18. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish. Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir. Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.Ikki yoqlama yozuv — bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya o‘tkazmasi deyiladi. Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma’lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi. Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi. Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:1)Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti;2)Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti. Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi. Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi.
19. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi Schyotlar rejasi - buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi. Ushbu standart, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi. Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta’riflash mumkin. Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan. Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan:1)Uzoq muddatli aktivlar;2)Joriy aktivlar; 3)Majburiyatlar; 4)Joriy kapital; 5)Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; Balansdan tashqari schyotlar. Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ( 2- shakl ) tuziladi. Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib ko‘rsatilgan: 1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 2-bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralar; 3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy qismi; 4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi; 5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar;6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi. Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9- bo‘lim) bo‘limdan iborat.