1. Bozor iqtisodiyoti


Normativ asosning tasniflanishi va maqsadlari



Yüklə 103,98 Kb.
səhifə7/17
tarix08.05.2023
ölçüsü103,98 Kb.
#109369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
1. Bozor iqtisodiyoti-1

27. Normativ asosning tasniflanishi va maqsadlari
Erkin iqtisodiy faoliyat va tijorat rivojlanib borayotgan, biz avvalgi zavod va fabrikalarga qaraganda ko’proq zamonaviy biznes va tadbirkorlik haqida gapirayotgan bir sharoitlarda matematika tili bilan aytganda norma va normativlar (normativ asoslar) «bozor» tushunchasi bilan bog’lanishi qiyin bo’ladi. Bugungi kunda ularning roli va maqomi biroz susaygan, chunki ular tadbirkorlar fikriga ko’ra bozorga qaraganda ko’proq rejali iqtisodiyot tomon yaqinroq turganday bo’ladi.
Aslida esa bunday emas, albatta. Norma va normativlar doimo rejalashtirish va xo’ jalik boshqaruvining muhim elementi bo’ lib kelgan. Har bir biznesmen va tadbirkor, aytaylik, do’kon, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi tsex qurmoqchi bo’lsa, albatta qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni hisob-kitob qiladi. Ya’ni u rejalashtirish bilan, to’g’rirog’i xarajatlar va resurslar talabini ularning har bir turi bo’yicha normalashtirish bilan shug’ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal bo’lgan holda ko’proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy.
Xo’jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir. Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Norma bu - belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruktsiyasini kavsharlash uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va hokazolarning mutlaq (absolyut) sarflash mumkin bo’lgan maksimal kattaligidir.
Shu tariqa natural, qiymat va mehnat o’ lchamlari bilan belgilangan norma yordamida mahsulot, bizning holatda palto ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha xarajatlar tartibga solib boriladi. Agar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajatlarni jami chiqarilgan mahsulotlar soniga ko’paytirsak, korxonaning mazkur turdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq umumiy xarajatlarini aniqlashimiz mumkin bo’ladi.
Normativ bu nisbiy ko’rsatkich bo’lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o’lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi.
Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi (masalan, asbob-uskunalami yuklash koeffitsienti, avtomobil shinasi bosib o’tgan yo’l koeffitsienti, sutning yog’lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xom- ashyo va materiallar, aylanma mablag’lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini aniqlashda ham qo’llanadi.
61. Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili bu o’z mohiyatiga ko’ra tashqi muhit diagnostikasidir. U biznes-rejani tayyorlashda rezyumedan keyingi ikkinchi qadamdir. Biznes-reja tuzish bo’yicha bugungi uslubiy tavsiyalar ushbu bo’limni mazkur korxona faoliyat ko’rsatuvchi muhitning investitsiyalarni jalb qilishdagi jozibadorligini tahlil qilishdan boshlashni taklif qiladi. Tarmoqni tavsiflash quyidagilarni qamrab olishi lozim:
tarmoqning iqtisodiy sektorini aniqlash (fan, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va hokazo);
mavsumiylik;
tarmoq bozorining geografik joylashuvi (mahalliy, mintaqaviy, milliy, xalqaro);
mazkur tarmoq taklif etuvchi asosiy mahsulot va xizmat turlari;
tarmoqning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari;
tarmoq bozorining tuzilmasi, sig’imi va uning o’zgarish tendentsiyalari;
korxona rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillari (yangi iste’molchi va raqobatchilar, qonun va qoidalarning paydo bo’lish ehtimoli).
Tarmoq va biznes sohasi to’g’risida qaror qabul qilish tadbirkorning o’zi uchun
ham, tadbirkorlik loyihasi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan faoliyat sohasining rivojlanish tendentsiyalarini to’liq hisobga olmaslik biznes-loyihani joriy qilishda kutilmagan natijalarga va iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
62.

63.
Bozorni va asosiy raqobatchilarni tahlil qilishda quyidagi masalalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim: bozor hajmini (sig’imini); bozorning to’yinganlik darajasini; yaqin istiqbolda bozorning to’yinganlik darajasi va hajmining o’zgarish tendentsiyalarini; eng istiqbolli sotuv bozorlarini aniqlash; asosiy raqobatchilarni baholash .



Raqobatchilarni baholash va ta

ilil qilish



Raqobatchilar tavsifnomasi

Asosiy raqobatchilar

Birinchi

Ikkinchi

1

Sotuv hajmi, natural ko’rsatkichlar







2

Bozorda egallagan ulushi, %







3

Narx darajasi







4

Moliyaviy holat (rentabellik)







5

Texnologiyalar darajasi







6

Mahsulot sifati







7

Reklama xarajatlari







8

Tashqi ko’rinishning jozibadorligi







9

Korxona faoliyat korsatayotgan vaqt, yil








6
64. SWOT-quyidagilarni bildiradi: S-strength (kuchli tomonlar); W- Weakness (zaif tomonlar); O - Opportunities (imkoniyatlar); T- Thereats (xavflar).
SWOT-tahlili korxonaning kuchli va zaif tomonlari tahlilini, mumkin bo’lgan xavf-xatarlar muxitini o’rganish va bashorat qilishni (prognozlash), zararni oldini olish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqishni, korxonaning strategik va joriy (taktik) im­koniyatlari tahlilini, xavflarni oldini olish, zaif tomonlarni qisqartirish bo’yicha tad­birlarni ishlab chiqishni, korxonaning kuchli tomonlarini mustahkamlash va imkoni- yatlarni kengaytirishni ko’zda tutadi. Baholashning mukammalligi va uning biznes- rejada detallashtirish darajasi tahlilning yo’naltirilishiga (kimga va nima uchun) va maqsadlariga bog’liq bo’ladi .
SWOT-tahlilning asosiy g’oyalarini tushunarli bo’lishi uchun olingan na- tijalarni jadval shaklida aks ettirish maqsadga muvofiq.
Korxona tavsifnomasi quyidagi savollarga to’liq javob berishi zarur:
korxona tarixi, o’tgan davr mobaynida uning rivojlanishi;
korxonaning asosiy egalari ro’yxati, ulardan har birining korxonaning asos topishi va faoliyat ko’rsatishidagi roli;
korxona rivojlanishiga ta’ sir ko’rsatgan hodisalar;
korxonaning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar haqidagi ma’lumotlar;
mahsulotni sotishda tarixiy va j oriy tendentsiyalar;
so’nggi uch yil mobaynida korxonaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlari;
korxonaning asosiy yutuq va ustunliklari;
sotuv hajmi dinamikasi;
korxonaning bozordagi ulushi va uning tendentsiyalari;
korxona reklamasi va reklama imkoniyatlaridan foydalanish darajasi;
korxonaning tashkiliy-huquqiy darajasi;
korxona xarajatlari;
moliyaviy-xo’jalik faoliyatida korxona oldida vujudga keluvchi muammolar;
korxonaning kuchli va zaif tomonlarini baholash (mahsulot yoki xizmat sifati, sotuv


Korxonani tavsiflovchi omillar

Ustunlik

Kamchilik

baho


Yüklə 103,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin