1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) `quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash,noma`lum kamayuvchini topish haqida tushuncha berish. .2) O`quvchilarga dars berish orqali har bir matematik muammoni ahillik, birodarli va hamjihatlik bilan hal etishi zarurligini uqtirish; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Sonlar tarkibini tol`dir” trenajyori bajartiriladi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan ayirish hadlari eslatiladiva takrorlanadi.So`ng noma`lum kamayuvchini topish haqida tushuncha beriladi. Do`konga yashikda olma keltirildi. Olmalarning 8 kg sotildi. Yashikda 2 kg olma qoldi. Dastlab qancha olma keltirilagn? Bizga bu masalada kamayuvchi noma`lum. Kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchini qo`shish kerak. Demak 8 ayirma ga 2 ni ayriluvcini qo`shamiz. 8+2=10 kg olma keltirilgan. 1-misoldagi jadval asosida mavzu yana bir bor tushuntiriladi. 4+6=10 4+5=9 2+8=10 4+4=8 2+5=7 3+3=6 5+0=5 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 72-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 2-misoldagi bo`sh kataklar to`ldirtiriladi. 9-4=5 8-6=2 7-3=4 9-6=3 8-5=3 9-5=4 3-masala doskada va daftarda bajartiriladi. Bor edi- ? ta Olindi- 2 ta Qoldi- 4 ta Javob: 2+4=6 ta olma bor edi. 4-misol og`zaki bajariladi. 7+2=9 2+5=7 8-4=4 9-5=4 9-3=6 6+4=10 9+1=10 7+3=10 5-misol o`yin tarzida og`zaki bajartiriladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 70-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |