1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə315/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarga 60 dan 69 gacha bo`lgan sonlar haqida bilim berish, ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish.

2) O`quvchilarni tabiatniu sevishga, unga g`amxo`rlik qilishga, mehnatsevarlikka o`rgatish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

“Kim tez topadi ” enerjayzeridan foydalanib o`quvchilar 4 guruhga bo`linadi.

1-g: Bilimdonlar 2-g: Zukkolar, 3-g- Epchilalar 4-g: Donolar.

So`ng o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekranda berilgan topshiriqlar bajariladi. Har bir guuhga alohida topshiriqlai misollar beriladi. Qaysi qator tartib-intizom asosida berilgan topshiriqni tez va to`gri bajarsa shu guruh g`olib sanaladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`quvchilar e`tibori darslikning 60 dan 69 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga , tartibi hamda tarkibiga qaratiladi.

60,61,62,63,64,65,66,67,68,69- bular ikki xonali sonlar deyiladi.

61 soni- bu bitta 60 va 1 dan, 62 soni- bu bitta 60 va 2 dan, va h.z, 69 soni bu bitta 60 va 9 dan iboratdir.

Yoki, 61 soni 6 ta o`nlik 1 ta birlikdan, 62 soni- 6 ta o`nlik va 2 ta birlikdan, 63 soni- 6 ta o`nlik va 3 ta birlikdan h.z. ekanligi tushuntiriladi. Tushuntirishda abakdan yoki sanoq cho`plardan foydalaniladi.

Mavzu 1-misol o`rqali tushuntiriladi.

Sonlar tartibi va yozilishi ko`rsatib beriladi va yozdiriladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni mehnatsevarlika o`rgatiladi.

Ochildi- 69 ta

Olib keldi- 9 ta

Qoldi_? ta

Yechish: 69-9=60(ta)

Javob:60 ta chinnigul qoldi.
3-misol doskada va daftarda bajariladi.

50 +9=59 61-1=60 60+9=69 60+7=67 37-7=30 40+6=46 30+8=38 65-5=60

4-misolda berilgan bo`sh kataklarni sonlar bilan to`ldiriladi.

61, 62,63,64,65,66,67,68,69

5-masala sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, og`zaki yechimi topiladi.

Bor edi- 60 ta

Qo`yildi- 6 ta

Bo`ldi- ? ta

Yechish: 60+6=66 (ta)

Javob: Oshxonada stiullar 66 ta bo`ldi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 109-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________
111-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin