1-bosqich 22. 26-guruh talabasi Burxonova Madinaning Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan tayyorlagan


Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari



Yüklə 144,52 Kb.
səhifə4/11
tarix13.12.2023
ölçüsü144,52 Kb.
#175544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Burxonova ekologiya

Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari.
Har yili yerda fotosintezlovchi organizmlar 140 mlrd tonnaga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998) Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra sintezlanishi qo'proq bo'lishi natijasida atmosferada CO2 miqdori kamayib 02 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo'lgan.
Produtsentlar avtotrof organizm bo'lib, qumqlikdagi va suvdagi yashil o'simliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalarning bir qismi konsumentlar (o'txo'r hayvonlar) tomonidan iste’mol qilinadi, keyingilari esa o'z navbatida go'shtxo'r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.

Ekotizimlarning o’zgarishi. Suksessiya xodisasi. Biosfera haqida tushuncha. Vernadskiy ta’limoti, noosfera.

Vaqtning muayyan bir bo‘lagida biotsenozning tur tarkibi va yashashining abiotik omillari rivojlanishning eng yuqori dara­jasi — turg‘un tizim paydo bo‘lguniga qadar o‘zgarib, ekologik suksessiya ro‘y beradi. Turg‘unlashgan bunday ekotizim klimaks deb ataladi. Bu holatda ekotizim energiya birligiga eng ko‘p bio­massa va organizmlar o‘rtasidagi simbiotik aloqalarning eng ko‘p miqdori to‘g‘ri keladi. Binobarin, ekotizim bu holatga kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi.

Suksessiya paydo bo‘lishi uchun erkin makon kerak bo‘ladi. Muhitning dastlabki holatiga bog‘liq holda suksessiyaning bir­lamchi va ikkilamchi bosqichlari farqlanadi. Agar uyushmaning shakllanishi dastlabki bo‘sh muhitda boshlangan bo‘lsa, birlamchi suksessiya, agar u muayyan muhitda oldindan mavjud bo‘lgan bitta uyushmaning takomillashgan boshqa uyushmaga izchil al- mashishi bo‘lsa, ikkilamchi suksessiya bo‘ladi.

Birlamchi suksessiya tog‘ yonbag‘rining o‘pirilgan yoki qulagan joylarida, dengiz chekingan yoki daryo o‘zani o‘zgargan sayoz joy- larda, yalang‘och qumli cho‘llarda tabiiy ravishda paydo bo‘lishi mumkin. Tabiiy suksessiyaga ko‘l ekotizimining «qarishi» — evtrofikatsiya yorqin misol bo‘ladi. U ko‘lning qirg‘og‘idan markazigacha o‘simliklar bilan qoplanishida o‘z ifodasini topadi. Bu jarayon muayyan davrda bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olgan holda sekin-astalik bilan kechadi. Oxir-oqibat ko‘l klimaks darajasida turg‘un ekotizim — botqoqlikka aylanadi. Biroq u ham mangu emas — uning o‘rnida sekin-astalik bilan joyning mahalliy sharoitiga muvofiq o‘rmon (to‘qay) ekotizimi paydo bo‘ladi.


Yüklə 144,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin