1. Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari va salbiy jihatlari



Yüklə 20,54 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#164512
1   2   3
Javoblar bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari va salbiy jihatlari-fayllar.org

2.G’irrom va halol raqobat.
Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz
mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi oʻzlarining raqobat iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidag raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
Raqobat isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. Raqobat asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. Raqobat mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli raqobatning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. monopoliya raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom raqobatga boʻlinadi. Halol raqobat bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. G’irrom raqobatda taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol raqobatnini tan oladi. Raqobat iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. Raqobatdan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.
Raqobat olib borish usuliga koʻra, narx bilan raqobat va narxsiz raqobatga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga qaraganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz raqobatga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, raqobat eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga boʻlinadi. Iqtisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi raqobatning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyatr raqobatning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.
Davlatning raqobatga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iqtisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham raqobat boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.
"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi 1992-yil 3 avgust konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi 1996-yil 26 aprel qonuniga asosan, gʻirrom raqobatga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" 1996-yil 27 dekabr qonunida ham sogʻlom raqobat muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.



Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin