1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash



Yüklə 134,79 Kb.
səhifə28/35
tarix07.01.2024
ölçüsü134,79 Kb.
#204781
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi-fayllar.org

56.Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblashIshchi va xizmatchilarga ish haqi bo‘yicha hisoblashishlarni olib borish buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”;6720-“Deponentlangan ish haqi”.6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining kredit tomonida mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalarning hisoblab yozilishi aks ettiriladi. 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.6720-“Deponentlangan ish haqi” hisobvarag‘ida olinmagan ish haqi bo‘yicha xodimlarga bo‘lgan qarzlar aks ettiriladi.Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi (Soliq kodeksining 172-moddasi). Ya’ni bu holatda daromadlarga mehnat shartnomasiga ko‘ra majburiyatlarni bajarganlik uchun haq sifatida olingan daromadlar (ish haqi, mukofotlar va boshqa to‘lovlar), shuningdek fuqarolik-huquqiy majburiyatlar - pudrat, o‘zaro xizmat ko‘rsatish, topshiriq shartnomalari bo‘yicha to‘lov sifatida olingan haq va boshqalar kiradi.Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi (Mehnat kodeksining 153-moddasi). Bunda mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.Bayram va dam olish kunlarida ishlaganlik uchun ikki baravar miqdorda haq to‘lanadi. Agar xodim buning hisobiga boshqa kuni otgul olsa, bir baravar haq to‘lanadi.Ish vaqtidan tashqari ish buxgalteriyada naryadlar, ish vaqtini hisobga olish tabeli, ma’lumotnoma-hisob-kitob bilan rasmiylashtiriladi hamda ikki baravardan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi (O‘zR Mehnat kodeksining 157-moddasi). Haq to‘lashning aniq miqdori kollektiv shartnomasida o‘rnatiladi, agar u tuzilmagan bo‘lsa, korxona rahbari tomonidan kasaba uyushmasi yoki ishchilarning boshqa vakil organi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Yüklə 134,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin