan farkini tajriba orqali isbotlash mumkin. Ko‘pchilik turlar yoruglik, namlik, harorat, ozuqa va boshqalar doimo bo‘lganida uzoq vaqt davom etuvchi rivojlanish sikllarini sutkalik davrga yaqinlashtiradilar.


Yüklə 144,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin