97. Tavakkalchilikni sifat va miqdoriy tahlil qilish.
98. Moddiy, moliyaviy, intellektual va mehnat yo‘qotishlari.
99. Tavakkalchilikni baholash bosqichlari. Tavakkalchilikni baholash –uning darajasini miqdoriy yoki sifat o‘lchamlari bilan aniqlashdir.
Tavakkalchilikning taxminiy ehtimolini aniqlash turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning 4 usuli keltiriladi:
Statistik usul;
Ekspert usuli;
Analitik usul;
Kombinatsiyalashtirilgan usul.
Statistik usulda subyektning va tarmoqdagi boshqa turdosh subyektlarning bir necha yillik faoliyati davomida yuz bergan tavakkalchilik hodisalari hamda ularning ta’sirida ko‘rilgan zararlarning darajasi o‘rganib chiqiladi.
Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert hisoblangan yuqori malakali mutaxassislarning fikrlari, aniq hisob-kitoblari va tavsiyalari e’tiborga olinadi.
Analitik usulda iqtisodiy-matematik usullar, vaziyatli ish o‘yinlari va eo‘timollar nazariyasidagi modellar yordamida tavakkalchilikning darajasiga baho beriladi.
Kombinatsiyalashtirilgan usul yuqorida keltirilgan barcha usullarni yoki ulardan bir nechtasini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiligini hal qilish jarayonida tadbirkor oldida mavjud usullardan birini, ya’ni talabga javob beradiganini tanlash masalasi ko‘ndalang turadi. Buning uchun tadbirkor barcha holatlarni tahlil qilib chiqishi kerak. Tadbirkorlik tavakkalchiligini baholash va hisoblarning aniqligi mutaxassislarning malakasiga va ular hal qilayotgan holatga bog‘liq. 100. Tavakkalchilikni boshqarish usullari Tavakkalchilikni boshqarishdan maqsad — bu korxonani faqat bankrotliqdan saqlab qolish emas, balki qanday sharoitda bo’lsa ham foydani minimal darajadan past bo’lishiga yo’l qo’ymaslikdir. Boshqarishdagi xato va yanglishishlar, bankrot bo’lishning asosiy sabablaridan bo’lib hisoblanadi. Buni xalqaro biznes tajribasi tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham menejer va tadbirkor tavakkalchilikni boshqarish samaradorligiga juda katta ahamiyat bermoqliklari lozim. Bu o’rinda menejer oldidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: • yuqori xavf sohasini bilib olish; • xavf darajasini baholash; • tadbirlarni ishlab chiqish va ularni qo’llash; • xavfni tahlil qilish va ogohlantirish
Tavakkalchilikni boshqarish quyidagi faoliyatlarni o’z ichiga oladi: • Tavakkalchilikni aniqlash, tahlil qilish va uning darajasini baholash; • Tavakkalchilikni ogohlantiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish, uni minimallashtirish va sug’urtalash tadbirlarshi belgilash; • Tavakkalchilik oqibatda ko’rilgan zararlarni qoplash va korxonani tiklash yo’lini izlash. Tavakkalchilikni boshqarishda asosan ikki usul qo’lla-niladi: 22.5-chizma. Ehtimol qilinayotgan foyda taqsimotini tavsiflovchi egri chiziq. • Tavakkalchshshkni ogohmgntirish va uni chegaralash usuli. • Zararni qoplash usuli.