1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə135/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash.

2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.;

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Mustahkamlsh

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

III.Mustahkamlash:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.Organilgan bilimlar yuzasidan mustahkamlash darsi o`tkazilishi aytib o`tiladi.

O`quvchilarga ikkitadan sonlar ko`rsatiladi. Ushbu sonlarni o`quvchilar taqqoslashlari kerakligi aytiladi. O`quvchilar og`zaki katta va kichik ishoralarini aytib sonlarni taqqoslaydilar.

Son`g darslikdagi misol va masallar bajariladi.

1-misolda o`quvchilar 1 dan 10 gacha to`g`ri va teskari sanaydilar, ikkitalab, oralatib sanab beradilar.

2-masala ogz`aki bajariuladi. Axxal amasala tuziladi, yechimi topiladi.

1-shoxda 6 ta shaftoli, ikkinchi shoxda 4 ta shaftoli bor. Jami shaftolilar nechta?

6+4=10 ta

Shoxda 10 ta shaftoli bor edi. Undan 4 tasi (6 tasi) uzildi . Shoxda nexhta shaftoli qoldi?

10-4=6 ta 10-6=4 ta

3-misol og`zaki bajariladi. O`quvchilar poyezdni yurgizishlari uchun barcha misollar to`g`ri bajarilishi kerakligi ta`kidlanadi. Misollar ishlanadi.

10-1=9 9-2=7 7-1=6 6-2=4 4-2=2 2+1=3 3-2=1 1+5=6

4-misol doskada va daftarda bajartiriladi.

8+1=9 9-3=6 9-2=7 5+4=9 6+3=9 8-4=4 7+3=10 9+1=10

5-misolda berilgan sonlar taqqoslanadi.

10>6 9<10 10=10 7>5

6-misolda berilgan sonlar tarkibi to`ldiriladi.

6=4+2 7=5+2 8=7+1

So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

II chorak

46-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin