1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi



Yüklə 134,79 Kb.
səhifə22/35
tarix07.01.2024
ölçüsü134,79 Kb.
#204781
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
1 Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishi va rivojlanishi-fayllar.org

44. Korxona hisob siyosatiHisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish usullarining tartiboti bo‘lib, ustav va boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va inventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash (baholash va kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schyotlar va ikkiyoqlama yozuv) va yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat. Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati turlicha bo‘ladi. Baholash, kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi va hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi tanlash erkinligini bildiradi.
Hisob siyosatining asosiy vazifasi – korxona faoliyatini yuqori darajada obyektiv aks ettirish, uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan iborat. Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:
­ xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirish (to‘liqlik tamoyili);
­ xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili)
46 Kassa muommolarini hisobga olishKorxonaning kassasi buxgalteriya aparatining tarkibida bo’lib, unga naqd pul mablag’lari va boshqa qimmatliklar (qimmatli qog’ozlar, pulli hujjatlar, pochta markalari va boshqa) ni qabul qilish, berish hamda saqlash operatsiyalarini amalga oshirish majburiyati yuklatilgan.Pul mablag’larining butligi, kassa operatsiyalarini bajarish bo’yicha moddiy javobgarlik korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga biriktirilgan. Kassa operatsiyalarini yuritish amaldagi qoidaga ko’ra tartibga solinadi.5Kassada kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan belgilangan limit doirasida qoldiq bo’lishi mumkin. Belgilangan limitdan ortiqcha naqd pul kassada faqat ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya berish kunlari, bank muassasasidan pul olingan kun ham qo’shilgan holda, uch kun ichida saqlanishi mumkin.Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya) kvitansiya beriladi.Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari o’rnini bosuvchi maxsus shtamp qo’yilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar (to’lov qaydnomai, pul berish to’g’risida ariza, schyotlar va b.) bo’yicha beriladi.Kassadan pul rahbar va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan hujjatlar bo’yicha beriladi. Agar kassa chiqim orderlariga ilova qilinadigan pul berish to’g’risidagi hujjatlarda rahbarning imzosi bo’lsa, kassa chiqim orderlariga imzo qo’yish shart emas.Kirim kassa orderlari, uning kvitansiyalari va kassa chiqim orderlari buxgalter tomonidan aniq qilib yoziladi. Bu hujjatlarda xech qanday o’chirish yoki to’g’rilashga ham yo’l qo’yilmaydi. Korxonada ishlamaydigan shaxslarga pul berishda ularning shaxslarini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat talab qilinadi, kassa chiqim orderning pul olganligi to’g’risida imzo qo’yiladigan joyida taqdim etilgan hujjatning ma’lumotlari ko’rsatiladi.Ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag’lar uchun naqd pul bankdagi hisob-kitob schyotidan pul chek daftarchasiga asosan olinadi.Pul chek daftarchasi hisob-kitob schyotidan unda ko’rsatilgan naqd pulni berish to’g’risida korxonaning bankka bergan buyrug’i bo’lib hisoblanadi. Ish haqi, pensiya nafaqa, mukofotlar to’langanda har bir oluvchiga kassa chiqim orderi tuzilmasdan to’lov qaydnomai bo’yicha to’lanadi. Ish haqi tarqatilgandan so’ng to’lov qaydnomai bo’yicha umumiy to’langan summaga buxgalter kassa chiqim orderi tuzadi

Yüklə 134,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin