1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə170/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 8 ga sonni qoshish va 8 dan sonni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash.

2) O`quvchilarni bilim olishga bo`lgan qiziqishlarini o`stirish, matematika faniga bo`lgan qiziqishini tarbiyalash.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Kim chaqqon?” didaktik o`yini o`tkaziladi. O`qituvchi 10 ichida sonlarni oq`shish va ayirishga doir misollar aytadi. O`quvchilar o`zlarining oldidagi raqam yozilgan ko`rgazmalaridan to`g`ri javobni topadilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-2-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi.

Turli xil ko`rgazmalar asosida o`quvchilarga mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 8 ta doirani sariq rangga va 1 ta doirani qizil rangga bo`yadilar. O`quvchilar jami nechta doirani bo`yadilar? 8+1=9

O`qituvchi mehnat darsida o`quvchilar bilan kvadrat shaklini kesishdi. O`quvchilar birgalikda 8 ta qizil kvadrat va 2 ta yashil kavadrat kesishdi. Kavadratlar nechta? 8+2=10

Nazirada 8 ta daftar bor edi. Undan 1 tasini olib Komilaga berdi. Naziraga nechta daftar qoldi? 8-1=7

Suvda 8 ta o`rdak suzib yurgan edi. Ulardan 2 tasi qirg`oqqa chiqdi; Suvda nechta o`rdak qoldi? 8-2=6

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi misollar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 59-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

3-misol og`zaki bajartiriladi.

8-7=18-6=28-5=3

8=7+1 8=6+2 8=5+3

8-7=1 8-6=2 8-5=3

4-misol doskada va daftarda bajartiriladi.

7=7 8<9 9>8 8>7

5-misol ko`rgazmalar asosida tushuntirtiladi.

8+0=8 8-0=8 8-8=0

6-masala ko`rgazmalar asosida bajartiriladi.Og`zaki masala tuziladi va yechiladi.

Hovlida 8 ta jo`jabor edi. 1 ta jo`ja ketib qoldi. Hovlida nechta jo`ja qoldi?

8-1=7 8-7=1 7<8

7-misol mustaqil bajariladi.

Sonlarning hosil bo`lishiga qarab uycha yasaladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

58-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin