1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarga 90 dan 99 gacha bo`lgan sonlar haqida bilim berish, ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish. 2) O`quvchilarni tabiatniu sevishga, unga g`amxo`rlik qilishga, mehnatsevarlikka o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. “Kim tez topadi ” enerjayzeridan foydalanib o`quvchilar 4 guruhga bo`linadi. 1-g: Bilimdonlar 2-g: Zukkolar, 3-g- Epchilalar 4-g: Donolar. So`ng o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekranda berilgan topshiriqlar bajariladi. Har bir guuhga alohida topshiriqli misollar beriladi. Qaysi qator tartib-intizom asosida berilgan topshiriqni tez va to`gri bajarsa shu guruh g`olib sanaladi. 70+6= 60+6= 50+8= 40+9= 40+8= 50+5= 60+9= 70+3= 86-6= 74-4= 47-7= 36-6= 23-3= 39-9= 74-4= 22-2= III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar e`tibori darslikning 90 dan 99 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga , tartibi hamda tarkibiga qaratiladi. 91,92,93,94,95,96,97,98,99- bular ikki xonali sonlar deyiladi. 91 soni- bu bitta 90 va 1 dan, 92 soni- bu bitta 90 va 2 dan, va h.z, 99 soni bu bitta 90 va 9 dan iboratdir. Yoki, 91 soni 9 ta o`nlik 1 ta birlikdan, 92 soni- 9 ta o`nlik va 2 ta birlikdan, 93 soni- 9 ta o`nlik va 3 ta birlikdan h.z. ekanligi tushuntiriladi. Tushuntirishda abakdan yoki sanoq cho`plardan foydalaniladi. Mavzu 1-misol o`rqali tushuntiriladi. Sonlar tartibi va yozilishi ko`rsatib beriladi va yozdiriladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni mehnatsevarlikka, tabiat go`zalligini asrab-avaylashga o`rgatiladi. Oq atirgul- 90 tup Qizil atirgul- 8 tup Hammasi-? tup Yechish: 90+8=98 (tup) Javob:issiqxonada -98 tup atirgul bor. 3-misolda bo`sh kataklar to`ldiriladi. 91,92,93,94,95,96,97,98,99 4-misol og`zaki bajariladi. 97=9 ta o`nlik 7 ta birlik 83=8 ta o`nlik va 3 ta birlik 79=7 ta o`nlik va 9 ta birlik 69=6 ta o`nlik va 9 ta birlik 91=9 ta o`nlik va 1 ta o`nlik 5-misol doskada va daftarda bajartiriladi. 90+1=91 70+9=79 90+3=93 90+2=92 80+5=85 90+4=94 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 112-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 114-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |