^ Bozor sig’imining ikki xil darajasi mavjud: potentsial va real (haqiqiy). Bozorning haqiqiy sig’imi birinchi bosqich sanaladi. Potentsial daraja shaxsiy va jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi hamda ularga mos keluvchi tovar sotuvini aks ettiradi. Real bozor sig’imi potentsial bozor sig’imiga mos kelmasligi ham mumkin.
Bozor sig’imini baholash natural va qiymat o’lchamida o’lchanib, quyidagi formulaga asosan topiladi:
80. Bozor sig‘imini baholash va bozorni segmentlash Bozorni segmentalash atamasini Uendell Smit 1950 - yillarda AQSh da keng
tarqalgan ishlab chiqarish strategiyasi bilan bog’liq holda birinchi bor qo’lladi. Bu
strategiya potentsial iste'molchilar guruhlari orasida aniqlangan talablarga ko’ra
ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarining sifat tavsiflarini modifikatsiyalashdan iborat.
Shuning uchun iste'molchilar va ularning istaklari, afzal ko’radigan narsalarini
yaxshiroq tushunish maqsadida ularni aniq guruhlarga bo’lish kerak. Bu guruhlarning
vakillari umumiy ijtimoiy belgilarni: jins, yosh, daromad, ma'lumot, e'tiqod va
hokazolarni o’zida tashuvchilar hisoblanadi va bozor qo’zg’atuvchilariga (tovar,
baho, dizayn, o’ram, reklama va boshqalar) bir xil ta'a'ssurotda bo’ladilar. Ijtimoiy umumiy belgilarni o’zida tashuvchi iste'molchilar bozorning muayyan segmentini
tashkil qiladi. Bunda bozorni turli xil belgilar bo’yicha alohida bo’g’in
(segmentlar)ga bo’lish jarayoni segmentatsiya degan nomni oldi.
Bozor segmenti - bu boshqa guruhlardan farq qiluvchi, o’xshash belgilariga
ega bo’lgan iste'molchilarning kichik guruhidir. Bunda bozorni turli xil belgilari
bo’yicha alohida bo’g’in (segmentlar)ga bo’lish jarayoni segmentlash deb ataladi.
Bozor sig‘imini aniqlash bozor tadqiqotlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Tovar bozori sig‘imi deganda belgilangan darajada va baholarda tovarni sotish imkoniyatlari tushuniladi. U iste‘molchilar talabi va tovar taklifi miqdori bilan tavsiflanadi. Bozor sig‘imi tadqiqotlari kutilayotgan sotuv hajmini bashorat qilishga imkon beradi. Bozor sig’imining ikki xil darajasi mavjud: potentsial va real (haqiqiy). Bozorning haqiqiy sig‘imi birinchi bosqich sanaladi. Potentsial daraja shaxsiy va jamiyat ehtiyojlari bilan belgilanadi hamda ularga mos keluvchi tovar sotuvini aks ettiradi. Real bozor sig‘imi potentsial bozor sig‘imiga mos kelmasligi ham mumkin.