1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Buxgalteriya hisobining maktablari



Yüklə 134,79 Kb.
səhifə2/35
tarix07.01.2024
ölçüsü134,79 Kb.
#204781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi-fayllar.org

2 Buxgalteriya hisobining maktablari XV – XVII asrlarda Italiya maktabi ustuvorlik qilgan. Ularning yorqin namoyondalaridan biri Frantsiskanlik monax, matematika professori Luka Pacholi.L.Pacholining traktatida savdo operatsiyalarini hisobga olish uchun ikkiyoqlama yozuv usuli va buxgalteriya balansini qo‘llash bayon qilingan. Luka Pacholi (1445-1517) – buyuk matematik, digrafik hisob tizimining asoschisi, «Schyotlar va yozuvlar haqidagi asar» (1494)ning muallifidir. Frantsiya maktabining vakillariXVII asrdan boshlab buxgalterlik ilmining frantsiya maktabi rivojlana boshlagan. Frantsiya maktabining vakillari italiyalik mualliflar g‘oyalarini rivojlantirib, buxgalterlik ilmining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar. Shulardan biri M.van Damm (1606 y.) barcha buxgalteriya yozuvlari uchun sirli asos sifatida dastlabki hujjatlarni kiritishni taklif qilgan. Bu bizning zamonaviy tasavvurimizdagi buxgalteriya hisobi barpo bo‘lishi yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgan. Shunday qilib, dastlabki hujjat xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish uchun asos hisoblangan. Boshqa bir frantsuz buxgalteri M.Toma (1631 y.) xronologik yozuv tuzilmasini takomillashtirgan. Germaniya maktabiXX asrning birinchi yarmida Germaniya buxgalterlar maktabi ustunlik qila boshlagan. Ularning yorqin namoyondalaridan biri I.F.Sher bo‘lib, u buxgalteriya hisobining asosini schyotlar emas, balki balans tashkil etadi deb hisoblagan. U buxgalteriya hisobining tuzilishi va mazmunini umumiylikdan xususiylikka qarab o‘rgangan. Italiya maktabi ham, frantsiya maktabi ham xususiylikdan umumiylikka tomon harakatlangan
3 Xo‘jalik hisobi to‘g‘risida tushuncha va uning turlari Xo‘jalik hisobining turlarini quyidagi quydagicha 3 turga bo`linadi 1 Operativ (tezkor) hisob. Korxonalarda ishlab chiqarishni tezkor boshqarish maqsadlarida yuritiladi. Operativ (tezkor) hisob muomala sodir bo‘layotgan joyning o‘zida va biror-bir xo‘jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni tezkor ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi. Hisobning bu turini tashkil qilish, yuritish uchun maxsus yo‘riqnoma talab qilinmaydi. Statistik hisob. Bu hisob jamiyatimizda yuz berayotgan ommaviy, ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash tizimidan iborat. Xo‘jalik hisobining bu turi butun davlat iqtisodiyotini va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Uning obyekti alohida korxona, tashkilot, butun bir iqtisodiyot yoki uning biror tarmog‘i bo‘lishi mumkin. Buxgalteriya hisobi – har qanday mulkchilik shaklidagi korxona xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lgan voqea–hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyaviy hisobot ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchichilarga taqdim qilish tizimidir.Xo‘jalik hisobi asosan quyidagi funktsiyalarni bajaradi: a) iqtisodiyot tarmoqlarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish; b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash; c) korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish; d) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish hamda ularga ta’sir etish

Yüklə 134,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin