1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Yüklə 134,79 Kb.
səhifə14/35
tarix07.01.2024
ölçüsü134,79 Kb.
#204781
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi-fayllar.org

28.Hujjatlarning aylanishi. Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos bo‘luvchi hujjatlar bir necha ma’sul shaxslarda, bo‘limlarda, korxonalarda xarakatda bo‘ladi va o‘z mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni tuzilib, ularni qayta ishlab va umumlashtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilguncha xarakatidir.Hujjatlarni mohiyatiga ko‘ra tekshirish deb, ularda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini va qonuniyligini aniqlashga aytiladi. Shaklan tekshirish deb hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirishlishi, barcha belgilangan rekvizitlarni to‘lg‘azilishi; xo‘jalik muomalasini amalga oshirish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mas’ul shaxslarning imzolari; xatolarni tuzatish hollarida izohning mavjudligini tekshirishga aytiladi.
29.Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning ahamiyati va turlari. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak.Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.Inventarlanadigan boyliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.Inventarlashni o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tarkibida: xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);bosh buxgalter; boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi.Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarlash komissiyalari tuziladi.

Yüklə 134,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin