1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 soni haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 2 sonini yozilishini o`rgatish. 2) Dars davomida misol-masalalarni yechish orqali o`quvchilarning ziyraklik, topqirlik, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalash. 3) O‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o`stirish, sezgilarini rivojlantirish. Dars turi:Yangi bilim beruvchi. Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1 soni qanday son ekanligi , uning yozilishi so`raladi. Rasmda bittadan berilgan predmetlar so`raladi. So`ng “Qarsak ” mashqi o`tkaziladi. O`qituvchi bir mrta qarsak chalganda o`quvchilar qo`llarini ko`tarmaydilar, ikki marta qarsak chalganda qo`llarini ko`taradilar. Bu mashq orqali o`quvchilarning ziyrakligi oshirilib boriladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 2 soniga oid she`r o`qib eshittiriladi: Ikki degan nomim bor, Ikki “bir”dan men tayyor. Ikki qo`l, ikki oyoq, Ikki ko`z, ikki quloq. Ota-ona ikki jon, Ikkisi ham mehribon. Juft bo`ladi ikki tog`, Meni yaxshi bil o`rtoq. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ekranda yoki rasmlar orqali o`quvchilar diqqati qaratiladi. Bir va ikki sonlar qatnashgan raqamlar ko`rsatiladi. O`quvchilarga ikki soni qaysi raqamdan keyin kelayotgani haqida tushuncha beriladi. Bunda ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga e`tibor qaratiladi. 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni ketma-ket sash jarayonida 2 soni 1 dan keyin kelishi tushuntiriladi. O`quvchilar e`tibori darslikka qaratiladi. Ulardan 1-misoldagi berilgan koptok, anoq va geometrik shakllari nechtadan berilganligi so`raladi, savol-javob o`rqali 2 soni haqida bilimlar mustahkamlanadi. 2-sonining yozilishi o``quvchilarga tushuntiriladi va ko`rsatiladi. 2-misol og`zaki. Nechta mushukni ko`ryapsiz?Ranggi qanaqa? Kimning uyida mushuk bor? Mushuk qanday hayvon? Bitta mushuk ko`pmi? 2 ta mushuk-mi? O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi3 misol bajariladi.
To`tiqushlar nechta? (2 ta) Bitta to`tiqushning yoniga yana bitta qush kelib qo`nsa, nechta bo`ladi? 4-misol.
Quyonlar nechta? Quyon qanday hayvon? ( bo`sh katakka qalam bilan 2 raqami yoziladi. Jo`jalar nechta? Rangi qanaqa? So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. 2 raqamining yozilishi, narsalarni bo`yash va sanash orqali 2 raqamini hosil qilish va yozish tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 13-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |