1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə321/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarga 80 dan 89 gacha bo`lgan sonlar haqida bilim berish, ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish.

2) O`quvchilarni tabiatniu sevishga, unga g`amxo`rlik qilishga, mehnatsevarlikka o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`quvchilar bilimi testlar orqali aniqlanadi.


  1. Bor edi 70 kg piyoz. Ishlatildi 20 kg piyoz. Qancha piyoz qolgan?

  1. 40 kg B) 30 kg C) 50 kg

  1. Uzunlik o`lchovi birliklarini toping.

A) m, dm, l B) sm, kg, m C) sm, dm, m

3. Birinchi savatda 20 kg, ikkinchi savatda esa undan 2 kg ortiq olma bor. Ikkala savatda necha kg olma bor?

A) 42 kg B) 40 kg C) 22 kg

4. Bir to`pda 50 m mato bor. Undan 20 m qirqib olindi. To`pda necha m mato qoldi?

A) 20 m B) 30 m C) 40 m

5. Sanoq cho`pining uzunligi 10 sm, gugurt cho`pining uzunligi 5 sm. Sanoq chop`i gugurt cho`pidan necha sm uzun?

A) 5 sm B) 4 sm C) 6 sm.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`quvchilar e`tibori darslikning 80 dan 89 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga , tartibi hamda tarkibiga qaratiladi.

80,81,82,83,84,85,86,87,88,89 - bular ikki xonali sonlar deyiladi.

81 soni- bu bitta 80 va 1 dan, 82 soni- bu bitta 80 va 2 dan, va h.z, 89 soni bu bitta 80 va 9 dan iboratdir.

Yoki, 81 soni 8 ta o`nlik 1 ta birlikdan, 82 soni- 8 ta o`nlik va 2 ta birlikdan, 83 soni- 8 ta o`nlik va 3 ta birlikdan h.z. ekanligi tushuntiriladi. Tushuntirishda abakdan yoki sanoq cho`plardan foydalaniladi.

Mavzu 1-misol o`rqali tushuntiriladi.

Sonlar tartibi va yozilishi ko`rsatib beriladi va yozdiriladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

2-misolda bo`sh kataklar to`ldiriladi.

81,82,83,84,85,86,87,88,89

89,88,87,86,85,84,83,82,81

3-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni mehnatsevarlikka o`rgatiladi.

1-mashina- 83 qop

2-mashina-?, 3 qop kam

Yechish: 83-3=80 (qop)

Javob:2-mashinada 80 qop piyoz olib ketilgan

3-misol doskada va daftarda bajariladi.

89>80 80<85 29=29 74<84

5-misol matematik diktant tarxida yozdiriladi.

30+6=36 20+7=27 50+9=59 80+3=83 40+8=48

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 111-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

113-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin