22. Ta’minot jarayonining hisobi Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat: Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari haqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatgichlari umumiy bajarilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi. Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan korxonaning haqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy xajmini, balki xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi.Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag‘lar quyidagilardan iborat: -uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar); -aylanma mablag‘lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul mablag‘lari va boshqalar).Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aktsiya, obligatsiya, karzlar, depozitlar. va x.k.).Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi: a) sotib olish; b) ta’sischilarning hissasi tariqasida; c) bepulga olish; d) moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.
23. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor mahsulot yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomda keltirilgan. Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qo‘llanilib, ulardan asosiysi 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir. Mazkur schyot yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidagi so‘ng esa, 2010 schyoti kretidan 2800–“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga o‘tkaziladi. Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa, har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debetida qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholnishi mumkin. Ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi formula foydalaniladi. (T=X+B – O )bu yerdaT – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi; X – ishlab chiqarish xarajatlari; B – oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i; O – oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i.