Mintaqaviy turizmdan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili Reja



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü25,93 Kb.
#193226
  1   2   3
Farangiz


Mintaqaviy turizmdan foydalanishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili


Reja:

  1. Mintaqaviy turizm ravojlanishining asosiy shart-sharoitlari

  2. Mintaqa turizmga ta’sir etuvchi omillar omillar

  3. Barqaror va o‘zgaruvchi omillar.

  4. Tabiiy-qlimiy, jo‘grofik, madaniy-tarixiy omillar

Har qanday mintaqada turizmning rivojlanishi quyidagi asosiy tarkibiy unsurlar: rekreatsion resurslar, infratuzilma, kadrlar, sarmoya, boshqaruv tuzilmasi mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin. Mintaqaviy turizmning to‘liq tavsifi uchun uning rivojlanish shart-sharoitlarini uchta tarkibiy bloklka guruhlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Mintaqaviy turizm rivojlanishining asosiy shart-sharoitlarini shunday yo‘sinda guruhlarga ajratish turizm sohasining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan yo‘nalishlar va metodlar, dasturlar majmuyi bo‘lgan samarali mintaqaviy siyosatni shakllantirishga imkon beradi. Masalan, hududiy resurs blokining kompleks tahlili rekreastion salohiyatdan foydalanish samaradorligini, mintaqaviy turizm sohasida foydalanilmagan resurs salohiyatini aniqlash va turizmning mavjud va yangi istiqbolli turlarini belgilash imkonini beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy blok, o‘z navbatida, mintaqaning turizm sohasidagi mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini baholash, mahalliy aholi bandligining samaradorligini tahlil qilish imkonini beradi. Tashkiliy-boshqaruv blokidagi tarkibiy elementlarning tahlili mintaqada mavjud bo‘lgan moddiy-texnik bazani baholash, mintaqaviy turizmni boshqarishning muvofiqlashtirilgan tizimini yaratishga yordam beradi. Mintaqaviy turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ekstensiv, intensiv va cheklovchi (salbiy) omillarga bo'linadi. Ekstensiv omillarga quyidagilar kiradi: ishchilar sonining o'sishi, xo’jalik aylanmasiga jalb qilingan moddiy resurslar miqdorining oshishi, mavjud bo'lgan texnik darajadagi yangi sayyohlik ob'ektlarini qurish. Intensiv omillar: kadrlar malakasini oshirish, kasbiy-malaka tuzilmasini rivojlantirish; ilmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlari va natijalarini joriy etish asosida moddiy bazani texnik jihatdan takomillashtirish, shu jumladan, xizmat ko'rsatish madaniyati va sifatini yaxshilash, sanoatlashtirish, turizmni texnologiklashtirish va kompyuterlashtirish, mavjud moddiy resurslardan, ob'ekt va marshrutlardan oqilona foydalanish kabi maqsadli dasturlarni amalga oshirish. Turizmni rivojlantirishga salbiy ta'sir ko'rsatadigan cheklovchi omillar quyidagilardan iborat: inqirozlar, iqtisodiyotni harbiylashtirish, tashqi qarzlarning o'sishi, siyosiy beqarorlik, iste'mol tovarlari narxlarining o'sishi, ishsizlik, ish tashlashlar, kriminogen vaziyat, moliyaviy beqarorlik( inflyatsiya, valyutalarning turg'unligi), shaxsiy iste'mol hajmining pasayishi, ekologik vaziyatning noqulayligi, sayyohlik firmalarining bankrotligi, turistik rasmiyatchiliklarning kuchayishi, valyuta almashinuvi kvotasining pasayishi, turli firmalar tomonidan o'z majburiyatlarini bajarmaslik. Barqaror va o‘zgaruvchi omillar. Tabiiy-qlimiy, jo‘grofik, madaniy-tarixiy omillar


Turizm rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar statik va dinamik omillarga ajratiladi.

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin