1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarga 70 dan 79 gacha bo`lgan sonlar haqida bilim berish, ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish. 2) O`quvchilarni tabiatniu sevishga, unga g`amxo`rlik qilishga, mehnatsevarlikka o`rgatish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. “Kim tez topadi ” enerjayzeridan foydalanib o`quvchilar 4 guruhga bo`linadi. 1-g: Bilimdonlar 2-g: Zukkolar, 3-g- Epchilalar 4-g: Donolar. So`ng o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekranda berilgan topshiriqlar bajariladi. Har bir guuhga alohida topshiriqli misollar beriladi. Qaysi qator tartib-intizom asosida berilgan topshiriqni tez va to`gri bajarsa shu guruh g`olib sanaladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar e`tibori darslikning 60 dan 69 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga , tartibi hamda tarkibiga qaratiladi. 70,71,72,73,74,75,76,77,78,79 - bular ikki xonali sonlar deyiladi. 71 soni- bu bitta 70 va 1 dan, 72 soni- bu bitta 70 va 2 dan, va h.z, 79 soni bu bitta 70 va 9 dan iboratdir. Yoki, 71 soni 7 ta o`nlik 1 ta birlikdan, 72 soni- 7 ta o`nlik va 2 ta birlikdan, 73 soni- 7 ta o`nlik va 3 ta birlikdan h.z. ekanligi tushuntiriladi. Tushuntirishda abakdan yoki sanoq cho`plardan foydalaniladi. Mavzu 1-misol o`rqali tushuntiriladi. Sonlar tartibi va yozilishi ko`rsatib beriladi va yozdiriladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni transport vositalarida yurganda o`zini tutish odob-axloqiga o`rgatiladi. Bor edi- 78 ta Tushdi- 8 ta Qoldi-? Yechish: 78-8=70(ta) Javob:Vagonda 70 nafar yo`lovchi qolgan 3-misol doskada va daftarda bajariladi. 7 ta o`nlik va 5 ta birlik=75 5 ta o`nlik va 4 ta birlik=54 4-misoldoskada va daftarda bajariladi. 38=30+8 53=50+3 69=60+9 75=70+5 47=40+7 24=20+4 5-misolda bo`sh kataklar to`ldiriladi. 71,72,73,74,75,76,77,78,79 79,78,77,76,75,74,73,72,71,70 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 110-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 112-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |