Bozor muvozanatini taʼminlashda bozor mexanizmining mohiyati va oʻrni
Reja:
1. Bozor mexanizmi va uning elementlari 2. Bozordagi talab. Talab qonuni 3. Bozordagi taklif. Taklif qonuni 4. Talab va taklif muvozanati
1. Bozor mexanizmi va uning elementlari Bozor – alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakldagi munosabatlar yig‘indisidir.
Iqtisodiy resurslar cheklanganligini inobatga olib ishlab chiqarishni kengaytirish mumkinmi? Ha.
Bozor iqtisodiyoti va uni tavsiflash fundamental nima, qanday, kim uchun va qachon ishlab chiqarish kerak degan masalalar turli iqtisodiy tizimlarda turlicha xal qilinadi.
Turli tizimlarni tasniflash ikki mezonga asoslanadi :
ishlab chiqarish sohasida ustuvor bo‘lgan mulkchilik shakliga qarab;
iqtisodiy faoliyatni boshqarish va nazorat qilish usuliga qarab quyidagi iqtisodiy tizimlarga ajratish mumkin:
An’anaviy iqtisodiy tizim – tabiiy, ya’ni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga asoslanadi.
Alohida iqtisodiy subyektning faoliyat yo‘nalishi, uning ishlab chiqarish hajmi, u kishini qaysi ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini belgilab beradi.
Asosiy iqtisodiy masalalar an’analarga asoslanib xal qilinadi. Zamonaviy jamiyatda an’ana va qadriyatlar faqat insonlarning shaxsiy hayotiga tegishlidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimi- xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat muhitiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida alohida subyektlarning shaxsiy qiziqishlari inobatga olinadi. “Sof bozor iqtisodiyoti” – davlatning iqtisodiyotga aralashuvini, boshqaruvini to‘liq inkor etadi. Davlat faqat “o‘yin qoidalariga” rioya qilinishini nazorat qilib turadi. Bozordagi subyektlar faqatgina shaxsiy manfaatlari, foydalarini ko‘zda tutib, faoliyat olib boradilar.