1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga narsalar, tovushlar harakatlarini sanashga, ularning ketma-ketligini to`g`ri aniqlashga o`rgatish. 2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga chaqirish 3) O‘quvchilarga turmushda narsa-buyumlardan to`g`ri foydalanishda hayotiy ko`nikmalarini shakllantirish. Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. Bundan tashqari “Ko`zlar uxlayapti, qo`llar ishlayapti” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi turli xil predmaetlarni ko`rsatadi. O`quvchilar uning uzun-qisqaligi, katta-kichikligini eslab qoladilar. So`ng barchasi xaltachaga solinadi. O`quvchilar ko`zlari yumuq holda xaltachadan tanlab olingan predmetlarni aytib o`tadi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ekranda yoki rasmlar orqali predmetlar navbat bilan ko`rsatiladi. O`quvchilar predmetlar nomini aytadilar va sanaydilar: bitta koptok, ikkita quyon, uchta choynak, to`rtta anor, beshta nok, oltita olma, yettita jo`ja, sakkizta o`rdak, to`qqizta qo`ng`iz, o`nta kubik kabi. Ularning ketma-ketligini aniqlash uchun “Quyondan avval nima turibdi? Undan keyinchi? Jo`ja nechanchi o`rinda turibdi? ” kabi savollar beriladi. Berilgan predmetlarning rangi ham o`quvchilar bilan birgalikda savol-javob qilinadi.Shu o`rinda kop`tokdan qanday maqsadda foydalaniladi, mevalarning inson hayotidagi o`rni haqida suhbat o`tkazish maqsadga muvofiq. Quyon qanday hayvon ekanligi, jo`ja va o`rdak nimasi bilan o`xshashligi so`raladi. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Kulrang g`ozlar uchdilar, Ko`lmakchaga qo`ndilar. U yon-bu yon qarashib, Yana uchib ketdilar.1,2,3... IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 12-sahifasida ko`rsatilgan geometrik shakllar o`quvchilarga tanishtiriladi.Geometrik shakllardan narsalar yasab ko`rsatiladi va ranglari aniqlanadi. “Nima o`zgardi?” o`yini ham o`tkaziladi. Har xil rangdagi, kattaligi har xil bo`lgan meva va shakllarning rasmi stol ustiga qo`yiladi. Dastlab o`yinni o`quvchilarning qobiliyatiga qarab o`tkazish mumkin. O`quvchi teskari qarab turadi. O`qituvchi stoldagi predmetlarning birortasini oladi yoki urgan o`rnini o`zgartiradi. O`quvchi nima o`zgarganini topishi kerak bo`ladi. O`yin shu tariqa davom ettiriladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
11-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |