1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə33/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga 1 raqami va 1 soni bilan tanishtirish, 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligida narsalarni sanashni o`rgatish.

2) O`quvchilarda odob-axloq madaniyatini shakllantirish, sotuvchi va oluvchi o`rtasidagi muomala madaniyatini tushuntirish, tabiatni sevishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o`stirish, sezgilarini rivojlantirish.

Dars turi:Aralash.

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

Bundan tashqari “Xaltachada nima yashiringan?” o`yini o`ynatiladi. O`qituvchi o`quvchilarga katta yoki kichik kubiklarni, katta yoki kichik koptokchani olib ber deb murojat qiladi. O`quvchilar xaltachadan shu narsalarni qo`l ezgilari orqali topib olib beradilar.Barchasi stol ustiga qo`yiladi va taqqoslanadi, ranglari aytib o`tiladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ekranda yoki rasmlar orqali o`quvchilar diqqati 13-betdagi rasmga qaratiladi.


  • O`yinchoqlar do`konida nimalar bor?

  • Siz koproq qaysi o`yinchoqni yaxshi ko`rasiz?

  • O`yinchoqlar do`konida kimlarni va qanday o`yinchoqlarni ko`ryapsiz?

  • Do`konda kim, nimalar sotib olayotgani haqida gapirib bering.

  • Koptoklar nechta? Ayiqlarchi?

  • Do`kondan yana nimalar sotib olish mumkin?

Shu o`rinda jamoat joyda o`zini tutish, muomala madaniyati, sotuvchi va xaridor haqida tushuncha berib o`tildi.

So`ng o`qituvchi tomonidan 1 soni ko`rsatiladi.

Bir degan sanoq sonman,

Sanash uchun osonman.

Bitta yurak, bitta bosh,

Bitta oy-u, bir quyosh.

Har bir predmetning rasmi ko`rsatiladi va 1 soni bilan tanishtiriladi. 1 sonining yozilishi ko`rsatiladi.

2-misol og`zaki bajariladi. O`quvchilar o`yinchoqlarning nomini va nechtadan ekanligini aytib o`tishlari kerak. ( bitta raketa, bitta aiyiqcha, bitta toychoq, bitta traktor)

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi3 misol bajariladi.Rasmga qarab o`quvchilar uy hayvonlaridan bitta sigir, bitta qo`y, bitta echki, bitta it, bitta mushuk borligini aytib beardilar. Shu o`rinda hayvonlarga yaxshi munosabatda bo`lish kerakligi. Ular ham tabiatning bir bo`lagi ekanligi aytib o`tiladi.

4-misol og`zaki. Berilgan geometrik shakllarning nomi, rangi, o`rni so`raladi.


So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

12-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin