1. Statik omillar – tabiiy-jo‘g‘rofiy va tarixiy-madaniy omillarning majmuyi. Bu omillar o‘zgarmas mohiyatga ega. Inson ularni faqatgina turistik ehtiyojlarga moslashtiradi, foydalanish uchun yanada qulayroq qilishi mumkin. Tabiiyiqlim va jo‘g‘rofiy omillar go‘zal va boy tabiat, iqlim, hudud relefi, er osti boyliklarida (mineral suvlar, g‘orlar va h.z) namoyon bo‘ladi.
2. Dinamik omillar – demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, moddiytexnik, siyosiyomillar. Bu omillar zamon va makonda o‘zgaradigan turli xil mohiyat va baholarga ega bo‘lishi mumkin.
Mintaqa turizmga quyidagi omillar vositasida ta’sir ko‘rsatadi:
tabiiy-jo‘g‘rofiy (tabiat, iqlim, hudud relefi va h.z.);
madaniy-tarixiy (arxitektura yodgorliklari, tarixiy yodgorliklar va h.z);
demografik (mintaqa aholisining yoshi, mehnatga layoqatli aholi sonining o‘sishi);
ijtimoiy-iqtisodiy (ta’lim, madaniyat, aholining estetik ehtiyojlari darajasining oshishi, bo‘sh vaqt tuzilmasining o‘zgarishi);
moddiy-texnik (infratuzilmaning rivojlanishi – transport, joylashtirish vositalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, rekreastion soha, chakana savdo va h.z.);
siyosiy (mintaqadagi barqarorlik, iqtisodiy va moliyaviy vaziyat, mintaqada sayohat qilishning xavfsizlik darajasi)
Shunday qilib, turizm va u rivojlanayotgan hudud (mintaqa) o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, o‘zaro bg‘liq va o‘zaro bir-birini to‘ldiradi.
Hozirgi kunda turizm nafaqat yuqori darajada rivojlanayotgan iqtisodiy majmua bo‘lgani uchun balki, iqtisodiy o‘sishning muhim katalizatori bo‘lgani sababli jahon iqtisodiyotida, alohida mamlakatlar iqtisodiyoda muhim rolga ega bo‘lib bormoqda. Turizmning yuqori sur’atlarda rivojlanib borishi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining: savdo, transport, maishiy xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalarning rivojlanishiga olib keladi. Sayyohlarning taraqqiyotning zamonaviy shart-sharoitida doimiy o‘sib boruvchi ehtiyojlarini ta’minlash uchun turistik bozorning yuqori darajada to‘yinishiga ko‘maklashuvchi tarmoqlar majmuini o‘rganish zarur.