1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Xo‘jalik mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi funktsional roli bo‘yicha turkumlanishi



Yüklə 134,79 Kb.
səhifə5/35
tarix07.01.2024
ölçüsü134,79 Kb.
#204781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi-fayllar.org

8. Xo‘jalik mablag‘larning tarkibi va ishlab chiqarish jarayonidagi funktsional roli bo‘yicha turkumlanishi. Xo‘jalik jarayonlari ma’lum mablag‘lar zahirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag‘lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga ega bo‘ladi. Korxona mablag‘larining manbaalari - davlat fondidan, aktsiyalarini chiqarish va sotish, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hisobidan, boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Xo‘jalik faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning qanday mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag‘lar manbaalari, maqsadlarini bilish kerak.Shunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari va joylashganligiga qarab, ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab.Xo‘jalik mablag‘larining tarkibi va joylashishi bo‘yicha hisobga olish korxonaning muayyan mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot bersa, ularni vujudga kelish manbalari va tayinlanishi bo‘yicha hisobda aks ettirish esa, bu mablag‘larning xususiy mulk hamda ularning korxonaga biriktirilganligi yoki vaqtincha ishlatilayotganligi va xo‘jalik mablag‘larining qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligini aniqlash imkonini beradi. Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari va xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab qoladilar. Shu bilan bir vaqtda mehnat vositalari o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga va davr harajatlariga (amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida) o‘tkazadilar.
9. Mablag‘larning vujudga kelish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha turkumlanishi. Har bir korxona tashkil qilinish davridao‘z faoliyatining hajmi va harakteriga qarab mablag‘larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga vaqtinchalik ehtiyoj tug‘ilib qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan fondlardan, davlat grantlari va subsidiyalaridan foydalanadi Mablag‘lar tashkil topish manbalari tarkibi. Mablag‘lar manbalari – 1) O‘z mablag‘lari manbalari (Ustav kapitali Qo‘shilgan kapital Rezerv kapital Sotib olinganxususiy aktsiyalar Sotib olinganxususiy aktsiyalar Taqsimlanmagan foyda Maqsadli tushumlar Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar uchun zaxiralar) 2) Majburiyatlar (Uzoq muddatli qarzlar Qisqa muddatli qarzlar) Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari uchun zahiralarga xarajatlar va to‘lovlarni xarajatlarga bir tekisda qo‘shish uchun belgilangan tartibda tashkil etiladigan zahiralar kiradi. Qarzga olingan (jalb qilingan) mablag‘lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun ma’lum bir vaqtga, ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan keyin ular o‘z egalariga qaytarilishi lozim. Ularning manbai uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag‘lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va taqsimotga doir majburiyatlar hisoblanadi. Kreditlar va jalb qilingan mablag‘larga banklarning qisqa muddatli, uzoq muddatli hamda yuridik, jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag‘lari kiradi. Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag‘lar korxonaning vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘larning asosiy manbai hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo‘ldagi hisob-kitob hujjatlar va boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, ya’ni uncha uzoq bo‘lmagan muddatga (bir yilgacha), shu muddatning o‘tishi bilan ularni bankka albatta qaytarish sharti bilan beriladi

Yüklə 134,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin