1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 5



Yüklə 332,5 Kb.
səhifə1/11
tarix17.05.2023
ölçüsü332,5 Kb.
#115278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

Mundarija




KIRISH 2
1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari 5
2. Viloyat, tuman (shahar) mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibini o’rganish va tahlil qilish 14
3. Maktabgacha talim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini o’rganish 19
4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi 21
o’rganish 21
5. Sog’liqni saqlash muassasalari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmini o’rganish 24
XULOSA VA TAKLIFLAR 28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 31


KIRISH


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son va “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son farmonlarini ijro etish yuzasidan, shuningdek mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish va yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Quyidagilar:
Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda Vaqtinchalik nizom deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vaqtinchalik nizom talablarining so‘zsiz bajarilishi uchun mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Davlat soliq qo‘mitasiga yuklansin:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi mavjud resurslarni safarbar etish bo‘yicha kunlik monitoring olib borilishini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarining bajarilishiga, shuningdek davlat maqsadli dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar.

  2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Vaqtinchalik nizom doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari davlat soliq xizmati, moliya organlari va boshqa tegishli mahalliy organlar hamda tijorat banklari bilan birgalikda har bir tuman (shahar)ning o‘ziga xos xususiyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha manbalarni izlash va shu asosda mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari parametrlarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha faoliyat muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilishini ta’minlaydilar.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirishning qo‘shimcha zaxiralarini izlash va shu asosda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi va tendensiyalarini hisobga olgan holda soliq tushumlarining aniqlashtirilgan prognozlarini keyinchalik davlat soliq xizmati organlariga yetkazish uchun vazirlikning markaziy apparatidan malakali mutaxassislarni har oyda joylarga yuborsin.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini kuchaytirsin, bunda quyidagilarni ta’minlashga alohida e’tiborni qaratsin:

  5. Soliq to‘lovchilar — jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyati ustidan joyning o‘ziga chiqib nazorat qiluvchi mansabdor shaxslarga har kungi yo‘l-yo‘riq berishni o‘z ichiga qamrab oladigan korrupsiyaga qarshi choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  6. Lavozim vakolatlarini shaxsiy boylik orttirish maqsadida suiiste’mol qilishning, shuningdek qisqa muddatli tekshirishlar va naqd pul tushumi xronometrajini o‘tkazish davomida funksional vazifalar lozim darajada bajarilmasligining hamda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilmaslikning oldini olish va buning uchun qonunchilik doirasida qat’iy jazolarni qo‘llash.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda har bir hudud va har bir soliq to‘lovchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha doimiy yangilab boriladigan to‘liq ma’lumotlar bazasi shakllantirilishini, shuningdek tuman (shahar) darajasida axborot tizimlarining samarali va uzluksiz o‘zaro hamkorligini ta’minlasin.

Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjetlar daromadlari parametrlarining so‘zsiz bajarilishi bo‘yicha moliya organlari, davlat soliq xizmati organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorlik qilishini tartibga soladi va vazifalarini belgilaydi.



Yüklə 332,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin