1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə39/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga narsalar, tovushlar harakatlarini sanashga, ularning ketma-ketligini to`g`ri aniqlashga, >,<,= belgilari haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarni tabiatga ongli munosabatda bo`lishga chaqirish

3) O‘quvchilarga turmushda narsa-buyumlardan to`g`ri foydalanishda hayotiy ko`nikmalarini shakllantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

1 va 2 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Yangi mavzu ekran orqali yoki rasmlar yordamida tanishtiriladi. Ko`p, kam, teng tushunchalari haqida dastlabki bilimlarni tanishtiradi. O`qituchi bir qo`liga 1 ta ikkinchi qo`liga 2 ta qalamni oladi va o`quvhilarga ko`rsatadi. Qaysi biri ko`p? Savolini beradilar. O`quvchilar 2-qo`lidagi 2 ta qalam ko`pligini aytadi. So`ng aksini so`raydi Qaysi biri kam? O`quvchilar birinchi `oqlidagi qalam kamligini aytishadi. So`ng o`qituvchi vir qo`liga 2 ta kitobni, ikkinchi `qoliga 2 ta daftarni olib o`quvchilarga ko`rsatadi, Qaysi biri ko`p yoki kam? O`quvchilar ikkalasi ham tengligini aytishadi.

Shundah son`g o`qituvchi doskada katta, kichik, teng ishoralarini yozib ko`rsatadi.

O`quvchilar diqqati darslikdagi 15-sahifadagi rasmlarga qaratiladi. O`quvchilr rasmdagi bollarning futbol o`ynayotganligini aytishadi. Shui o`rinda o`quvchilarga sport- sog`lik garovi ekanligi, darsdan so`ng sport to`garaklariga qatnashish kerakligi aytib o`tiladi.

2 sonining hosil bo`lishi ko`rsatib beriladi.

2-misolda qaldirg`ochlar rasmini va qaldirg`ochlar haqida ma`lumotlar, ularning ranglari aytib o`tiladi. Rasmlar solishtiriladi, ko`p, kamligi aytub o`tiladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 15-sahifasida berilgan 3-misollar ishlanadi.

Lola va kungaboqar guli nechtadan berilgani so`raladi. Ularning ranglari va qayerlarda o`sishi so`raladi. Song misol yozdiriladi.2=2

4-misolda ham mushuklarning uy hayvoni ekanligi, ularga g`amho`rlik qilish kerakligi uqtiriladi.1 ta ona mushuk ko`pmi, ikkita mushukcha ko`pmi savoliga o`quvchilar javob berishadi . O`qituvchi tomonidan kichik (<) belgisi yozib ko`rsatiladi. 1 < 2

5-misolda ham itlar insonlarga vafodor jonzot ekanligi, ularga g`amho`rlik qilish kerakligi uqtiriladi va o`qituvchi tomonidan (>) belgisi yozib ko`rsatiladi. 2>1

6-misolda esa o`quvchilar mustaqil ravishda bo`sh kataklarga qalam bilan katta (>) va kichik (<) belgisini qo`yadilar.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

14-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin