1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə167/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va 7 ga sonni qoshish va 7 dan sonni ayirishga oid misol-masalalar yechish malakasini mustahkamlash.

2) O`quvchilarni tabiat ga ongli ravishda munosabatda bo`lishni o`rgatish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.Sinf uch guruhga bo`linadi. Har bir guruhga alohida-alohida qilib 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollar beriladi. Barcha o`quvchilar intizom bilan ketma-ket doskada bu misollarni bajarishadi. Qaysi qator birinchi bo`lib bu misollarni bajarsa , shu qator g`olib sanaladi..

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi.

So`ng ko`rgazmalar orqali yangi mavzu “7 ga sonni qoshish va 7 dan sonni ayirish.” tushuntiriladi.

O`qituvchida 7 ta qalam bor edi, Umid yana 3 ta qalam berdi. O`qituvchida nechta qalam bo`ldi? 7+3=10

Solijonda 7 ta qalam bor edi. U Do`stiga 3 ta qalam berdi. Solijonda nechta qalam qoldi? 7-3=4

Geometrik shakllar orqali ham mavzuni tushuntirish mumkin.

7 ta qizil doirachaga avval 1 ta yashil doirachani, son`g 2 ta ko`k doirachani qo`shamiz. Doirachalar soni nechta? 7+1+2=10

Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 58-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-misol mustaqil bajartiriladi.

7-3=4

3-misol og`zaki bajariladi.



7

1

5

4




7-

6

2

3

6

5

4

3

4-misol doskada va daftarda bajartiriladi.

7-5=27-6=17-2=5

7=5+2 7=6+1 7=2+5

7-5=2 7-6=1 7-2=5

5-masalada ko`rgazmalar yordamida masala tuzdiriladi va yoziladi.

Bog`da 7 ta qizil va 3 ta sariq lola ochildi. Jami nechta lola ochilgan? 7+3=10

Bog`da 10 lola ochilgan edi. Bog`bon guldasta uchun 7 ta qizil lola uzdi. Bog`da nechta lola qoldi?

10-7=3

Shu o`rinda lolaning tabiiy tog` lolasini “Qizil kitobga’ kiritilganligi, uning turini ko`paytirish maqsadida qo`riqxonalar ochilganligi haqida ma`lumot beriladi. Sayohat vaqtida lolalarni uzib ularni uvol qilmaslik kerakligi uqtiriladi.



5-misol mustaqil bajartiriladi.

7-4=3 7+2=9 7+3=10 6+2=8 6-4=2 7-3=4 7-6=1 7+1=8

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

57-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin