1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə327/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning 11 dan 100 gacha bo`lgan sonlar haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash, metr va detsimetr o`lchov birliklarining hayotimizdagi o`rnini aytish, mavzuni turmushga bo`glab tushuntirish.

2) Mavzuning mohiyatini o`quvchilar ongiga singdirishda turli usullardan foydalanish, ilg`or texnologiya asosida yakka, jamoa bo`lib darsga jalb qilish orqali topqirlik, tezkorlik fazilatlarini tarbiyalab borish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani, o`quvchilar faolligini rivojlantirish, uzunlik o`lchov birliklari haqidagi bilimlarni boyitish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun kollaj metodidan foydalaniladi. Kollaj uchun doskaga gulzor rasmi tushirilgan plakat ilinadi. Gulzorda esa gullar, gulbarglar va kapalaklar o`rni bo`sh. O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi , har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi.

1-guruh:


Har bir gulga topshiriqlar beriladi.

  1. 20 dan 30 gacha

  2. 30 dan 40 gacha

  3. 40 dan 50 gacha

  4. 50 dan 60 gacha bo`lgan sonlarni yozing.

2-guruh uchun har bir gul barglariga topshiriqlar yozilgan bo`ladi.

  1. 60 dan 70 gacha

  2. 70 dan 80 gacha

  3. 80 dan 90 gacha bo`lgan sonlarni yozing

  4. Qatorni davom ettiring: 10,20,30,......,100

3-guruhga kapalaklarga topshiriqlar yozilgan bo`ladi.

  1. 40 ga qoshni sonlarni yozing

  2. 90,100 dan avval keladigan sonlarni yozing

  3. 20,30,40 dan keyin keladigan sonlarni yozing

Guruhlar topshiriqlarni bajarib bo`lgach taqdimotlar qilinadi. Topshiriqni to`g`ri bajargan guruh gul, gulbarg va kapalaklarni o`z o`rniga qo`yadilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

O`quvchilarga metr, detsimetr haqida bilim berish mnaqsadida tasmani olib, uni chizg`ich yordamida o`lchab ko`rsatish mumkin. Metr, detsimetr, santimetr- uzunlik o`lchov birliklari hisoblanib, kundalik hayotda ularni har bir qadamda uchratish mumkinligi haqida o`quvchilarga ta`kidlab o`tiladi. Masalan, sinfdagi stolning, stulning balandligini o`lchab ko`rsatish mumkin. Bu tasma 10 sm yoki 1 dm ga teng deb ataladi.

10 sm= 10dm, 100 sm= 1 m 1 m= 10 dm

Metr-m , detsimetr- dm bilan belgilanishi tushuntiriladi.

1-masala og`zaki tushuntiriladi. Stolning balandligi 8 dm, stulning balandligi 5 dm. Stol stuldan necha dm baland? 8-5=3 dm baland.

2-misol doskada bajariladi.

40 sm -20 sm= 20 sm 10 dm +30 dm= 40 dm 50 sm +10 sm =60 sm 60 m +9 m=69 m

3-masala rasm asoisida tushuntiriladi. Shu o`rinda ko`chada harakatlanayotganda yo`l harakati xavfsizligi qoidalariga qat`iy amal qilish kerakligi yana bir bor eslatiladi.

Ko`cha kengligi-8 m

Yol`ka va ariq kengligi-4m

Mashina yo`li k.- ? m

Yechish: 8-4=4 (m)

Javob: Mashina yo`lining kengligi-4 m.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

4-misolni har bir guruhga alohida topshiriq sifatida berib, kim tez va to`g`ri bajara oladi, deyish mumkin. Guruhlar bajarib bo`lgach, taqdimot qilinadi.

5-misol doskada bajariladi.

Oldin bir xonali, keyin ikki xonali sonlarni tartib bilan yozdiriladi.

Bir xonali sonlar: 3.4,5,6,7,8,9

Ikki xonali sonlar: 16,17,18,28,46,63,64,81.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 113-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________
115-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin