1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi va ahamiyati



Yüklə 134,79 Kb.
səhifə7/35
tarix07.01.2024
ölçüsü134,79 Kb.
#204781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi-fayllar.org

11. Buxgalteriya balansi haqida tushuncha, uning tuzilishi va ahamiyati Korxona va tashkilotlarda xo‘jalik faoliyatini boshqarish bevosita mablag‘larning holatiga, ulardan foydalanish darajasiga, mablag‘larning aylanish tezligiga bog‘liqdir. Balansni iqtisodiy jihatdan olganda xo‘jalik mablag‘larini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha bir-biriga tengligini ta’minlaydi deb aytish maqsadga muvofiqdir. “Balans” so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan tarjimasi “bis”- ikki karra va “lans” tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida buxgalterlarning xalqaro gerbida ham aks ettirilgan. Buxgalteriya hisobida “balans” tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi: 1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schyotlarning debeti bo‘yicha summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schyot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schyotga tegishli analitik schyotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi; 2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabr №140 sonli buyrug‘iga binoan (AV 24.01.2003 yil №1209) mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan barcha yuridik shaxslar (bank, sug‘urta va byudjet tashkilotlaridan tashqari) yagona shakldagi buxgalteriya balansini tuzadilar. Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, guruhlari esa moddalarga bo‘linadi Aktiv”- faol, amal qilish, mavjud bo‘lish degan so‘zlardan kelib chiqqan.
12. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar Har doim korxonada turli xildagi xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladi va korxonaning faoliyati ushbu operatsiyalardan tashkil topadi. Korxona omboriga materiallar kelib tushdi, ular ishlab chiqarishga berildi, ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot qabul qilindi, tayyor mahsulot xaridorlarga sotildi va sotilgan mahsulot uchun pul mablag‘i olindi, yana xom-ashyo materiali sotib olindi, xodimlarga ish haqi to‘landi, olingan foydadan soliq, yig‘im va to‘lovlar to‘landi. Bu operatsiyalar ishlab chiqarish tsiklini tashkil qilib doimo qaytarilib turadi. Har bir xo‘jalik operatsiyasi mulk tarkibi yoki uning tashkil topish manbai yoki bir vaqtning o‘zida ham mulkda ham uning tashkil topishida o‘zgarishlarga olib keladi.

Yüklə 134,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin