Aniq integralning mavjudlik sharti Quyida integral mavjud bo‘lishining zaruriy va yetarli shartni keltiramiz.
Teorema. [a;b] kesmada aniqlangan va chegaralangan f(x) funksiyaning shu kesmada integrallanuvchi bo‘lishi uchun
( -S( ))=0 (1)
shartning bajarilishi zarur va yetarli.
Isboti.Yetarliligi. (1) shart bajarilgan bo‘lsin. 0 da quyi yig‘indilar {Sn} ketma-ketligi limitga ega bo‘ladi, chunki 0 da bo‘linish nuqtalarining soni ortadi, natijada {Sn} uchun Darbu yig‘indilarining (II) xossasiga ko‘ra
o‘rinli bo‘ladi. Shu bilan birga (III) xossaga ko‘ra ya’ni { }monoton o‘suvchi hamda yuqoridan chegaralangan ketma-ketlik. Demak, u limitga ega.
Shunga o‘xshash, 0 da yuqorida yig‘indilar ketma-ketligi { } ham limitga ega bo‘ladi. f(x) funksiyaning chegaralanganligi va (1) shartdan
kelib chiqadi va bunda I-chekli sondir. U holda tengsizlikka ko‘ra oraliqdagi o‘zgaruvchi ham o‘sha limitga ega bo‘ladi. Demak, chekli limit mavjud ekan.
Zarurligi. f(x) funksiya [a;b] da integrallanuvchi bo‘lsin, ya’ni bo‘lsin. Bu holda ixtiyoriy > 0 uchun shunday son topiladiki, bo‘lganda bo‘ladi. Yuqoridagi I limit integral yig‘indi da qatnashgan nuqtalarni tanlash usuliga bog‘liq bo‘lmaganligi hamda mk va Mk lar f(x) funksiya qiymatlari to‘plamining aniq quyi va aniq yuqori chegaralari bo‘lganligi sababli
tengsizliklar o‘rinli bo‘ladi. Bundan yoki bo‘lganda kelib chiqadi. Oxirgi tengsizlik esa (1) shartning bajarilishini ko‘rsatadi.
Integrallanuvchi funksiyalar sinflari 1-teorema. Agar f(x) funksiya [a;b] kesmada uzluksiz bo‘lsa, u holda funksiya shu kesmada integrallanuvchi bo‘ladi.
Isboti. Kantor teoremasiga ko‘ra f(x) funksiya [a;b] kesmada tekis uzluksiz bo‘ladi, ya’ni ixtiyoriy >0 uchun shunday >0 son topilib, |x’-x”|< tengsizlikni qanoatlantiruvchi va [a;b] kesmaga tegishli bo‘lgan barcha x’, x” lar uchun
|f(x’)-f(x”)|<
tengsizlik o‘rinli bo‘ladi.
f(x) funksiya har bir [xk-1,xk]da uzluksiz bo‘lgani uchun Veyershtrassning 2-teoremasiga ko‘ra shunday [xk-1,xk] va [xk-1,xk] nuqtalar topiladiki, f( )=mk, f( )=Mk bo‘ladi. xk-xk-1 tengsizlik o‘rinli. Agar < deb olsak, tekis uzluksizlikka ko‘ra < bo‘ladi. Bu holda
0< < .
Shunday qilib, < bo‘lganda
0< <(b-a)
bo‘lib, >0 ixtiyoriy bo‘lganidan =0 tenglikning, ya’ni funksiya integrallanuvchi bo‘lishining zaruriy va yetarli sharti bajarilishi kelib chiqadi. Demak, f(x) funksiya [a;b] kesmada integrallanuvchi bo‘ladi.
Ushbu y=x2-1, y= funksiyalar [1;2] kesmada integrallanuvchi bo‘ladi, chunki ular bu kesmada uzluksiz.
Aksincha, funksiya [0;1] kesmada chegaralanmagan va uzilishga ega. Funksiya chegaralanmaganligidan uning [0;1] kesmadagi integrali mavjud emasligi kelib chiqadi.
Yuqoridagi teoremaga asosan kesmada aniqlangan uzluksiz funksiyalar sinfi integrallanuvchi bo‘lar ekan. Bu sinfni ma’lum ma’noda kengaytirish mumkin. Buning uchun [a;b] da chekli sondagi uzilish nuqtalariga ega bo‘lgan chegaralangan funksiyalar sinfini ko‘rib o‘tamiz.
f(x) funksiya [a;b] kesmada chegaralangan bo‘lsin.